B.Skinner fikricha, “O‘qitish texnologiyasi – psixologiya fani yutuqlarining pedagogik amaliyotda qo‘llanilishi demakdir”.
B.L.Farberman “Ilg‘or pedagogik texnologiyalar”da: “Ko‘p bosqichli ta’lim tizimi, yangi standart va o‘quv dasturlari joriy etilayotgan hozirgi davrda o‘qitishni eskicha uslub bilan olib borishga yo‘l qo‘ymaslik kerak” deydi.
Hozirgi kunda “Pedagogik texnologiyalar” tushunchasiga har xil mutaxassislar tomonidan berilgan ko‘plab shakldagi ta’riflar mavjud. Ushbu tushunchaning ta’rifidagi ma’noning turlichaligi, asosan, ustida gap borayotgan pedagogik texnologiyaning aynan qanday sharoit uchun mo‘ljallanganligi (falsafiy asosi, tadbiq joyi, o‘quvchiga ko‘rsatiladigan ta’sir turi, o‘qitish usullari, metodlari, vositalari) bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |