Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy pedagogika fakulteti



Download 3,99 Mb.
bet167/362
Sana13.01.2022
Hajmi3,99 Mb.
#356625
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   362
Bog'liq
Psixologiya va pedagogika umk tib bio, prof, bio (2)

Tushunchalar

Tafakkur tushunchalar shaklida ifodalanadi.




Tushuncha deganda biz narsa va hodisalarning eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz.

Ko‘p sonli odamlar, hodisalar va obyektlarni tasavvur qilish uchun biz ularni konsept (tushuncha) larga – o‘xshash ob’ektlar, hodisalar va odamlar guruhiga bo‘lgancha soddalashtiramiz. “Stul” tushunchasi o‘zida ko‘plab aniq predmetlarni umumlashtiradi – bola uchun stul, tirsak qo‘ygichli stul, tushlik qiladigan stol atrofidagi stullar, tish shifokorining kreslosi16. Hayotni tushunchalarsiz tasavvur qilib ko‘ring. Bizga har bir obyekt va g‘oya uchun alohida nom kerak bo‘lardi. Biz boladan “koptokni ot” deb iltimos qila olmasdik, chunki “koptok” tushunchasining o‘zi yo‘q bo‘lardi. “Ularning jahllari chiqdi” deyish o‘rniga bizga yuz ifodasi, ovozdagi keskinlik, imo-ishoralar va so‘zlarni ifodalab berishimizga to‘g‘ri kelardi. “Koptok” va “jahldor” kabi tushunchalar eng kam darajadagi bilimlar mavjud bo‘lganida bizga ko‘p ma’lumot beradi17.
Tushunchalar hukmlardan tarkib topadi. Shu sababli tushunchaning mazmunini ochib berish uchun bir qancha hukm yuritishga to‘g‘ri keladi. Masalan, odam ongli mavjudotdir degan tushunchani oladigan bo‘lsak, bu erda odamning eng muhim xususiyati uning ongliligi ekani qayd qilinyapti.

Tushunchalar odamning turmush tajribasi va bilimlarining ortishi jarayonida tarkib topa boradi. Ana shu jihatdan olganda maktabdagi o‘qish jarayonida bolada asosan tabiat va jamiyat hodisalari haqida tushunchalarni tarkib toptirishdan iboratdir. Demak, katta odamlarga nisbatan bolalarda hali tushunchalar juda oz bo‘ladi.




Odatda, tushunchalar mohiyati jihatidan konkret va abstrakt tushunchalarga ajratiladi.

Alohida olingan bir butun narsaga aloqador tushuncha konkret tushuncha deb ataladi. Masalan, stol, divan, qayrag‘och, traktor va hokazo. Moddiy borliqdagi narsalardan fikran ajratib olingan ba’zi xususiyat, sifat, holatlarga, shuningdek, narsalar o‘rtasidagi ichki munosabatlarga, qonuniyatlarga qaratilgan tushunchalar abstrakt tushuncha deb ataladi. Masalan, oqlik, uzunlik, balandlik, kenglik, harakat, yorug‘lik, qiymati haqidagi tushunchalar va hokazo.




Tushunchalar ko‘lami jihatidan 3 turga: yakka tushunchalar, umumiy tushunchalar va to‘planma tushunchalarga bo‘linadi.


Yakka tushunchalar yakka narsa va hodisalar haqidagi tushunchadir. Bunday tushunchalarga sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Sirdaryo tushunchalarini misol qilib keltirsa bo‘ladi. Yakka tushunchalarning xususiyati shuki, bu tushunchalarda hamisha aniq obraz mavjud bo‘ladi. Umumiy tushunchalarda bir jinsga mansub bo‘lgan ko‘p narsa va hodisalar gavdalantiriladi. Masalan, kitob, maktab, yulduz, talaba va boshqalar.

To‘planma tushunchalar bir jinsga mansub bo‘lgan narsa va hodisalar to‘plami haqida yaxlit fikr yuritiladigan tushunchadir. Masalan, paxtazor, kutubxona, yig‘ilish va hokazolar. To‘planma tushunchalarning bir qanchasi birdaniga tatbiq qilinganda umumiy to‘planma tushunchalar bo‘ladi. Masalan, Alisher Navoiy nomidagi Davlat Muzeyi tushunchasi, yakka to‘planma tushunchaga oiddir. Guruh, jamoa, xalq, millat va boshqalar, umumiy to‘planma tushunchasiga misol bo‘la oladi. Etti og‘ayni yulduzlar to‘plami, Hamza teatri jamoasi, Paxtakor futbol jamoasi kabilar yakka to‘planma tushunchalar jumlasiga kiradi.

Fikr yuritishda tushuncha bilan so‘z o‘zaro bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. Bir tomondan so‘z yordamisiz tushuncha vujudga kelmaydi, ikkinchi tomondan so‘z tushunchaning moddiy asosi va funksiyasini bajaradi. Tushunchalar bir yoki undan ortiq so‘zlardan tashkil topishi mumkin. Masalan, xalq degan tushuncha bir so‘zdan, o‘zbek xalqi ikki so‘zdan qahramon o‘zbek xalqi uch so‘zdan, ozodlik uchun kurashayotgan xalqlar, degan tushuncha to‘rt so‘zdan tashkil topgan.

Tushunchalar fikr yuritishning asosiy jarayonlari, ya’ni klassifikatsiyalash, umumlashtirish va abstraksiyalash yordami bilan vujudga keladi. So‘zlar, belgilar, simvollar, atamalar tafakkur jarayonida tushunchalarning mazmunini aks ettiradi. I.P.Pavlov ta’biri bilan aytganda, so‘z ikkinchi signal tizimining, barcha signallarning signallaridir, binobarin shu signallarning hammasini ifodalaydi, shu signallarning hammasini umumlashtiradi.

Shunday qilib, tushunchalar mohiyati hukmlarda yoritiladi, mavjud hukmlar asosida xulosa chiqariladi. Yangi hukm hosil qilinadi, topilgan yangi belgilar, alomatlar tushunchalarni yanada boyitadi. Tafakkur yordamida inson yaratish, kashf etish, ixtiro qilishda davom etishi mumkin. Demak, yangi tushunchalar, atamalar yuzaga kelaveradi, iste’moldagilari esa yangi mazmun kasb etadi. Determinizm tamoyiliga binoan so‘zlar yangi tushunchalar yaratilishiga vosita bo‘lib xizmat qilaveradi, shuning bilan birga tushunchalar zamirida yangi so‘zlar va iboralar vujudga keladi, yoinki yangicha talqin qilish kuchayadi. So‘z bilan tushunchalarning chambarchas bog‘lanishi va munosabati filogenezda ham ontogenezda ham operatsional va funksional xususiyatlarni yo‘qotmaydi.




Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish