Birinchidan, ongning subyektiv holatinigina ifodalamasdan, balki ob’ektga ham tegishli bo‘ladi va narsalar munosabatini ifodalaydi.
Ikkinchidan, yangi fikrning vujudga kelishi bilan bilish jarayoni tugallanmaydi, balki faqatgina boshlanadi. Bu bilishning boshlang‘ich bosqichi bo‘lib, g‘oyaning sub’ektiv holatidir, endi fikrni amalga oshirish bosqichi boshlanadi.
Uchinchidan, alohida individning fikri ijtimoiy etilgan fikrlarning xususiy ko‘rinishidir.
Har bir alohida shaxs ijtimoiy tushunchalar, tasavvurlar yordamida fikrlaydi. K.R.Megrelidze inson fikrining ijtimoiy ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Fikrlar va g‘oyalar erkin individual ijodning mahsuli emas, balki individning o‘zi kabi jamiyat va ijtimoiy munosabatlar mahsulidir. Shuning uchun inson tafakkuri tafakkur bosqichlari, inson tafakkurining shakllari va usullari haqidagi jumboqning echimini mantiqiy izlanishlardan an’anaviy psixologiyadan emas, balki avvalo bu g‘oyalarning ijtimoiy kelib chiqishidan izlash kerak. U yoki bu individ jamiyatda etilgan ijtimoiy g‘oyalarning tasodifiy ifodalovchisi bo‘lib qoladi.
Akademik A.I.Berg shunday deb yozadi “inson faqat tashqi dunyo bilan to‘xtovsiz muloqot qilishi sharoitidagina uzoq vaqt fikrlashi mumkin. Tashqi dunyodan to‘liq informatsion ajralish bu aqldan ozishning boshlanishidir. Informatsion ta’sir etuvchi tafakkurning tashqi dunyo bilan aloqasi insonga oziq-ovqatdek, issiqlikdek zarur”. Psixologiya fani taraqqiyotida nemis psixologiya maktabi muhim o‘rinlardan birini egallaydi va asrimizning boshlarida Germaniyada Vyursburg psixologiya maktabi deb nomlangan yangi yo‘nalishga ega bo‘lgan psixologik oqim paydo bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishning yirik vakillari sifatida O.Kyulpe (1862-1915), K. Byuller (1879-1922), A.Messer (1837-1937), Ax Narsis (1871-1946) va boshqalarni sanab o‘tish lozim. Ular tomonidan olib borilgan eksperimental tadqiqotlar tafakkur muammosining echimi rivojiga ma’lum darajada hissa qo‘sha oldi. Vyursburg psixologiya maktabi vakillari tafakkurni hissiy bosqichda turgan psixik jarayonlarga, ya’ni sezgi va tasavvurlarga ajratib o‘rganishda ratsional bosqichdagi murakkab jihatlardan mexanik ravishda vujudga keladi, deb tushuntirish mumkin emasligini eksperimental yo‘l bilan isbotlashga harakat qildilar. Olib borilgan tadqiqotlarni o‘zlarining ustilarida o‘tkazib, natijalarni obyektiv bo‘lishiga kamroq e’tibor berganlar.
Vyursburg psixologiya maktabining namoyondalari tafakkur bu ichki harakat aktidir deb qaray boshlaydilar. O‘z-o‘zini kuzatish metodidan foydalanib, ish tutishda ular mana bunday ifodaning ma’nosini tushuntirib berishlari lozim, tafakkur haddan tashqari mashaqqatliki, shunga qaramay ko‘pchilik shunchaki hukm chiqarishni ma’qul ko‘radilar. Shuningdek, ular oldida munosabatlarni o‘rnatish qism, yaxlit, tur, jins ob’ektning nisbati va o‘zaro munosabatlarini ushbu munosabatlarning aniq a’zolarini idrok qilishni aniqlash vazifalari turadi. Shuning bilan birga ularning barcha tadqiqotlari obyektiv metodlarni izlashga oid faoliyatlarida avj oldi. Jumladan, N.Ax tomonidan sun’iy tushun-chalarning shakllanishi bo‘yicha dastlabki metodika yaratildi. Mazkur nazariya vakillari tafakkurni munosabatlarning aks etishi bilan bog‘lab, tafakkurni munosabatlarning birlamchi qarab chiqish, yoinki birlamchi ma’lumot berish manbai sifatida talqin qiladilar. Tafakkur taraqqiyoti masalasini ko‘tarib chiqib, o‘sishni fikrlarni faollashtirishning amaliy faoliyatidan tafakkurni mutlaqo ajratib qo‘ydilar. Ular tafakkurni tadqiq qilishning asosiy metodi – bu o‘z-o‘zini kuzatish ekanligini tan oladi, xolos. Mazkur muammoga gnoseologik nuqtai-nazardan olib qaralganda ushbu pozitsiya idealizm izmiga kirib borayotganligini anglab olish unchalik qiyin emas. Vyursburg maktabi namoyondalari tafakkurni alohida mustaqil bilish faoliyati sifatida aniq ko‘rsata bildi. Biroq tafakkurni amaliyotda nutqdan va hissiy obrazlardan qat’iy ajratib tashladilar.
Vyursburg psixologiya maktabi namoyondalaridan biri O.Zels tafakkurni intellektual operatsiyalar harakati sifatida qabul qilgan. U o‘z oldiga fikr yuritish faoliyatining u yoki bu jihatlari qay yo‘sinda shakllanishini kuzatish, intellektual faoliyat bosqichlarini ko‘rsatish aqliy faoliyatning produktiv va reproduktiv ko‘rinishidagi ziddiyatlarni bartaraf qilish vazifasini qo‘ydi. O.Zels masala echish jarayonini o‘rganishda umumiylikka ega bo‘lgan masalani vujudga keltirish bosqichlariga alohida e’tibor berib, elementlar bilan predmetlar munosabatini ajratib ko‘rsatadi. Buning natijasida muammo kompleksi namoyon bo‘ladi. Kompleks o‘z ichiga ushbu jihatlarni qamrab olishi nazarda tutilgan: a) ma’lumning tavsifnomasini bo‘laklarga ajratish; b) noma’lum qidiriluvchining o‘rnini aniqlash; v)noma’lum qidiriluvchi bilan ma’lum qidiriluvchi o‘rtasidagi munosabatlarni ajratib ko‘rsatish.
Shunday qilib, Vyursburg psixologiya maktabining namoyondasi O.Zels psixologiya tarixida birinchi bo‘lib tafakkurni jarayon sifatida ekspremental metodlar bilan tadqiq qilgan, intellektual operatsiyalar va ularning tarkibiy qismlarini nazariy va amaliy jihatdan ta’riflab bergan, izchil ilmiy metodlarga asoslanib, o‘rganishga butun vujudi bilan intilgan psixologdir. Germaniyada psixologiyaning geshtaltpsixologiya yo‘nalishi vujudga keldi. Uning, ko‘zga ko‘ringan namoyondalari qatoriga X.Erenfels (1859-1932), V.Keler (1887-1967), K.Kofka (1886-1941) va boshqalar kiradi. Geshtaltchilar fikriga qaraganda, har bir psixik hodisaning mazmuni uning tarkibiga kiruvchi qism va elementlarni birgalikda aks ettirishda ko‘lam jihatidan keng, mazmun jihatidan rang-barangdir. Geshtaltchilarning aksiomatik xarakterga ega bo‘lgan ushbu tezislari mazkur ta’limot g‘oyasini ochib berishga xizmat qiladi, alohida olingan qism va elementlarning yig‘indisi yaxlit tuzilish mazmunini belgilab bera olmaydi, aksincha yaxlit tuzilma qism va elementlarning xususiyatlari va xossalarini belgilab berishi mumkin.
Geshtalt psixologiyasining fikricha markaziy nazariyasi har qanday psixologik jarayonlarning bosh mohiyati ularning sezgilarga o‘xshash alohida elementlari bilan emas, balki konfiguratsiya shakl yoki geshtaltchilarning yaxlit yaratilishidan iborat.
Geshtalt psixologiyasida tafakkur muammosi tadqiqotini keng qamrovli tarzda olib borilgan. Jumladan, V.Kelyor antropoidlarning intellektual harakatlarini eksperimental o‘rganish jarayonida yuqori darajada taraqqiy qilgan maymunlarning aqliy harakatida inson harakatiga xos o‘xshashlik borligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi.
V.Kelyorning fikricha, topshiriqni yechish mexanizmi quyidagilardan iborat: organizmning optik maydonidagi vaziyatlarning muhim elementlari bir butunlikni, ya’ni vaziyat elementlariga, geshtalt ichiga kirib, geshtaltda qaysi joyni egallashga bog‘liq ravishda yangi ahamiyat kasb etadi. Vaziyatning muhim elementlarida namoyon bo‘luvchi geshtaltchilar muammosi organizmda ba’zi bir zo‘riqishlar ta’sirida vujudga keladi, topshiriqni echish muammoli vaziyatning qismlari yangi geshtaltda yangi munosabatda idrok qilina boshlaganida tugallanadi. Masalani yechish aniq qadamlarni yuzaga keltiruvchi geshtalt sifatida maydonga chiqadi.
Geshtaltchilarning ayrimlari “yo‘nalish” atamasini qo‘llab, uni o‘tmish tajribasi bilan bog‘lashga intiladilar. Shuningdek, ular “tafakkurning evrestik metodlari” to‘g‘risidagi tushunchadan ham foydalanadilar. Bunda materialni, qo‘yilgan maqsadni, ziddiyatli holatlarni tahlil qilishni nazarda tutadilar.
Geshtaltchilar tafakkur psixologiyasining qator muammolarini ko‘tarib chiqdilar, chunonchi ijodiy tafakkurning o‘ziga xosligi, tafakkur jarayonida yangilikning vujudga kelishi, bilimlar bilan tafakkur nisbati, topshiriqni bajarish jarayonida asta-sekin va birdaniga echish yo‘lini qo‘llash kabilar. Tafakkurni psixologik o‘rganishda funksional rivojlanish g‘oyasini amaliyotga tatbiq qilish ham ma’lum darajada geshtalt psixologiyasi namoyondalarining xizmati hisoblanadi.
Shunga qaramasdan V.Kyoler M.Vertgaymer, K.Dunkerlarning eksperimental tadqiqotlari tafakkurning asosiy mexanizmlaridan biri bo‘lgan predmetlarni yangi aloqalar va munosabatlarga fikriy munosabatini ochishini aniqladilar. Ammo ular ham mazkur muammoli vaziyatda individning amaliy va nazariy aqliy faoliyati rolining muhimligini tan oladilar.
Til – bizning so‘zimiz va fikrimiz mazmunini yetkazish uchun ularni qay tarzda uyg‘unlashtirishimizning hosilasi bo‘lib, bizning fikrlarimizni, qarashlarimizni ifodalashga ko‘maklashadi. Til fonema deb nomlanuvchi asosiy nutqiy tovushlar; qiymatning
Amerika psixologiyasida vujudga kelgan bixeviorizm yoki hulq psixologiyasi oqimi o‘tgan asrning oxirlaridan boshlab hukm surib kelmoqda. Bixeviorizm oqimining asoschilari amerikalik psixologlar Dj.Uotson (1878-1958) va E.Torndayk. (1871-1949) lardir. Keyinchalik bular qatoriga K.Levin (1890-1957) A.Vays (1974-1931) va boshqalar kelib qo‘shildilar. Ma’lum davrgacha mazkur oqim psixologiya olamida dominantlik rolini o‘ynadi. Hozirgi davrda bu oqim bir necha mustaqil psixologik maktablarga ajralib ketgan. Lekin ularning mohiyatida bixeviorizm qarashlari saqlanib qolgan. Hammasi uchun umumiy formula S-R, ya’ni stimul-reaksiya xizmat qilib kelmoqda.
Dj.Uotson tafakkurning ichki nutq va noverbal tovushsiz imo-ishora, mimika, yelka qisishi, qosh suzish, kommunikatsiya, muloqotni birga qo‘shib, keng ma’noda tushuntiradi va uni uchta shaklga ajratib o‘rganadi. Nutq shakllaridan biri nutq malakalarini sekin-asta avj oldirish deb ataladi. Bu she’rni yokissitatani aniq esga tushirishda o‘z ifodasini topadi. Tafakkurning ikkinchi shakli subyekt uchun yangi bo‘lmagan topshiriqni so‘z yordami bilan echish, yarim-yortisi unutilgan she’rni eslashga harakat qilish va nihoyat, yangi topshiriqni yaqqol ifodali harakat va so‘z yordami bilan yechish Dj. Uotson uchun malaka bu individual egallangan va o‘rganilgan xatti-harakatdir. Ushbu nazariya nuqtai nazaridan qarasak, tafakkur malakaga yaqinlashtirilib qo‘yiladi, chunki she’rni esga tushirish ham tafakkurning birinchi qo‘rinishi deb talqin qilinadi.
Dj. Uotson tilni o‘zlashtirishning ijtimoiy jihatlarini umuman hisobga olmagan, nutqning tuzilishi va rivojlanishiga sira e’tibor qilmagan. Nutq bilan tafakkur birligi to‘g‘risidagi tamoyilni anglab yetmagan, tafakkur va ongni xulq ko‘rinishi sifatida olib qaragan.
Do'stlaringiz bilan baham: |