OTS uning avzalligi va qo’llanish sohasi: Miqdoriy sitometriya –mikrobiologiya amaliyotida nisbatan yangi usul bo’lib mahsus anjomlar orqali dispersion muhitda tekshiruvlar olib boriladi. Sitometriya statistik va oquvchan bo’lishi mumkin .
Statistik sitometriyada tekshiruvlarda konfokal mikroskoplardan foydalaniladi; agar bunday mikroskoplar bo’lmasa, usul engil modifikastiya qilinib, orzonroq bo’lgan lyuminesstent mikroskopdan foydalanilib tekshiruvlarni o’tkazish mumkin , ya’ni tekshirilayotgan substanstiyalarga monoklonal flyuroxrom bilan nishonlangan antitelalar qo’shiladi va lyuminesstent mikroskopdako’rilgandaizlanilayotgan hujayralarfluoresstennurtarqatadi.
Oquvchistitometriyadabushundayusulki, tekshiruvdispersion substanstiyalar tarkibidagi dispersfazada hujayralarni rejim asosida bittadan zarrani (chastist) o’tishiga asoslangan. Bu hujayralar flyuroxrom, radio aktiv moddalar bilan nishonlangan maxsus antitelalar biriktirib olganligi tufayli fluoresstenstiya nurida yoki radioaktiv moddalarni maxsus uch yochik sanaydi. Har ikkala miqdoriy sitometriya usullari amaliy medistina va biologiyada juda keng qo’llanilmoqda. Usulning nomlanishi ham o’tkazilayotgan jarayonni maqsadini ko’rsatadi, ya’ni bir xil biologik zarralarning oqim bilan o’tishidir. Oqimli sitometriya usuli ma’lum zarralarning maxsus eksperiment tekshiruvlarda ularning o’lchamini va miqdorini aniqlash asosida yaratilgan.
Zamonaviy oqimli sitometriya usulida ikki xil tipdagi apparatlar qo’llaniladi:
Birinchi tipida fluoresstenstiyani aniqlashda ikki ( va ko’proq) to’lqin uzunligi va yorug’likni burchak ostida 10 va 900tarqalishini aniqlovchi apparat ishlatiladi. Bu tipdagi apparatlar qo’llanilishini oddiyligi bilan ajralib turadi.
ikkinchi tiplari esa ko’p tarkibli hujayra aralashmalari, beshdan ko’proq parametrlarni, tekshirilayotgan yadro yoki zaralarni, hamda ma’lum parametrga ega bo’lgan hujayralarni ajratib aniqlash mumkin .
Hozirgi kunda qo’llanilayotgan zamonoviy oqimli sitometriya usullari juda murakkab va turli xil parametlarga ega , Shuning uchun ularni bitta sistematikaga solish birmuncha qiyinchiliklar tug’diradi, shu bilan bir qatorda bu usulning umumiy xususiyati turli hamma priborlar uchun bir xildir:
Sitometriya tahlillarini qilish uchun har qanday aparatt ipi uchun ma’lum tipdagi gamogen hujayra suspenziyasi zarur;
tekshirilayotgan hujayra , zarra va yadrolar miqdori tekshirish uchun yetarli bo’lishi zarur;
tekshirish davrida hujayralarni bir-biriga yopishib qolmasligi uchun, tekshiruvchi tekshiruv o’tkazish haqida to’liq informastiyaga ega bo’lishi va qo’l ostida tekshiruv o’tkazish instrukstiyasi bo’lishi kerak.
T ekshiruv jarayonida o’rganilayotgan biologik na’muna hujayralardan tayyorlaniladi:
qondan;
suyak ko’migidan;
orqa miya suyuqlig’i (likvor);
sinovial (bo’g’in) suyuqlig’i;
plevral suyuqlig’i;
peritoneal (asstitik) suyuqlik, qorin bo’shlig’ida asstit kuzatilganda;
o’sma va sog’lom to’qimalar.
63-rasm.T-sitometriya apparatida ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |