4.7 XAYOLNING ASOSIY TURLARI VA ULARGA TA’RIF
Ixtiyoriy tasavvur inson uchun katta ahamiyatga ega. Tasavurning bu turi, inson oldida birov tomondan keltirilgan, yoki insonning o‘zi belgilagan aniq obraz yaratish vazifasi turganida paydo bo‘ladi. Bunday holatlarda, tasavvur jarayoni insonning o‘zi tomonidan nazorat qilinib yaratiladi. Ixtiyoriy tasavvurning turlari va formalari ichida yaratuvchi tasavvuri, ishlab chiqaruvchi (ijodiy) tasavvur va orzuni ajratish lozim. Yaratuvchi tasavvur, inson, ob’ektni iloji boricha uning tasavvuriga mos qilib yaratishga harakat qilganday bo‘ladi. Bu tasavvur turiga inson, geografik joylar, tarixiy hodisalar va adabiy qahramonlar haqida o‘qiganda duch kelinadi. SHuni aytib o‘tish lozimki, yaratuvchi tasavvur nafaqat ko‘rish tasavvurini shakllantiradi, balki sezish va eshitish hamda boshqa tasavvurlarini ham oshiradi. A.S. Pushkinning "Poltava Jangi" ni o‘qiganimizda urush qurollarining otilishi, askarlarning qichqirishi, miltiq o‘qining hidi, barabanlar jarangini aniq tasavvur qila olamiz. Ko‘p holatlarda yaratuvchi tasavvur bilan, so‘zlar orqali tasvirlanganda, tasavvurni yaratish uchun to‘qnash kelamiz. Biroq, shunday holatlar borki, inson, so‘zsiz biror predmetni tasavvurida obraz yaratishning muvaffaqiyati, insonning fazoviy tasavvuri qobiliyatlarida aniqlanadi. Ya’ni, insonning obrazli tasvirli hajmini joyda yarata oladi. YAratuvchi tasavvurning jarayoni insonning fikrlash va xotirasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ixtiyoriy tasavvurning keyingi turi - ishlab chiqaruvchi ijodiy tasavvurdir. Uning ta’rifi shundaki, inson tasavvurni o‘zgartiradi va yangisini paydo qiladi. Berilgan namuna bo‘yicha emas, balki mustaqil ravishda, yaratilayotgan obrazning chizmalarini hamda kerakli materiallarni tanlagan holatda paydo qiladi. Ishlab chiqaruvchi tasavvur, yaratuvchi tasavvur kabi xotira bilan chambarchas bog‘liq, chunki uni paydo qilishda inson o‘zining tajribasini ishlatadi. Tasavvurni bu ikki turlari o‘rtasida aniq chegaralar yuk. Yaratiluvchi tasavvurda, tomoshabin, kitobxon yoki eshituvchi o‘zining ijodiy tasavvurini ishlatgan holda obrazini to‘ldirirshga harakat qiladi.
Lekin orzu ijodiy tasavvurdan bir necha farklar bilan ajratiladi. Birinchidan, orzuda odam doimo o‘zi istagan qiyofani yarata oladi, ijodda esa ilg‘or g‘oyalarni gavdalantirib ko‘rsatish doimo yaratuvchining xohishiga bo‘ysunmaydi. Orzuda odam o‘zining xoxishini va intilayotgan narsalarini joylashtirishga ega bo‘ladi. Ikkinchidan, orzu ijodiy faoliyatni o‘z ichiga olmagan jarayon bo‘ladi, ya’ni darrov va bevosita ob’ektiv mahsulotning ijodiy asaridir.
Orzuning asosiy fazilati shuki, u faqat kelajakka yo‘nalgan bo‘ladi, ya’ni orzu - bu, kelajakda istagan narsamizga yo‘naltirilgan tasavvur. Buning bir necha turlarini farklash lozim. Ko‘plab odam o‘z rejalarini kelajakka munosabati va orzularini ruyobga chiqarish yo‘llari orqali aniqlaydi. Bu holatda orzu aktiv, ixtiyoriy va ongli jarayon deb ataladi.
Ammo shunday odamlar borki, ular uchun orzu faqat harakatning o‘rin bosaridir. Bularda orzu shunchaki orzuligicha qoladi. Buning sabablaridan biri shundaki, ular doimo muvaffaqiyatsizlikka uchrashi. Oqibatda bir necha omadsizlikdan keyin odam o‘z rejalarini amaliyotda bajarishdan bosh tortadi va orzularga berilib ketadi.
Agar ixtiyoriy yoki aktiv, tasavvur oldindan belgilangan bo‘lsa, ya’ni odamning irodali taraflari bilan bog‘liq bo‘lsa, u xolda tasavurning passiv tomoni oldindan belginangan va belgilanmagan bo‘lishi mumkin. Oldindan belgilangan passiv tasavvur o‘z xohishi bilan bog‘lanmagan obrazlar yaratadi. Bu obrazlar orzu nomini olgan. Bunda odamning tasavvur va ehtiyojlari orasida yorqin aloqa paydo bo‘ladi. Ushbu holatda odamning u uchun muhim paytda nima orzu qilayotganini payqab olishi judayam oson. Odamlar uchun yoqimli va jalb etadigan narsalar haqida o‘ylashdir. Lekin orzu harakatning o‘rnini bosishni boshlasa, bu psixologik buzilish hisoblanadi. Odamning psixologik jarayonida orzuning ustunligi uning xaqiqatdan uzoqlashishiga olib keladi, va o‘zi o‘ylab chiqqan dunyoga olib ketadi, bu holatlar esa odamning psixologik va sotsial rivojlanishlarga to‘sik bo‘ladi.
Beg‘araz qilingan passiv tasavvur ongning zaiflashgan faoliyatida kuzatiladi, uning buzilishi, uyqusiragan va tush kurayotgan paytlarida. Passiv tasavvurning eng katta ko‘rsatkichi bu-gallyusinatsiya holatidir, bunda odam yo‘q narsalarni ko‘radi, eshitadi va sezadi. Gallyusinatsiya psixologik tarafdan zaiflashgan odamlarda kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |