Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy pedagogika fakulteti



Download 3,99 Mb.
bet32/362
Sana13.01.2022
Hajmi3,99 Mb.
#356625
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   362
Bog'liq
Psixologiya va pedagogika umk tib bio, prof, bio (2)

Psixika va aks ettirish

Psixika — bu yuksak darajada tashkil topgan materiyaning siste-mali xossasi (xususiyati), sub’ekttomonidan ob’ektivborliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarpni sub’ekt o‘zidan uzoqpash-tirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o‘z xulqini va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o‘tmishning, hozirgi davr va kelasi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingandir. O‘tmish hodisalari inson xotirasida mujassamlashib, shaxsiy tajribalarda namoyon bo‘ladi. Hozirgi zamon akliy jarayonlar, hissiy kechinma-lar, obrazlar va tasavvurlar majmuasida ifodalanadi. Kelajak esa turtkilarda, maqsad, ezgu niyatlarda, shuningdek, fantaziya, vijdon azobi, armon va tushlarda aks etadi. Inson psixikasi ham anglanil-magan, ham anglanilgan xususiyatga ega bo‘lib, anglanilmagan psixika o‘z navbatida hayvon psixikasidan sifat jihatidan keskin tafovut-ga va ustuvorlikka ega.

Tashqi ob’ektlarning psixika shaklida maxsus tana a’zolari qurilmasining faol va ilgarilab in’ikos etishi sharofati bilan mazkur ob’ektlarning xususiyatiga mutlaqo mutanosib harakatlarni amalga oshirish imkoniyati yuzaga keladi. Shu bilan birga psixika-ning vaziyat ustuvorligi va qidiruv faolligi tufayli organizm-ning tarkiblari o‘rtasida yashash uchun kurash ro‘yobga chiqadi.

Xuddi shu boisdan psixikani aniklovchi asosiy belgilari mav-juddir: predmet muhiti obrazini aks ettirish, tirik tana a’zola-rini harakat qilish, ularning mazkur muhitda orientatsiyasi, u bilan aloqaga kirishish ehtiyojidan qoniqish, to‘g‘ri aloqalar geskari aloqa qilish prinsipi bo‘yicha aks ettirish to‘g‘riligini nazorat qilish kabilar. Insonning nazorat instansiyasi sifatida ijtimo-iy amaliyot xizmat qiladi. Teskari aloqa sharofati tufayli obraz bilan harakat natijasini taqqoslash amalga oshiriladi, paydo bo‘luv-chi holat bu natijasidan oldinroq sodir bo‘ladi, chunki u borliq-ning o‘ziga xos modeli sifatida yuzaga kelish imkoniyatiga ega. Gene-tik kelib chiqishiga binoan, psixika o‘zining reflektor tipiga va tarixiga ega bo‘lgan alohidassiklli tizim sifatida ro‘yobga chiqqan. Refleyuorlik organizm hayotining ob’ektiv sharoitlari birlamchi-ligini bildiradi. Idrok qilinuvchi mazkur tizimning tarkibiy qismlari ijro etuvchanligi, harakatlarning maqsadga yo‘nalganli-giga, obraz ta’siriga «teskari» qonuniy o‘tish jarayoni hisoblanadi. Psixikaning reflektor tabiatining birinchi shunday ilmiy talqi-ni rus fiziologi I.M.Sechenovtomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, bir qancha asrlar davomida psixika alohida tanasiz narsa, uni hara-katga keltiruvchi, uni nerv jarayoni bilan almashtiruvchi, unga teng-lashtiruvchi mexanik materialistik yo‘nalishga kuchli zarba edi.

Psixikaning faolligi reallik bilan bevosita muloqotga kiri-shish jarayonida namoyon bo‘ladi, chunki nerv apparatlarida harakat-lanuvchi fizikaviy, kimyoviy qo‘zg‘atuvchilarni qayta qurish ko‘zda tutildi. Qo‘zg‘ovchilarda, ularningdoirasidagi xatti-harakatlarga kuch-quvvat beruvchi, uzluksiz ravishda intiluvchi, xulq-atvor dasturi ba-jarilishini ta’minlovchi, unga qidiruv jarayoni va variantlar tan-lashni o‘zida qamrab oluvchi faollikning xususiyatlaridir. Psixika biologik evolyusiyaning ma’lum bir bosqichida vujudga kelgan bo‘lib, uning o‘zi omillarning biri sifatida organizmni ularning yashash sharoitiga tobora kuchayib boruvchi moslashuvni ta’minlab turadi. Psixikaning insonda paydo bo‘lishi sifat jihatdan mutlaqo yangi tuzilishga ega, chunki u ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning qonuniyat-lari bilan shartlangandir. Faoliyat regulyasiyasining yuksak dara-jasi sifatida ong vujudga keladi, psixika faolligining yuksak ko‘rinishi manbai tariqasida esa shaxs shakllanadi.

Bizningcha, metodologik nuqtai nazardan psixika tahlil qilin-ganda, albatta biosferik va neosferik aloqalar natijalari, ularning ta’sirchanlik kuchi, vaziyat, muhit hamda holatlar (hodisalar) fazoviy joylashuvi, «sun’iy miya»ning vujudga kelishi imkoniya-ti yuzasidan fikr bildirish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. CHunki inson aql-zakovatining quvvati etmaydigan, payqash imko-niyatiga ega bo‘lmagan borliqning mo‘‘jizalari, sirlari mavjud-dir, uni hisobga olmasdan ilojimiz yo‘q. SHuningdek, qarama-qar-shilik mavjud ekanligini tan olish bilan birga, murosa-yu mado-ra, xaotik (betartib) harakatlar hukm surishini unutmaslik lozim.

Aks ettirish materiyaning umumiy xususiyatidan iborat bo‘lib, ob’ektlarning belgilari va alomatlarini turli darajada adekvat (to‘g‘ri) idrok qilishga qobiliyatliligi, boshqa ob’ektlarning muno-sabatlari vatuzilishiningtavsiflarini ifodalaydi. In’ikosning xususiyati materiyaning tashkil topganlik darajasiga bog‘liq, chunki u organik va noorganik tabiatda, hayvonot olamida, ijtimoiy hayot-da o‘ta sodda va yuksak tashkil topgan tizimda sifat jihatdan xilma-xildir.

Organizmda dastlabki aks ettirishning vujudga kelishi tirik tananing ichki va tashqi stimullarining javob reaksiyasiga tanlab munosabatda bo‘lish manbaidan kelib chiquvchi seskanuvchanlikdan boshlanadi. Bu psixikani aks ettirishning sodda ko‘rinishi bo‘lib, u organik dunyoni rivojlanish jarayonida sezuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgani tufayli sezgi vazifasini bajaruvchi birlamchi psixolo-gik obrazlar paydo bo‘la boshlaydi, ular organizm harakati ehtiyoji-ni, fazoviy chamalash (mo‘ljallash) maqsadini amalga oshirish uchun xizmat qiladi.

Huddi ana shu davrdan boshlab muhitga, ekologiyaga to‘g‘ri mosla shish va harakatni idora qilish funksiyalari yuzaga keladi. Aks et-tirishning sodda shakllari murakkabroq shakllarining rivojlani-sh i uchun zarur shart-sharoitlar sifatida xizmat qiladi. Organik dunyoning keyingi evolyusion taraqqiyot davrida voqelikning ham sensor, ham aqliy obrazlarini qamrab oluvchi sodda sababiy aloqa-lar va vaqtni idrok qilish yuzaga keladi, buning natijasida xatti-harakatni to‘g‘ri ifodalash imkoni va faollik xususiyati tug‘iladi.

Bevosita harakat qiluvchi qo‘zg‘atuvchi organizmningto‘g‘ridan-to‘g‘ri reaksiyasiga javobi oldindan, ilgarilab aks ettirishni keltirib chiqaradi. Inson faoliyatining ijtimoiy shartlanganligi tufayli in’ikos faolligi oshibgina qolmay, balki u sifat jihatidan mut-laqo boshqa xususiyat kasb eta boshlaydi. Aks ettirishning tanlov-chanlik va maqsadga yo‘nalganlik xususiyatlari hamkorlik faoliyati jarayonida mehnat quroli orqali tabiatni o‘zgartirish ehtiyoji da-rajasi ko‘rsatkichi aniqlanadi. Mazkur jarayonlarda psixik aks et-tirish nafaqat hissiy obrazlarni, balki mantiqiy tafakkur, mada-niyat mahsulini o‘zida ifodalovchi ijodiy fantaziya, o‘z navbatida til tarkibiga kiruvchi belgilar, alomatlar tizimining mohiyatiga qorishib, yaratuvchi sifatida aks ettirishning gubdan, radikal o‘zga-rishga olib keladi. Bunday toifadagi in’ikosningoqibatida ideal obrazning paydo bo‘lishiga puxta zamin hozirlaydi, imkoniyatlar-ning ro‘yobga chiqishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratadi. Aks etti-rishning to‘g‘riligi, adekvatligi o‘zini kelib chiqish manbaga ko‘ra, mazkur manbaning moddiy tavsifi bilan miyada nerv impulьslari-ni qayta ishlash o‘rtasidagi qiyosiy jarayonni mujassamlashtiradi va sub’ektning psixologik jihatidan namoyon bo‘lishi, rivojlani-shi, o‘zgarishi, takomillashishi kabi holatlarni ham bevosita, ham bilvosita usullar yordami bilan turlicha shaklda, tarzda, ko‘rinishda ifodalaydi.




Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish