Kafedra: Bolalar kasalliklari propedevtikasi Fan: Bolalar kasalliklari prepodevtikasi Mustaqil ish Mavzu: Bolalarda pastki nafas yo'llarining anatamo-fiziologik xususiyatlari Bajardi: Davolash 305-C Muhammadjonova E'zoza Tekshirdi: Karimova Nargiza Anvarovna Nafas organlari takomillashuvi Gestatsiyaning 4 – haftalaridan boshlab nafas tizimining morfogenezi boshlanadi . Boshida o`pka qalin stromali ekzokrin bezdan iborat bo`lib, ichida epiteliy bilan qoplangan va deyarli to`ldirilgan tor yo`laklar bilan tizilgan. Epiteliy siliar to`qimasiga aylanadi, Klar sekretor hujayralari, neyroendokrin hujayralari, 16 – haftadan shilliq bezlar, tog`ay, diafragma hosil bo`ladi. 16 haftalikdan 26 -28 haftalikkacha epiteliy o`sishi mezenxima rivojlanishidan ustunlik qiladi, o`pka atsinuslari strukturasi shakllanishi davom etib, terminal nafas yo`llari vujudga keladi. Gestatsiyaning 32 haftalarida etilgan o`pka shakllanadi. Bezli bosqich: xomila rivojlanishining 5- haftasidan 4- oyigacha bronxial daraxt shakllanadi. Kanalikulyar bosqich: xomila rivojlanishining 4-6 oyida respirator bronxiola paydo bo`lishi bilan yakunlanadi. Alveolyar bosqich: xomila rivojlanishining 6-oyidan 8 yoshgacha alveolyar yo`l va alveolalarning asosiy qismi rivojlanadi. 4 oylik homilada nafas yo`llari xuddi kattalarniki bilan bir xil ko`rinishda bo`ladi. Alveolalar rivojlanishi postnatal davrda ro`y beradi. Alveolalar soni homila rivojlanishining 6 oyidan boshlab bola tug`ilganicha 24 mln ni tashkil etadi .Tug`ilganda homilada taxminan 60 mln birlamchi alveolalar mavjud bo`lib, ularning soni birinchi ikki yilda jadal suratda ko`payadi, keyin sekinlashadi, 8-12 yoshda 375 mln ga etadi (kattalarniki kabi). Surfaktant — fosfolipidlar, oqsillar (SP-A, SP-B, SP-C) va uglevodlardan tashkil etgan emulsiya bo`lib, homilaning 30 haftalik gestatsiya davridanoq aniqlanadi. Tug`ilguncha o`pkalarning ichida xloridlar, kaliy, natriy va oqsillardan tashkil topgan suyuqlik bilan to`lgan bo`ladi. Tug`ilgandan so`ng o`pkada kam miqdordagi o`pka suyuqligi bo`lib, qon va limfatik kapillyarlar orqali tezda so`riladi. Homilalik davrining 18-haftasiga kelib nafas harakatlari kuzatiladi bu esa amniotik suyuqligining o`pkaga borishi va qaytishini ta`minlaydi Pastki nafas organlariga bronxiolalar va o'pka to'qimasi kiradi. Ko'krak qafasining o'ziga xosligi Chaqaloqlarda ko`krak qafasi bochkasimon: sagittal o`lchami ko`ndalang o`lchami bilan deyarli teng. Qovurg`a umurtqa bilan ko`proq gorizontal birikadi (deyarli to`g`ri burchak ostida). Epigastral burchak o`tmas. Nafas mushaklari kuchsiz, yuzaki, chaqaloq va 1 oylik bolalarda ayniqsa diafragmal nafas olish xarakterli. Ulg`aygan sari old orqa ko`lami kamayadi, ko`krak qafasining ko`ndalang kesimi oval bo`ladi. Uning frontal razmeri oshadi, sagittal — nisbatan kamayadi, qovurg`alar egriligi oshadi, epigastral burchak o`tkirroq bo`ladi. O`pka to`qimasida elastik strukturasi rivojlanadi, ventilyasiya effektivligi oshadi. Erta yoshdagi bolalarda va chaqaloqlarda atelektaz va pnevmoniya bo`lish xavfi yuqori. Bronxlarning o'ziga xosligi Tug`ilgan vaqtda shakllanadi. Bronxlar asosi — tog`ayli yarimhalqalar fibroz parda bilan birikkan. Traxeya o`ng va chap asosiy bronxlarga ajraladi. O`ng asosiy bronx chapiga qaraganda traxeya bilan kichikroq burchakni tashkil etadi. Bronx va bronxiolalar shilliq qavati mayin, qon tomirga boy, yupqa shilliq bilan qoplangan, shilliq evakuatsiyasi taminlovchi silindrik kipriksimon ko`p qatorli epiteliy bilan o`ralgan.Chaqaloqlarda silliq mushaklari kam Kuzatilishi mumkin bo'lgan hodisalar: Tashqi tomondan bosish qulayligi.Aspiratsiya vaqtida yot jism ko`pincha o`ng bronxga tushadi. Bolalarda mushak va elastik to`qima kam rivojlanganligi tufayli bronxospazm fenomeni kamroq aniqlanadi; Bronxial obstruksiya asosan shilliq qavatining shishishi va yopishqoq balg`am hosil bo`lishi bilan bog`liq O'pkaning o'ziga xosligi Kattarnikiga o`xshash segmentar tuzilgan, biroq atsinuslari etarlicha rivojlanmagan. Biriktiruvchi to`qimaga boy, ko`plab qon tomirlarga ega, elastik to`qima kuchsiz rivojlangan. Kichik bolaning o`pkasi kattalarnikiga qaraganda havoliligi past, ammo qon bilan ta`minlanganligi yuqori. Letsitin kamligi sababli surfaktant etishmovchiligi kuzatiladi (yetilmagan o`pka) Kuzatilishi mumkin : Obstruksiya va atelektaz tez rivojlanadi. Surfaktant yetishmovchiligi— muddatiga yetmay tug`ilgan chaqaloqlarda o`pkani burmalarining yozilmasligining asosiy sababidir. E'tiboringiz uchun rahmat !
Do'stlaringiz bilan baham: |