Reja : I. Kirish Hindiston va Pokistonning birinchi jaxon urushidan keyingi ahvoli



Download 43,15 Kb.
bet1/8
Sana30.04.2022
Hajmi43,15 Kb.
#598791
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ijtimoiy gumanitar fanlarga asoslangan akademik litseylarda “1918-1939 yillarda Pokiston” mavzusini o’qitish metodikasi.


Mavzu: Ijtimoiy gumanitar fanlarga asoslangan akademik litseylarda “1918-1939 yillarda Pokiston” mavzusini o’qitish metodikasi.
Reja :
I. Kirish
1.Hindiston va Pokistonning birinchi jaxon urushidan keyingi ahvoli.
2. Hindistonda ingliz mustamlakachilik siyosati.
3.Hindistonda ozodlik uchun xarakatlar.
II. Xulosa
III.Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgandan keyin ijtimoiy- iktisodiy, siyosiy o‘zgarishlar bilan birga hayotimizni xal etuvchi muhim masalalar katorida ta’lim tizimini tubdan uzgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga kutarish, barkamol avlodimiz bilim darajasini jaxon andozalariga etkazish uchun muxim ishlar qilinmoqda. "Ta’lim tug’risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ning qabul qilinishi ta’lim-tarbiyani rivojlantirishda yangi bosqichning boshlanishidir.Keyingi yillarda umumta’lim maktablarda tarix fanini o’qitishda katta o’zgarishlar bo’ldi. "O’zbekiston tarixi" aloxida mustaqil fan sifatida o’qitilib, dars soatlari ko’paytirildi. "Jaxon tarixi"ning o’qitilishi soxasida xam davr talabidan kelib chiqqan xolda o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mavzularning bir qismi yangilandi . Yurtboshimiz ta’kidlaganidek:"… zamon talabi shuki, professor va uqituvchilar o’zlarida mavjud bilim va saviya bilan cheklanib qolmasdan, balki xorijiy mamlakatlar tajribasini qunt va sabot bilan o’rganib, mag’zini chaqib, undan keyin o’z talabalariga saboq berishlari zarur" 1"Jaxon tarixi" fanini o’qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalangan xolda o’qituvchilarda ijodiy fikrlashni kuchaytirib, voqealarni ma’lum sinf va partiyalar manfaatlari nuqtai nazaridan emas, balki umuminsoniy manfaatlarga mos xolda xolisona va ilmiy jixatdan yoritib berilishi zarur. "Tarixda shaxslarning roli" degan tushunchaga yangicha yondoshish xamda tarixda shaxslarning buyuk rol o’ynashi mumkinligi va uynayotganligi tarixiy va ilmiy jixatdan asoslanishi kerak. Tarixiy voqealarni bosqichma-bosqich, ya’ni izchillikka rioya qilgan xolda ochish, xususan davr va zamon ruxini berish xamda mustaqil O’zbekistonning istiqboldagi taraqqiyotini ko’zda tutgan xolda bayon etilishiga erishmoq kerak. "Jaxon tarixidagi" xususiy mulk, sinflarning kelib chiqishi, davlat va din tug’risidagi g’ayriilmiy qarashlarga barxam berish, g’oyatda muximdir. Xususiy mulksiz, sinflarsiz, davlatlarsiz va dinlarsiz jamiyat ko’rish xom xayol ekanligini asoslab, xususiy mulk, sinflar, davlat va dinni umumxalq manfaatlariga to’la xizmat qildirishdan iborad g’oya "Jahon tarixi" uquv fanining butun mazmuniga singdirilishi talab kilinadi.
"Jaxon tarixi"ni uqitish va urganish davomida qo’shimcha material sifatida o’rganiladigan davrga oid xaritalar, rasmlar, albomlar,jadvallar, tarixiy-badiiy asarlar va boshka ko’rgazmali qurollardan foydalaniladi1Mamlakatimizda erkin demokratik jamiyatga o‘tish jarayonida xalq xo‘jaligining barcha sohalari bilan bir qatorda xalq ta’limi sohasida ham izchil islohatlar amalga oshirilmoqda. Mustaqil O‘zbekistonimizning kelajagini zarur mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida 1997 yil 29 avgustda Respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi va hayotga joriy etilishi nihoyatda buyuk ahamiyatga ega bo‘lgan voqea bo‘ldi. Ushbu dastur bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim 9 yillik bo‘lib, undan keyingi 3 yillik o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limiga bosqichma-bosqich o‘tiladi.Bu dasturni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 13 mayda «O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarorlari qabul qilindi. Bu qarorlar bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limga doir me’yoriy hujjatlar tayyorlash va shuningdek, undan keyingi uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonida davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlarni ishlab chiqish ko‘rsatilgan.


1 I.A.Karimov «YUksak ma’naviyat – engilmas kuch» . “Ma’naviyat”.Toshkent .2008 yil. 2
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
Urush yillarida Buyuk Britaniya hukumati Hindistonga urushdan keyin o‘zini o‘zi boshqarish huquqini berishni va’da qilgan edi. Aslida Buyuk Britaniya imperiyaning eng boy qismi bo‘lgan Hindistondan ajralishni xohlamas edi. Bu hol hind xalqining milliy-ozodlik kurashini yanada kuchaytirdi. Hindistonda bu davrda 320 mln aholi
Birinchi jahon urushidan keyin Hindistondagi ahvol Yaponiya agressiyasi bor edi. Urush yillarida qora metallurgiya 30 foiz o‘sgan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi orqaga ketdi. 12 mln kishi ochdan o‘ldi. 1919-yilning 13-aprelida Panjob shtati poytaxti Amritsar shahrida ingliz qo‘shinlari aholining norozilik yig‘ilishini o‘qqa tutdi. Buning natijasida 1000 dan ortiq kishi o‘ldirildi, 2000 dan ortiq kishi yaralandi. Shu tariqa hamma joyda politsiya bilan to‘qnashuv boshlanib ketdi. Buyuk Britaniya 1919-yili Hindistonni boshqarish to‘g‘risida qaror qabu qildi. Bunga binoan 2 palatali boshqarish tizimi tashkil qilindi. Deputatlarning 50 foizini vitse-qirol tayinlardi. 1,5 foiz hind saylov huquqi oldi. Bu qonun bilan birga «anarxizm va inqilobiy chiqishlarga qarshi» Rouletta qonuni ham qabul qilindi va politsiyaga cheklanmagan huquqlar berdi. Hind xalqi milliy-ozodlik kurashiga rahbarlik qiluvchi qudratli siyosiy tashkilot — Hindiston Milliy Kongressi (HMK) partiyasi kurashning kuch ishlatish usuliga qarshi chiqdi. HMK ga 1915-yildan boshlab hind xalqining buyuk farzandi Maxatma Gandi (1869—1948) boshchilik qiladi. Uning rahbarligi davrida HMK da kurashning kuch ishlatmaslik, faqat tinch, zo‘rliksiz shakliga tayanadigan yo‘li g‘alaba qozondi. Bu yo‘l tarixga kurashning gandicha yo‘li nomi bilan kirgan. M. Gandining tinch kurash yo‘li hind xalqi keng qatlamini milliy-ozodlik kurashiga jalb etish imkonini berdi. Gandizm — diniy-falsafiy tizim bo‘lib, idealizm, induizm, jaynizm va xristianlik elementlarini o‘zida birlashtirgan. Uning asosida «haqiqat, ishonch, hech kimga yomonlik qilmaslik» yotadi. Xo‘sh, kurashning tinch, kuch ishlatmaslik yo‘li — «satyagraxi» deyilganda nima nazarda tutilgan? Bu tushuncha ingliz ma’murlari tadbirlarini boykot qilishni, o‘z noroziligini tinch namoyishlar yo‘li bilan bildirishni, mustamlakachi ma’muriyat bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishni, zo‘ravonliksiz fuqaroviy bo‘ysunmaslikni anglatadi. Kurashning bu yo‘li asrlar davomida sabr-toqat ruhiga singib ketgan va milliy-ozodlik kurashining asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblangan dehqonlar psixologiyasiga, xarakteriga mos yo‘l edi. Hindiston jamiyatining asosini dehqonlar tashkil etgan bir sharoitda M. Gandi tanlagan yo‘l birdan-bir to‘g‘ri yo‘l edi. M. Gandining zo‘ravonliksiz hamkorlik qilmaslik, fuqaroviy bo‘ysunmaslik harakatining birinchi bosqichini 1919—1922-yillar tashkil etadi. Rouletta qonuniga javoban M. Gandi 1919-yilning 6-aprelida hind xalqini do‘konlarini yopib qo‘yishga va har qanday amaliy faoliyatni to‘xtatishga chaqirdi. Mustamlakachi Moxandas Gandi. ma’muriyat bunga kuch ishlatish bilan javob berdi. 1919-yilning kuzida HMK syezdi ingliz ma’murlari joriy etgan qonun bo‘yicha saylovni boykot qilish haqida qaror qabul qildi. Natijada saylov amalda barbod bo‘ldi. Bu davrda HMK saflarida 10 mln kishi bor edi. Boykot, shuningdek, ingliz tovarlarini sotib olmaslikni, inglizlar joriy etgan faxriy unvonlar va mansablardan voz kechishni, rasmiy qabullarga bormaslikni, ingliz maktablarida o‘qimaslikni, ingliz sudlarini rad etishni, davlat soliqlarini to‘lamaslikni ham nazarda tutar edi. Shu bilan birga Panjobning turli joylarida qo‘zg‘alonlar ham bo‘lib o‘tdi. Lohur shahrida qo‘zg‘alonga askarlar ham qo‘shildi. Bu yerda «Armiya kaltagi» degan tashkilot shuhrat qozondi.
1. Novaya istoriya stran Evropы i Ameriki. Pervыy period. Pod red. E.E.YUrovskoy i I.M. Krivoguza M., Vыsshaya shkola 1998. 2. Novaya istoriya stran Evropы i Ameriki. Vtoroy period. Pod red. E.E.YUrovskoy i I.M.Krivoguza M., Vыsshaya shkola 1998.

Gujaratdagi qo‘zg‘alon samolyotlar yordamida bostirildi. Amritsarda ingliz ma’murlari haqoratli buyruq chiqardi. Mahalliy aholi ingliz missioner ayoli o‘ldirilgan ko‘chadan boshdan-oxir qurbaqaga o‘xshab emaklab o‘tishga majbur qilindi. Kim bu tartibni buzsa, otib tashlandi. Bu davrning xarakterli xususiyatlaridan biri Musulmonlar ligasi bilan Milliy kongressning yaqinlashuvi bo‘ldi. 1919—1922-yillardagi ozodlik harakatlariga Kalkutta jut korxonalari ishchilari, Bombey to‘qimachilari, Madras ishchilari, Jamshedpur temir yo‘lchilari qo‘shildilar. Bu harakatlarning bir qismi oz bo‘lsa-da, g‘alabaga olib keldi. Bombey to‘qimachilarining ish kuni 12 soatdan 10 soatga tushirildi. Metallurglarning mukofot haqi 15—20 foizga oshirildi. 1920-yil oxirida Umum Hindiston kasaba uyushmalari kongressi tashkil etildi. 1922-yil noyabrda Umum Hindiston kasaba uyushmalari kongressining 2-syezdi bo‘lib o‘tdi. Syezd Buyuk Britaniya shahzodasi Uelsning kelishiga 80 ming kishilik «qo‘zg‘alondan ham kuchliroq» namoyish uyushtirdi. Oradan ko‘p o‘tmay Milliy kongress kuch ishlatmasdan qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatdi. Bunga sabab Chauri-Chauradagi voqealar edi. Chunki bu yerda politsiya dehqonlarni ommaviy o‘qqa tutdi, dehqonlar ham bir necha politsiyachini o‘ldirdilar. Bombey va Garaxpurdagi vahshiyliklar takrorlanmasligi uchun Gandi harakatni to‘xtatishga ko‘rsatma berdi.

1. Novaya istoriya stran Evropы i Ameriki. Pervыy period. Pod red. E.E.YUrovskoy i I.M. Krivoguza M., Vыsshaya shkola 1998.
2. Novaya istoriya stran Evropы i Ameriki. Vtoroy period. Pod red. E.E.YUrovskoy i I.M.Krivoguza M., Vыsshaya shkola 1998.


Download 43,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish