Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Kafedra: Bolalar kasalliklari propedevtikasi



Download 1,12 Mb.
Sana08.07.2022
Hajmi1,12 Mb.
#756681
Bog'liq
BKP

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Kafedra: Bolalar kasalliklari propedevtikasi

Fan: Bolalar kasalliklari prepodevtikasi

Mustaqil ish

Mavzu: Bolalarda pastki nafas yo'llarining anatamo-fiziologik xususiyatlari

Bajardi: Davolash 305-C Muhammadjonova E'zoza

Tekshirdi: Karimova Nargiza Anvarovna

Nafas organlari takomillashuvi

Gestatsiyaning 4 – haftalaridan boshlab nafas tizimining morfogenezi boshlanadi . Boshida o`pka qalin stromali ekzokrin bezdan iborat bo`lib, ichida epiteliy bilan qoplangan va deyarli to`ldirilgan tor yo`laklar bilan tizilgan. Epiteliy siliar to`qimasiga aylanadi, Klar sekretor hujayralari, neyroendokrin hujayralari, 16 – haftadan shilliq bezlar, tog`ay, diafragma hosil bo`ladi. 16 haftalikdan 26 -28 haftalikkacha epiteliy o`sishi mezenxima rivojlanishidan ustunlik qiladi, o`pka atsinuslari strukturasi shakllanishi davom etib, terminal nafas yo`llari vujudga keladi. Gestatsiyaning 32 haftalarida etilgan o`pka shakllanadi.

O`pkaning rivojlanishida quyidagi bosqichlar ajratiladi

Bezli bosqich: xomila rivojlanishining 5- haftasidan 4- oyigacha bronxial daraxt shakllanadi.

Kanalikulyar bosqich: xomila rivojlanishining 4-6 oyida respirator bronxiola paydo bo`lishi bilan yakunlanadi.

Alveolyar bosqich: xomila rivojlanishining 6-oyidan 8 yoshgacha alveolyar yo`l va alveolalarning asosiy qismi rivojlanadi.

4 oylik homilada nafas yo`llari xuddi kattalarniki bilan bir xil ko`rinishda bo`ladi. Alveolalar rivojlanishi postnatal davrda ro`y beradi. Alveolalar soni homila rivojlanishining 6 oyidan boshlab bola tug`ilganicha 24 mln ni tashkil etadi .Tug`ilganda homilada taxminan 60 mln birlamchi alveolalar mavjud bo`lib, ularning soni birinchi ikki yilda jadal suratda ko`payadi, keyin sekinlashadi, 8-12 yoshda 375 mln ga etadi (kattalarniki kabi).

Surfaktant — fosfolipidlar, oqsillar (SP-A, SP-B, SP-C) va uglevodlardan tashkil etgan emulsiya bo`lib, homilaning 30 haftalik gestatsiya davridanoq aniqlanadi. Tug`ilguncha o`pkalarning ichida xloridlar, kaliy, natriy va oqsillardan tashkil topgan suyuqlik bilan to`lgan bo`ladi. Tug`ilgandan so`ng o`pkada kam miqdordagi o`pka suyuqligi bo`lib, qon va limfatik kapillyarlar orqali tezda so`riladi.

Homilalik davrining 18-haftasiga kelib nafas harakatlari kuzatiladi bu esa amniotik suyuqligining o`pkaga borishi va qaytishini ta`minlaydi

Pastki nafas organlariga bronxiolalar va o'pka to'qimasi kiradi.

Ko'krak qafasining o'ziga xosligi

Chaqaloqlarda ko`krak qafasi bochkasimon: sagittal o`lchami ko`ndalang o`lchami bilan deyarli teng. Qovurg`a umurtqa bilan ko`proq gorizontal birikadi (deyarli to`g`ri burchak ostida). Epigastral burchak o`tmas. Nafas mushaklari kuchsiz, yuzaki, chaqaloq va 1 oylik bolalarda ayniqsa diafragmal nafas olish xarakterli.

Ulg`aygan sari old orqa ko`lami kamayadi, ko`krak qafasining ko`ndalang kesimi oval bo`ladi. Uning frontal razmeri oshadi, sagittal — nisbatan kamayadi, qovurg`alar egriligi oshadi, epigastral burchak o`tkirroq bo`ladi. O`pka to`qimasida elastik strukturasi rivojlanadi, ventilyasiya effektivligi oshadi.

Erta yoshdagi bolalarda va chaqaloqlarda atelektaz va pnevmoniya bo`lish xavfi yuqori.

Bronxlarning o'ziga xosligi

Tug`ilgan vaqtda shakllanadi. Bronxlar asosi — tog`ayli yarimhalqalar fibroz parda bilan birikkan. Traxeya o`ng va chap asosiy bronxlarga ajraladi. O`ng asosiy bronx chapiga qaraganda traxeya bilan kichikroq burchakni tashkil etadi. Bronx va bronxiolalar shilliq qavati mayin, qon tomirga boy, yupqa shilliq bilan qoplangan, shilliq evakuatsiyasi taminlovchi silindrik kipriksimon ko`p qatorli epiteliy bilan o`ralgan.Chaqaloqlarda silliq mushaklari kam

Kuzatilishi mumkin bo'lgan hodisalar:

Tashqi tomondan bosish qulayligi.Aspiratsiya vaqtida yot jism ko`pincha o`ng bronxga tushadi.

Bolalarda mushak va elastik to`qima kam rivojlanganligi tufayli bronxospazm fenomeni kamroq aniqlanadi; Bronxial obstruksiya asosan shilliq qavatining shishishi va yopishqoq balg`am hosil bo`lishi bilan bog`liq

O'pkaning o'ziga xosligi

Kattarnikiga o`xshash segmentar tuzilgan, biroq atsinuslari etarlicha rivojlanmagan. Biriktiruvchi to`qimaga boy, ko`plab qon tomirlarga ega, elastik to`qima kuchsiz rivojlangan. Kichik bolaning o`pkasi kattalarnikiga qaraganda havoliligi past, ammo qon bilan ta`minlanganligi yuqori. Letsitin kamligi sababli surfaktant etishmovchiligi kuzatiladi (yetilmagan o`pka)

Kuzatilishi mumkin :

Obstruksiya va atelektaz tez rivojlanadi. Surfaktant yetishmovchiligi— muddatiga yetmay tug`ilgan chaqaloqlarda o`pkani burmalarining yozilmasligining asosiy sababidir.

E'tiboringiz uchun rahmat !


Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish