IFAning bilvosita usuli (53-rasm B). Bu reaksiyaning bevosita usuldan farqi antitela adsorbstiya qilingan (polisterolplanshetka) izlanilayotgan Ag bo’lishi ehtimoli bor qon zardobi qo’shiladi. Agar izlanilayotgan zardobda atigen bo’lsa antitela bilan birikadi va uning ustigadiognostik qon zardobi qo’shiladi, inkubastiya qilingandan kiyin uni ko’p marotaba yuvib tashlanadi. Ikkinchi bosqichida maxsus antitelani ferment bilan nishonlangan varianti (kon’yugat) qo’shiladi. Agar izlanilayotgan zardobda antigen bo’lsa ferment bilan nishonlangan kon’yugat antiglobulin antitela bilan birikadi va substrat xromogen qo’shilganda rangi o’zgaradi. Bog’langan kon’yugatning miqdori tekshirilayotgan namunadagi At yoki Ag miqdoriga to’g’ri proporstional.
1. Immunsorbent chuqurchalarga OITV 1-kon’yugatidan ishchi dozasida 0,25mkl tomiziladi. so’ng raplanshetka chuqurchasiga 0,75 mkl nazorat na’munasidan ( K+, K- ) qo’shiladi. Nazorat na’munalarini ishlatish qo’llanilayotgan striplarni soniga bog’liq bo’lganligi uchun quyidagi sxemani qo’llash mumkin :
Masalan, agar IFA 2 ta stripda qo’yilayotgan bo’lsa, stripni A-1 va A-2chuqurchalariga mikrodozator yordamida 0,75 mkl K+, va 2 tachuqurchagaV-1 va V-2 ga esa 0,75 mkl K-nazorat na’munalaridan tomiziladi. Qolgan chuqurchalarga 0,75 mkl tekshirilayotgan qon zardob na’munasidan tomiziladi. Chuqurchadagi ingridentlar yaxshilab aralashtiriladi (planshetkani qirrasini sekin – sekin urish bilan ). Planshet qopqog’i berkitilib 37º S 60 minut saqlanadi.
2. Planshetdagi ingridenlarvosher (planshetniyuvish moslamasi) yordamida olinib dezinfekstiyalovchi suyuqlik bor idishga to’kiladi, planshet 4 marotaba yuvuvchi ishchi eritma bilan yuviladi. Har biryuvishda 40 sekund eritmada ushlab turiladi va dezinfekstiyalovchi suyuqlik bor idishga to’kiladi.
3. Hamma strip chuqurchalariga 100 mkl kon’yugat-2 ni ishchi dozasida mikropipetka yordamida tomiziladi. Planshet qopqog’i berkitilib 37º S 30 min saqlanadi.
4. Planshetdagi ingridientlar vosher (planshetni yuvish moslamasi) yordamida olinib dezinfekstiyalovchi suyuqlik bor idishga to’kiladi, planshet 4 marotaba yuvuvchi ishchi rastvorda yuviladi (2 p. o’xshash).