S. (Signa) – 1 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal 4 kun davomida ichilsin.
7
|
Nomen medici
|
shifokor FISh, muhri va imzosi.
|
Azizov A.A.
|
Reseptning 2, 3, 4 qismlari lotin tilida yoziladi, qolganlari davlat tilida. Dori tarkibiga kiruvchi moddalar reseptda lotin tilida (qaratqich kelishigida) yoziladi.
Agar bemorga dorini tez tayyorlab berish kerak bo’lsa shifokor resept blankasining yuqori qismiga ko’rinib turadigan joyiga Cito – tez, yoki Statim – darhol degan so’zni yozib beradi va bunday reseptga dorixonada navbatsiz xizmat ko’rsatiladi.
Reseptda 2 ta yoki bir necha modda bir xil miqdorda yoziladigan bo’lsa, doza o’sha preparatlar oxirgisining qarshisiga qo’yiladi, undan oldin ana yoki qisqacha āā so’zini yozib qo’yiladi, bu bir xil miqdorda degan ma’noni bildiradi.
Agar bemorga beriladigan dorini takrorlash zarurati tug’ilsa, shifokor buni reseptning ko’rinib turadigan joyiga yozib qo’yishi lozim. Masalan, Repetatur takrorlansin, Bis repetatur ikki marta takrorlansin.
Bitta resept blankasida 2 ta resept yozilgan taqdirda ular bir-biridan # belgisi bilan ajratiladi.
Reseptda lotincha so’z va ifodalarning qisqartirilgan shakli qo’llanilishi mumkin. So’z undosh harfda qisqartiriladi, agar juft undosh bo’lsa – ikkinchi harfda qisqaradi.
RESEPTDAGI MUHIM QISQARTMALAR
To‘liq yozilishi
|
Qisqartma
|
Tarjimasi
|
ana
|
aa.
|
dan (baravar)
|
acidum
|
ac., acid
|
kislota
|
adde
|
ad.
|
qo‘sh, yetkaz
|
ad usum externum
|
ad us. ext.
|
sirtga qo’llash uchun
|
ad usum internum
|
ad us. ext.
|
ichish uchun
|
ampulla
|
amp.
|
ampula
|
aqua purificata
|
aq. pur.
|
tozalangan suv
|
aqua destillata
|
aq. dest.
|
distillangan suv
|
cum
|
cum
|
bilan
|
capsula
|
caps.
|
kapsula
|
capsula amylum
|
caps. amyl.
|
Kraxmal kapsula
|
capsula gelatinosa
|
caps. gelat.
|
Jelatin kapsula
|
charta cerata
|
ch. cer.
|
Mum qog‘oz
|
Cito
|
Cito
|
tez
|
cortex
|
cort.
|
po‘stloq
|
Da, Detur, Dentur
|
D.
|
ber, berilsin
|
Da (Dentur) tales doses numero
|
D.t.d.N.
|
Shunday dozalardan shuncha miqdorda berilsin
|
Decoctum
|
dec.
|
Qaynatma
|
Detur. Signetur.
|
D.S.
|
Berilsin, ko‘rsatilsin
|
Dragee
|
dragee
|
draje
|
Emplastrum
|
empl.
|
plastir
|
Emulsum
|
emuls.
|
emulsiya
|
Extractum
|
extr.
|
ekstrakt
|
ex
|
ex
|
Nisbatda
|
Ex tempore
|
Ex tem.
|
Qo‘llashdan oldin
|
fiat, fiant
|
f.
|
hosil bo‘lsin
|
fluidum
|
fluid.
|
suyuq
|
flos
|
fl.
|
gul
|
folium
|
fol.
|
barg
|
fructus
|
fr.
|
meva
|
gelatinosus (-a, -um)
|
gel.
|
jelatinli
|
granula
|
gran.
|
granula
|
gutta (-m, -s)
|
gtt.
|
tomchi, tomchiga, tomchilar
|
herba
|
h., hb.
|
o‘t, giyoh
|
in
|
in
|
da
|
in ampullis
|
in amp.
|
ampulada
|
in capsulis
|
in caps.
|
kapsulada
|
infusum
|
inf.
|
damlama
|
Misce, misceatur
|
M.
|
aralashtir
|
massa pilularum
|
m. pil.
|
pilyula massasi
|
mucilago
|
mucil.
|
shilimshiq
|
oleum
|
ol.
|
yog‘
|
obductus (-a, -um)
|
obd.
|
qoplangan
|
pasta
|
past.
|
pasta
|
pulvis
|
pulv.
|
sochma, kukun
|
quantum satis
|
q.s.
|
kerak bo‘lgancha
|
radix
|
rad.
|
ildiz
|
Recipe
|
Rp.
|
Ol
|
rhizoma
|
rhiz.
|
ildizpoya
|
Signa, Signetur
|
S.
|
Belgila, ko‘rsat
|
semen
|
sem.
|
Urug‘
|
sirupus
|
sir.
|
qiyom
|
solutio
|
sol.
|
eritma
|
suppositorium
|
supp.
|
shamcha
|
Numero
|
N.
|
Miqdori, soni
|
sterilisetur
|
steril.
|
sterillansin
|
siccus
|
sicc.
|
quruq
|
simplex
|
simpl.
|
oddiy (sodda)
|
suspensio
|
susp.
|
suspenziya
|
tabuletta
|
tab.
|
tabletka
|
tinctura
|
tinct. (t-ra)
|
tindirma
|
unguentum
|
ung.
|
surtma
|
linimentum
|
lin.
|
suyuq surtma
|
Takrorlash uchun savollar:
Resept nima?
Resept qanday tarkibiy qismlardan iborat?
Reseptning qaysi qismlari lotin, qaysilari davlat tilida yoziladi?
Qanday reseptlar davolash muassasasining “Reseptlar uchun” va qaysilari yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi?
Resept bo‘yicha dori olishni tezlashtirish uchun yoki reseptni qayta qo‘llash uchun reseptga qanday so‘zlar yozilishi kerak?
DORI SHAKLLARINING TASNIFI
Dori shakli – dori moddasini qo’llash uchun eng qulay holga keltirilgan shaklidir. Chunonchi, dori shakllarining quyidagi turlari tafovut qilinadi:
Suyuq dori shakllari
Yumshoq dori shakllari
Qattiq dori shakllari
SUYUQ DORI SHAKLLARI
Suyuq dori shakllariga quyidagilar kiradi:
Eritma – Solutio
Damlama – Infusum
Qaynatma – Decoctum
Tindirma – Tinctura
Aralashma – Mixtura
In’eksiyalar uchun ishlatiladigan dori shakllari – Formae medicamentorum pro injectionibus
Suyuq ekstrakt – Extractum fluidum
Quyuq ekstrakt – Extractum spissum
Quruq ekstrakt – Extractum siccum
Emulsiya – Emulsum
Shilimshiq - Mucilago
Suspenziya – Suspensio
ERITMALAR
(bosh kelishik birlik sonda - Solutio, qaratqich kelishik birlik sonda – Solutionis, qisqartmasi - Sol.)
Eritmalar – dozalarga bo’linmagan suyuq dori shakli bo’lib, ichga yoki sirtga qo’llash uchun mo’ljallangan qattiq yoki suyuq dori moddasini erituvchida eritish yo’li bilan hosil qilinadi. Ular tiniq suyuqlik bo’lib, saqlanganda cho’kma hosil qilmaydilar. Demak, eritma 2 ta tarkibiy qismdan iborat bo’ladi: eruvchi va erituvchi.
Eritmalar offisinal va magistral bo’lishi mumkin. In’eksion qo’llash uchun ampulalarda chiqarilgan ertimalar dozalangan dori vositasi hisoblanadi.
Erituvchi sifatida quyidagilarni ishlatish mumkin:
Distillangan suv – Aqua destillata
Etil spirti – Spiritus aethylicus
Gliserin – Glycerinum
Vazelin moyi – Oleum vaselini
Zaytun moyi – Oleum olivarum
Shaftoli moyi – Oleum persicorum
Bodom moyi – Oleum amygdalarum
Kungaboqar moyi – Oleum helianthi
Eritmalar qo’llanilgan erituvchining turiga ko’ra suvli, spirtli va yog’li eritmalarga bo’linadi. Resept yozilganda erituvcining turi ko’rsatiladi (masalan, Sol. Iodi spirituosae yoki Sol. Camphorae oleosae).
Agar reseptda erituvchi ko’rsatilmagan bo’lsa, u holda eritma distillangan suvda tayyorlanadi.
Eritmalar qo’llanilishiga ko’ra quyidagilarga ajratiladi:
a) ichga qo’llash uchun eritmalar. Bu eritmalar signaturada choy, desert, osh qoshiqlarida, shuningdek tomchilarda dozalanadi.
b) sirtga qo’llash uchun eritmalar. Ko’z, quloq, burun tomchilari, yuvish, bosim ostida yuvish (sprinsevanie), chayish, malham (primochka) uchun buyuriladi.
ICHISH UCHUN ERITMALAR
(Solutiones pro usu interno)
Ichish uchun eritmalar distillangan suvda tayyorlanadi va 3-4 kunga buyuriladi. Qo’llash uchun ochilganidan so’ngra sovutgichda saqlash tavsiya etiladi.
Ichish uchun eritmalarni odatda darajalarga bo’lingan stakanchalarda, choy qoshiqlarda, desert qoshiqlarda, osh qoshiqlarda, shuningdek tomchi ko’rinishida dozalanadi va qabul qilinadi.
Qoshiqlar hajmi:
1 choy qoshiq – 5 ml,
1 desert qoshiq 7,5 – 10 ml,
1 osh qoshiq 15 ml.
Qoshiqlarda dozalanadigan eritmalar odatda kuniga 3 mahaldan ichish uchun 4 kunga, hammasi bo’lib 12 marta qabul qilishga yozib beriladi.
Eritmalarni reseptda 3 xil shaklda yozish mumkin:
Kengaytirilgan shakl. Bunda eritmaning barcha tarkibiy qismlari, ya’ni dori modda va erituvchi moddaning nomi, ularning miqdori (og’irligi yoki hajmi) ko’rsatiladi.
Misol. Natriy bromid (Natrii bromidum) td = 0,3 eritmasi 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahaldan 4 kunga ichish uchun yozib berilsin.
Hisob: 3 mahal x 4 kun = 12 marta; td = 0,3 natriy bromid – 0,3 x 12 = 3,6
“Erituvchi” sifatida suv olingan;
suv 1 osh qoshiqda 15 ml. 12 marta – 15 ml x 12 = 180 ml.
Do'stlaringiz bilan baham: |