1. Laboratoriya ishining maqsadi
Talabalarga mikroorganizmlarni morfologiyasi o’rganish maqsadida bakterioskopik usulning ahamiyatini o’rgatish. Mikroskopda ishlash tartib-qoidalari va mikrobiologik amaliyotda immersion sistema bilan mikroskopda ishlash tartiblari bilan talabalarni tanishtirish. bakteriyalardan surtma tayyorlash texnikasi, uni oddiy usulda bo’yab ko’rishni o’rgatish. Sharsimon bakteriyalar morfologiyasini mikroskopda ko’rib, o’rganib, ularni bir-biridan joylashishi bo’yicha ajrata olish prinsiplari bilan talabalarni tanishtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |