Tasavvurning kayta ishlab chikish mexanizmlari
Tasavvurning jarayonida paydo bo‘layotgan obrazlar, yo‘q joydan paydo bo‘la olmaydi. Ular ortirilgan tajribadan, narsa va ob’ektiv xayot haqidagi tasavvurlar asosida shakllanadi. Inson tomondan paydo qilinadigan, taassurotlar va haqiqiy xayol haqidagi tasavvurlar har xil shaklda bo‘lishi mumkin. Obraz paydo qiluvchi tasavvur ikki xil darajada o‘tadi, birinchi bosqichda taassurotlar va tasavvurni asosiy qismlarga bo‘lish kiradi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda birinchi bosqichda inson xayoldan olgan taassurotlarini shakllantirib tahlil qiladi. Bu tahlil davomida ob’ektni abstraktlash, ya’ni u boshqa ob’ektlardan uzoqlashib va uning qismlari ham abstraktlashadi. Bu obrazlar bilan keyinchalik boshqa ikkita tur paydo qilinadi. Birinchidan, bu obrazlar yangi aloqa va birlashuvlarga o‘rnatiladi. Ikkinchidan bu obrazlarga yangi ma’no berilishi mumkin. Har qanday holatda xam abstraktlangan ob’ektlar ustida operatsiya o‘tkaziladi, ularga "sintez" deb ta’rif beriladi. Bu operatsiyalar obrazni shakllantiruvchi daraja bo‘lib tasavvur faoliyatini sintezlovchi ma’noni tashkil qiladi. SHuningdek, tasavvur faoliyatini sintezlash juda ko‘p qirralikdir. Tasavvur jarayonidagi sintezlashni eng oddiy shakli bu agglyutinatsiya, ya’ni bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektga uning xususiyatlari va qismlarini tasavvur orqali qo‘shib yangi obraz paydo qilishdir. Agglyutinatsiya ning misollariga shularni qo‘shishimiz mumkin: kentavrlar shimoliy amerikaning hindularining chizmalaridagi qanotli odamlar. Kadimgi Egipet xudolar obrazi (Dumli odam hayvonlar va x.o.) Agglyutinatsiya asosida yotgan turli xil jarayon. Odatda, ularni ikta asosiy guruhga bo‘lish mumkin: qabul qilayotganda tanqid va tahlilning etishmasligi va ixtiyoriy jarayon, ya’ni ong tomonidan nazorat qilinadigan fikrlashning umumlashuvi bilan bog‘liqdir. Kentavr obrazi, chavandoz otini katta tezlikda choptirib ketayotgan vaqtida ko‘zga ushbu shaklning aniq ravishda ko‘rinmaganligi sababli, noaniq mavjudot ko‘rinishida qabul qilinadi deb taxmin qilinsa, qanotli odam obrazini yasashga inson aqlining idrokan tushunib, uni havoda oson va tez harakatlanishiniga ahamiyat bergan va tasavvur qilgan.
Obrazni qayta tashkil qilishni keng tarqalgan uslubi, bu ob’ektni va uning qismlarini kattalashtirish yoki kichraytirish xisoblanadi.Ushbu yo‘l bilan turli ertak qaxramonlari yaratiladi.
Agglyutinatsiyani yaratilish, yangi kontekstga aniq bo‘lgan obrazni kiritish uslubi bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunday holatda, tasavvurlar o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi va aloqa yordamida obrazning barcha yaratilgan qismlari yangi mohiyatga ega bo‘ladi. Odatda, tasavvurda yangi kontekst yaratilishida biror fikr yoki maqsad turtki bo‘ladi. Ushbu jarayon har tomonlama nazorat qilinadi, albatta agar u tush bo‘lmasa, uyqu vaqtida insonning idroki nazoratga bo‘ysunmaydi. Aniq obrazni yangi kontekstga kiritayotganda, inson ikkita, tasavvurlar va kontekst o‘rtasidagi munosiblikka erishadi. Shu sababdan, butun jarayon boshidanoq aniq tushunilgan aloqaga bo‘ysunadi.
Tasavvurni qayta ishlab obraz yaratish va ularning jiddiy alomatlarini umumlashtirish bu sxematizatsiyadir.
Sxematizatsiya turli sharoitda joy egallashi mumkin. Bu holatda, tasavvur tasodifan sxematizatsiyalanishi mumkin, va unda ikkinchi darajali qismlar ajratiladi, ular tasodifan predmetni qabul qilayotganda paydo bo‘ladi. Natijada qabul qilishda xatolik ro‘y beradi, bu xatolik real xayoldagi obrazni ongga noto‘g‘ri aks ettiradi. Bunday hodisalar ko‘p holatlarda bolalarda uchraydi.
Ikkinchidan, ob’ektni etarli to‘liq qabul qilish vaqtida ro‘y beradigan sxematizatsiyaga, uning ikkinchi darajali bo‘lak va qismlarini yoddan chiqarish sabab bo‘ladi. Bunday vaqtlarda, tasavvur uchun asosiy bo‘lak va qismlar birinchi o‘ringa o‘tadi. Shu sababli tasavvur o‘ziga xosligini yo‘qotib, umumlashib boradi.
Va, nihoyat, uchinchidan, sxematizatsiyaning sababi, ob’ektning ikkinchi darajali qism va bo‘laklardan idrokan alahsib ketish bo‘ladi. Inson bila turib o‘z e’tiborini uning fikri bo‘yicha ob’ektning asosiy hisoblovchi qismlarga qaratadi va natijada tasavvurni aniq bir sxemaga olib keladi.
Urg‘u berish, ob’ektni kerakli, asosiy va aniq ishoralarini ko‘rsatib o‘tishni o‘zidan tashkil etadi. Ko‘p holatlarda bu usul badiiy obrazlarni yaratishda qo‘llaniladi . Ushbu qabul qilish obrazini tasavvur obraziga qayta ishlashning asosiy xususiyati undagi real hayotni aks ettirib, uni tiplarga bo‘lib, keng umumlashtirib beradi va ushbu umumlashuv doim aniq bir obrazda aks etadi. Shu bilan bir qatorda tasavvurlarni qayta tahlil qilish, tipik obrazni yaratishda mexanik yo‘nalish yoki hisob kitobi bilan barpo qilinmaydi. Ushbu obrazni yaratish jarayonida o‘zidan murakab ijodiy jarayonni yuzaga keltiradi va insonning o‘ziga xos obraz yaratuvchi aniq fazilatlarni aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |