Assimilyatsiya – murakkab kimyoviy jarayon bo‘lib, buning natijasida tashqi muhitdan kirgan organik va anorganik moddalardan organizmga xos spetsifikasi: oqsillar, nuklein kislotalar, yog‘lar, karbon suvlar va boshqa moddalarning hosil bo‘lishidir. Bu jarayon organizmning o‘sishini, rivojlanishini, yangilanishini ta’minlaydi. Assimilyatsiya jarayonida ATF energiyasi sarflanadi. Dissimilyatsiya – bu organizmdagi murakkab organik moddalarning parchalanishi va ularning oxirgi mahsulotlari: CO2, H2O, NH3, siydikchil, kreatinin, siydik kislotasi va boshqalarga aylanishi. Bu jarayonda ajralgan energiyaning bir qismi ATF holida to‘planadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |