XX asrga kelib ilm-fan, texnika shu qadar jadal rivojlanib ketdiki, bu hol, ta’lim olish imkoniyatlari, hayot tarzi, badiiy madaniyatni tanlash o‘rtasidagi ijtimoiy qatlamlararo chegarani olib tashladi. XX asr madaniyat turlarining yangicha ko‘rinishini: ommaviy va elitar madaniyatni vujudga keltirdi. Xo‘sh, bu madaniyatlar bir madaniyat turi ichidagi har xil yo‘nalishlarmi yoki boshqa-boshqa madaniyat turlarimi? Yuzaki qarashda, har ikki madaniyat ko‘rinishi bir jamiyat ichida vujudga kelgan bo‘lib, bir madaniyat turining ikki xil yo‘nalishidek tuyulsa-da, aslida ularning bir-biriga o‘xshamasligi doimo o‘zaro qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi. Shu narsa aniqki, bu ikki madaniyat o‘rtasida farq bor. Lekin bu farq siyosiy yoki ijtimoiy tengsizlik natijasi yuzasidan vujudga kelmagan. - XX asrga kelib ilm-fan, texnika shu qadar jadal rivojlanib ketdiki, bu hol, ta’lim olish imkoniyatlari, hayot tarzi, badiiy madaniyatni tanlash o‘rtasidagi ijtimoiy qatlamlararo chegarani olib tashladi. XX asr madaniyat turlarining yangicha ko‘rinishini: ommaviy va elitar madaniyatni vujudga keltirdi. Xo‘sh, bu madaniyatlar bir madaniyat turi ichidagi har xil yo‘nalishlarmi yoki boshqa-boshqa madaniyat turlarimi? Yuzaki qarashda, har ikki madaniyat ko‘rinishi bir jamiyat ichida vujudga kelgan bo‘lib, bir madaniyat turining ikki xil yo‘nalishidek tuyulsa-da, aslida ularning bir-biriga o‘xshamasligi doimo o‘zaro qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi. Shu narsa aniqki, bu ikki madaniyat o‘rtasida farq bor. Lekin bu farq siyosiy yoki ijtimoiy tengsizlik natijasi yuzasidan vujudga kelmagan.
XX asrda madaniyat bo‘linishining yana bir ko‘rinishi – bir-biriga aslo o‘xshamaydigan turlarni keltirib chiqardi. Ya’ni, bugungi kun zamonaviy madaniyatida ikki xil ko‘rinishli madaniyat turlari mavjud. Birinchisi, ijtimoiy-gumanitar fanlarga asoslangan odob, axloq, shaxs, san’at va boshq. Ikkinchisi, tabiiy fanlar yutug‘iga asoslangan sanoat, texnologiya kabi texnik jarayonlar madaniyatidir. Bu holat umumiy madaniyatning butunligini, yagonaligini sindiradi. Balki, bu ikki madaniyat turini alohida-alohida olmasdan, bitta, yagona madaniyat turining har xil yo‘nalishi deyish to‘g‘ri bo‘ladimi? Bitta madaniyat turining har xil yo‘nalishi sifatida ommaviy va elitar madaniyatni ham nazarda tutish to‘g‘ri bo‘ladimi? Bu savollarga ingliz olimi CH .P Snou o‘z asarlarida to‘xtalgan. - XX asrda madaniyat bo‘linishining yana bir ko‘rinishi – bir-biriga aslo o‘xshamaydigan turlarni keltirib chiqardi. Ya’ni, bugungi kun zamonaviy madaniyatida ikki xil ko‘rinishli madaniyat turlari mavjud. Birinchisi, ijtimoiy-gumanitar fanlarga asoslangan odob, axloq, shaxs, san’at va boshq. Ikkinchisi, tabiiy fanlar yutug‘iga asoslangan sanoat, texnologiya kabi texnik jarayonlar madaniyatidir. Bu holat umumiy madaniyatning butunligini, yagonaligini sindiradi. Balki, bu ikki madaniyat turini alohida-alohida olmasdan, bitta, yagona madaniyat turining har xil yo‘nalishi deyish to‘g‘ri bo‘ladimi? Bitta madaniyat turining har xil yo‘nalishi sifatida ommaviy va elitar madaniyatni ham nazarda tutish to‘g‘ri bo‘ladimi? Bu savollarga ingliz olimi CH .P Snou o‘z asarlarida to‘xtalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |