Toshkent tibbiyot akademiyasi Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi



Download 67,5 Kb.
Sana07.04.2017
Hajmi67,5 Kb.
#6195
Toshkent tibbiyot akademiyasi


  1. Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi.


Iqtisodiyot nazariyasi fani.
Mavzu: - 1: Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish uslublari.

Mavzu .Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish uslublari

Reja:

1 . Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi

2. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari

3. Iqtisodiy tushunchalar va kategoriyalar(ilmiy tushunchalar)

4. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning uslublari

5. Ijtimoiy- iqtisodiy extiyojlar



Adabiyotlar

1 . Karimov I A . O‘zbekistan iqtisodiy isloxatlarni chuqurlashtirish yo‘lida. T.1995

2. Karimov I A . Erishgan yutuqlarni mustaxkamlab isloxatlar yo‘lida izchil borish - asosiy vazifamiz. 7/11-2004 V.M yig‘ilishidagi maruzasi " Xalq so‘zi" 10/11-2004

3. "Xalqso‘zi" 19/11-2005 . Vazirlar maxqamasi 18/11- 2005 yig‘ilishidagi ma'ruzada

4. Karimov I A . Inson, uning xuquqi va erqishshklari xamda manfatlari-eng oliy qadriyat. O‘zbekiston respublikasi prezidenti I. A .Karimovning O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 13 yilligiga bag‘ishlangan marosimda 2005-yil 7-dekabrda so‘zlagan maruzasi "Xalq so‘zi" 8-dekabr 2005 yil.

5. "Iqtisodiyot nazariyasi " Umarov .N raxbarligida. 2002 yil . 1-bob

6. Iqtisodiyot nazariyasi (oliy o‘quvyurtlari uchun) Xoshimov raxbarligida 2003 yil 1 bob 2,3.

7. Sh Shodmonov, R Alimov, T Jo‘raev "Iqtisodiyot nazariyasi" T. 2002 yil 1 bob

8. N.Beknazarov. “Iqtisodiyot nazariyasi” . Darslik T.2005 1-bob.

9. O‘lmasov A. “Iqtisodiyot nazariyasi” Darslik. T.2005 1,2, bob.

1. IQTISODIYoT NAZARIYaSINING FAN SIFATIDA ShAKLLANIShI

Insoniyat xayoti va uning taraqqiyoti juda murakab, ko‘p qirrani va g‘oyat chigal muommolarga boydir

U kishilarning moddiy ne'matlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, fan madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni boshqarishdagi, nixoyat, oiladagi va boshqa soxalardagi faoliyat tularini borgan sari ko‘payib borishidan, ularning o‘zgarib turishidan iborat. Kishilar yashashlari siyosat san'at adabiyot, fan , ma'rifat , madaniyat ta'lim bilan shug‘ullanishlari uchun xayotiy ne'matlarni istemol qilishlari kerak.

Buning uchun esa oziq-ovqat , kiyim- kechak, uy-joyva boshqa turli xizmatlardan iborat xayotiy vositalar kerak bo‘ladi. Xar bir kishi o‘zining xayotida bir qancha, ya'ni xayotiy extiyojlari — kiyim-kechak, oziq -ovqat , uy- ro‘zg‘or jixozlariga ega bo‘lish, bilim olish kabi extiyojlar uchun zarur bo‘lgan kup daromadlarni qaerdan, nima xisobiga topish kerak degan muommolarga duch keladi. Bu muommolarni yechish maqsadida kishilar turli yo‘nalishlarda, soxalarda faoliyat ko‘rsatadilar.

Insoniyatning mavjud bo‘lishini va uning taraqqiyotini ta'minlaydigan asosiy faoliyat moddiy va manaviy ne'matlarni yaratish xamda xizmat ko‘satish xisoblanadi. -Istemol tovarlari va xizmat ko‘rsatish soxalari tuli-tuman bo‘lganligi uchun iqtisodiy faoliyat xam turlicha bo‘ladi ularning turi av soni juda ko‘pdir.

Iqtisodiy faoliyat nima? Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan xayotiy vositalarni ishlab chiqarish va istemolchilarga yetqazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqliqda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlarni yaxlit qilib, bir so‘z bilan iqtisodiy faoliyat deb ataladi (iqtisodiyot deb ataladi) Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko‘zga ko‘ringan olimlari-Ksenofat, Platon , Aristotel asarlarida , shuningdek qadimgi Misr, Xitoy, Xindiston va Markaziy Osiyo donishmandlarining asrlarida aks ettirilgan.

Ming yillar osha bizga yetib kelgan muqaddas KUR'ONI KARIM, Xadislar, Qobusnoma singari noyob manbalar , buyuk ota bobolarimiz Abu Ali ibn Sino, Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Yusuf Xos Xojib , Amir Temur asarlarida insonning yashashi uchun tabiat exsonlari yetarli emasligi, ularni ko‘paytirish uchun esa ijodiy mexnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilgandir. Muximi bu manbalarda xech ir inson o‘zi uchun zarur o‘lgan

istemol buyumlarining xammasini yakka o‘zi yarata olmasligi shuning uchun doimo iqtisodiy aloqada, munosaatda bo‘lishi ob'ektiv zaruriyat ekanligi aloxida qayd qilinganligidadir.

Bundan tashqari , ko‘rsatilgan obidalarda xo‘jaliklarning xamma turi(uy, shaxar, davlat) da daromad bilan xarajat muvozanatiga katta etibor berilishi lozimligi ta'kidlangan, pulning moxiyati va uningo kelib chiqishi sabablari ochib berilgan. Lekin, Aristoteldan boshlab butun dunyoning, shuningdek Urta Osiyoning ko‘pgina olimlari iqtisodiyotni izchil o‘rganish asosida, uning ko‘pgina qonun-qoidalarini , tushunchalarini yeritib bergan bo‘lsalar xam , xali iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanmagan edi.

Fan ya'ni , iqtisodiy tizmning moxiyati , maqsadi va vazifalari to‘g‘risidagi ilmiy bilim sifatida iqtisodiy nazariya XVI-XVII asrlarda yuzaga keldi. Bu kapitalizmning shakllanishi manufakturaningyuzaga kelishi , ijtimoiy mexnat taqsimotining chuqurlashuvi, ichki va tashqi bozorlarning kengayishi, pul muomalasining intensiv lashuvi davridir. Ya'ni, iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko‘pgina mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va shaxar bozori vujudga kelayotgan davrlarda "siyosiy iqtisod" nomi bilan shakllana boshladi.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining shaklanish jarayonida bir qancha g‘oyaviy olimlar vujudga kelgan .Unda jamiyat boyligining manbai nima, u qaerda va qanday qilib ko‘payadi, degan savolga javob topishga urinishgan. Iqtisodiyot nazariyasi fanining shakllanishi va rivojlanishini birinchi bosqichi bu merqantilizmning yuzaga kelishidir. (merkantov-savdogar, savdo qiluvchi ma'nosini ifodalovchi so‘zdan kelib chiqqan) Bu oqim tarafdorlari kishilarning , jamiyatning boyligi puldan , oltindan iborat. Boylik savdoda,asosan, tashqi savdo jarayonida paydo bo‘ladi, ko‘payadi. Savdoda band bo‘lgan mexnat unumli mexnat, boshqa mexnatlar esa unumsizlir, deb xisoblashgan. Shuning uchun merkantelizm tarafdorlari davlat sanoati, ish xaqi va boshqa resurslar xarajatlarini kamaytirib "eksport qilishni ko‘paytirish uchun zarur chora choralar ko‘rish kerak " degan g‘oyani ilgari surishgan. Ingliz iqtisodchilaridan U .Stofford, T .Kan, A . Serra, fransuz iqtisodchisi Sh . B Kolber kabilar shu maqtabning tarafdorlari xisoblanadi.

Keiinchalik ,ayirboshlash , ya'ni savdo jarayonida xech –qanday bo‘shliq yaratilmasligi, qiymatning ko‘paymasligi ma'lum bo‘lib qoldi. Faqat ayirboshlashning ekvivalentli tartibi ya'ni teng mexnnatga teng boylik muozanati buzilgan takdirda boylik birovlar foydasiga qayta taksimlanadi.

Natijada kimdir boyib, KIMDIRXONAVAYRON BULIB KOLADI. Meriantalistlarda- savdogarlar vakillari bulib, ularni manfaatlarini ximoya kiladi.

Keyingi oqim "fizokratlar"deb atalganlar (fizokratiya greqcha tabiat xukumdorligini bildiradi). Ular merkatalistlardan farkili ularok,boylikni kishlok xujaligida yaratiladi va ko‘paytiriladi. degan g‘oyani ilgari suradilar.Ularning vakillari bulmish F.Kvant tomonidan mashxur jadval shlab chiqaridi. . Bu oqim yirik yer egalari manfatlarini ximoya kiluvchilar bulib maydonga keladilar.

Keyinchalik iktisodyot fanining klassik maktabi namoyondalari bo‘lmish A. Smit, U. Petri, D. Rikadro kabi atokli iktisodchi olimlar boylik faqatgina qishlok xo‘jaligida emas , shu bilan birga sanoat, trasport, kurilish va boshka xizmat kursatish soxalarida xam yaratilishini isbotlab berdilar va xamma boylikning onasi yer, otasi mexnatdegan ilmiy xulosaga keldilar.Klassik siyosiy iktisodningyirik xatosi xujaliq xayotida davlat rolini inkor kilishlik edi.

XIX ASRNINGikkinchi yarmidan boshlab "marginalizm" deb ataladigan oqim shaklana boshladi (inglizcha tarjimasi chegaraviy). UNING ASOSChILARI Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandalari (Karl Menger, Fridrix fon Vizer, Bem Bavrek va boshkalar) bo‘lib, ular, tomonidan ko‘shilgan tovar nafliligining, ko‘shilgan mexnat yoki resurs unumdorligining pasayib borish qonuni degan nazaryani ishlab chikdilar .

Xozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muxim yo‘nalishlaridan biri monetorizm deb ataladi. Uning asoschilaridan biri Amerikalik iqtisodchi Milton Fridmen bo‘lib uning tadkiqotlari negizida iqtisodiyotni barqoror qilishda, pul omili asosiy rol o‘ynaydi degan g‘oya yotadi.

Xozirgi paytda marjinalizm monetorizm, keyinchalik va boshqa qator yo‘nalishdagi iqtisodchi ta'limotlari majmui "EKONOMIKS" (iqtisod) nomli kitobda mujassamlangan bo‘lib , u AQSh, Angliya va boshqa qator mamlakatlarda darslik sifatida
o‘tiladi. Rus tiliga tarjima qilingan va bizga mavxum bo‘lgan P.Somuelson, R. Makkonel,
Bryularning kabi iqtisodchilarning asarlari uning na'munalaridandir. Shunday qilib
iqtisodiyot nazariyasi fani politichiskaya ekonomika (siyosiy iqtisod) keyin esa ekonomiks nomi bilan yuritila boshlandi. Xozirgi paytda bu fan yurtimizda va boshqa bir qancha MDX davlatlarida " Iqtisodiyot nazariyasi" deb atala boshlandi.

Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanguncha bosib o‘tgan yo‘llar vujudga kelgan g‘oyalar, oqimlar juda murakkab , ko‘pincha bir-biriga zid va qarama-qarshidir. Shunday bo‘lsada ular bir-birini to‘ldiradi. Iqtisodiy jarayonlar va xodisalarning ichki ziddiyatlarini , qonuniyatlarini ma'lum darajada umumlashtirib ifodalaydi, xamda yaxlit fan sifatida o‘rganiladi. Shuning uchun ularni bilish va vatvnimiz iqtisodiy ravnaqi yo‘lida ulardan foydalanish zarurdir.




2. Iktisodyot nazariyasi fanining pridmeti.

Iktisodyot nizariyasi fani ijtimoiy fan bo‘lib, falsafa, sotsiologiya, psixologiya, xukuk, siyosatshunoslik, tarix kabi ijtimoiy fanlar bilan chambarchas bog‘likdir. Ulardan uslubiy va ilmsiy ozuqa oladi va ularga xam manba bo‘lib xizmat kiladi. Iktisodyot nazaryasi fanining predmetini aniklashni turli nazariy qarashlarni o‘rganib, sintez qilishdan boshlansa ma'qul buladi.

Iktisodyot nazariyasi fanining predmeti nima? Bu fan asosan nimani tadqiq qilib, nimani o‘rganadi? degan savolning yechimi juda murakkab bo‘lib, bu xaqda o‘tmishda va xozirgi davrda turli fikrlar bildirib kelinmokda. Masalan : Aristotel bu fannni uy xo‘jaligini boshqarish to‘grisidagi fan deb qaragan bo‘lsa, merkantalistlar, fizokratlar va ingliz klassik maktabining vakillari sni boylik to‘g‘risidagi fan xisoblanadi.Fanning predmeti boylikning manbalari, uni ko‘paytirish yullari xamda jamiyat ne'matlarini ishlab chikarish, taksimlash. AYIRBOShLASh VA ISTeMOL KILISh jarayonini o‘rganishdan iborat deb karaladi.

Keyigi paytda mazkur fanni xalk xujaligi, ijtimoiy xujalik tugrisidagi fan deb xam xisoblanmoqdalar. Ayrimlar iqtisodyot asoslari fanini moddiy xayotiy vositalarini ishlab chiqarish va ayriboshlashni boshqarish qonunlari to‘g‘risidagi fan deb ko‘rsatadi.

A. Mershual esa iktisodyot nazariyasi fanining pridmeti insoniyat , jamiyatning me'yoridagi xayotiy moxiyatini tatqiq qilishdan iborat deb yozadi.

Iqtisodyot nizaryasi fani siyosiy iqtisodyot nomi bilan yuritilgan davrda qator darsliklarda uning predmeti moddiy nematlarni ishlab chiqarish jarayoni kishilar o‘rtasida sodir bo‘ladigan munosabatlarni o‘rganishdan iboratdeb ko‘rsatilgan edi.

AQSh va g‘arb mamlakatlaridan kirib kelgan "ekonomiks” darsliklarida fanning predmeti kishilarning moddiy extiyojini to‘laroq kondirish maksadida cheklangan resurslarda samaradorli foydalanish muommolarini taxlil kilish, kishilarning iqtisodiy xulq –atvorini o‘rganishdan iborat deb takidlanadi.

Xamdo‘stliq davlatlari va , xususan Rossiya Federatsiyasida chiqarilayotgan turli darsliklarda mazkur fanning predmeti bo‘yicha bir -biriga yaqin bo‘lgan ta'riflar berilmoqda. Ularning birida fanning predmeti " Ratsional xo‘jalik yuritish tizimining tarkibiy evolyusiyasini, xaqiqiy boylikni va jamiyatning ayrim a'zolari va guruxlarining faravonligi, iqtisodiy o‘sishning omillari qonuniyatlarini o‘rganadi" deb ko‘satilsa , boshqasida cheklangan resurslar sharoitida extiyojlarni qondirish maqsadida moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, ayriboshlash, taqsimlash va iste'mol qilish jarayonlarida kishilar va guruxlarning xulq-atvorlarini o‘rganadi, deyiladi. Uchinchi boshqa bir kitobda iqtisod nazariyasi fanining predmeti- cheklangan resurslar dunyosida ne'matlarni ishlab chiqarishdagi kishilarning xulq-atvori va uni boshqarishni o‘rganishdan iborat, deb ta'kidlanadi.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti to‘g‘risida bildirilgan bu barcha fikrlardan ko‘rinib turibdiki, siyosiy iqtisodiyotga doyr darsliklarda ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida sodir bo‘ladigan munosabatlarni o‘rganishga aloxida ustivorlik berilsa, " ekanomiks" yo‘nalishidagi kitoblarda asosan kishilarning resurlarga, moddiy ashyoviy buyumlarga bo‘lgan munosabatini , xatta-xarakatini o‘rganishga, cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanish masalalariga aloxida e'tibor berilgan.

Iqtisodiyot nazariyasi fani masalaga bir tomonlama yondashuvga yo‘l qo‘ymasdan xar ikkala yo‘nalishdagi iqtisodiy fanlar predmet doirasini qamrab olishi va ularni yaxlitlikda o‘rganish lozim.

Mana shularni xisobga olib , iqtisodiyot nazariyasi faninig predmeti-iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz extiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne'matlarni ( va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va istemol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o‘rganishdan iborat.

Fanning predmeti uning vazifalarida yanada oydinroq qo‘rinadi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifasini ikki tomondan, ya'ni , xam amaliy xam

nazariy tomondan tushuntirish mumkin.

Fanning amaliy vazifasi cheklangan resurslardan samarali foydalanib, ularning xar birligi evaziga qo‘proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni ta'minlash xar bir faoliyat turlari bo‘yicha xarajatlar mikdori bilan erishilgan samara, ya'ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash , resurslarni unumliroq foydalanish yo‘llarini topishga qaratiladi. Bu vazifa yaratilgan nazariyalar va ilmiy qarashlarni real xayotga joriy qilib borishni xam o‘z ichiga, qamrab oladi.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi esa yeng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir. Shundan qyelib chiqadiki, bu fan iqtisodiy jarayonlar va xodisalarning moxiyatini, iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy tushunchalarning mazmunini yoritib ilmiy bilish vazifasini bajaradi.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining qayd qilingan amaliy va nazariy vazifalari bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Amaliy iqtisodiyot bilimga ega bo‘lishni, u bilan qurollanish zaruriyatini taqazo etadi. Nazariy bilim esa oldindan ko‘ra bilish va amaliy xaraqat yo‘lini to‘g‘ri belgilash imkonini beradi. Umuman olganda, iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlar, voqyea va xodisalar sirini bilishda ilmiy qo‘llanmadir.


3. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar.

Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy qonunlarni ham o‘rganadi. Bu fanning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiy qonunlarni bilish va uning mazmunini, amal qilish mexanizmini ochib berish xisoblanadi.

Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy xodisa va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab oqibat aloqalarini, ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. Iqtisodiy qonunlar obe'ktiv amal qilayotgan iqtisodiy voqyelikning umumlashgan nazariy ifdasi bo‘lib, u obe'ktiv reallikni ilmiy bilish na'munasidir, yoki uning inson ongidagi, in'ikosidir.

Iqtisodiy qonunlar ob'ektiv xarakterga ega bo‘lib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi, rivojlanishi va barxam topishi kishilarning ongiga , ularning xoxish idrokina bog‘liq emas. Ma'lum tarixiy davrlarda,ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasiga, mavjud iqtisodiy tizimning xarakteriga va shart sharoitiga moe keladigan iqtisodiy qonunlar vujudga keladi va amal qila boshlaydi . Lekin iqtisodiy qonunlar qishilarniing iqtisodiy faoliyatidan tashqarida , ulardan ajralgan xolda mavjud bo‘lmaydi, balqi aynan ularning faoliyati, hatti-xarakati , iqtisodiy hulq-atvori tufayli tarkib topadi va ular orqali namoyon bo‘ladi.Shuning uchun insonlar iqtisodiy qonunlarni mazmunini bilib, ularning talablarini xisobga olib, ulardan o‘zlarining amaliy faoliyatlarida foydalanishlari lozim bo‘ladi.

Bu iqtisodiy qonunlar talablariga zid xar qanday xatti xarakatlar kishilarning xoxish irodasidan qatiy nazar muqarrar ravishda xo‘jalik faoliyatida qiyinchilikarga, resurslar isrofgarchiligiga olib keladi.

Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan farq qiladi. Ularning farqi shundaki, tabiiy qonunlar doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy xaet qonunlari bo‘lib, tarixiydir va o‘zgaruvchandir, chunki u kishilarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib,kishilik jamiyati mavjud bo‘lganda paydo bo‘ladi va amal qiladi. (Jamiyatdagi barcha ishlab chiqarish va taqsimotga, ayirboshlash va istemolga bog‘liq bo‘lgan munosabatlar iqtisodiy qonunlar orqali boshqariladi va yo‘naltirib turiladi. Iqtisodiy qonunlar bilan mutafakkurlar tomonidan iqtisodiy tafaqkurning maxsuli sifatida ifoda etilib , unga amal qilish moxiyati, talablari aniqlab berildi. Iqtisodiy qonunlarning hammasi birgalikda jamiyat rivojlanishi iqtisodiy qonunlari tizimini tashkil etadi. Bu tizim o‘z ichiga turli gurux va ko‘rinishdagi qonunlarni oladi . Amal qilish davrini davomiyligiga qarab iqtisodiy qonunlar quyidagi guruxlarga bo‘linadi:

I. Umumiqtisodiy qonunlar-kishilik jamiyati rivojlanshining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan: vaqtni tejash qonuni , extiyojlarni o‘sib borish qonuni ,takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish m unosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar xarakteri va rivojlanishi darajasi mos kelish qonuni.

II . Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar -iqtisodiy jamiyat taraqqiyotining ma'lum bosqichlarida amal qiladi. Macalan: talab qonuni , taklif qonuni va qiymat qonuni tovar-pul munosabatlari mavjud bo‘lgan davrlarda mavjud bo‘ladi.

IV. Maxsus o‘ziga-xos iqtisodiy qonunlar-aloxida olingan iqtisodiy sharoitda amal qiladi.

Masalan : qo‘shimcha qiymat qonuni , mexnatga qarab taqsimlash qonuni.

Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiy jarayonlarning aloxida tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy kategoriyalarning (ilmiy tushunchalarni ) mazmunini xam ochib beradi.

Iqtisodiy kategoriyalar-doimo takrorlanib turadigan ,iqtisodiy jarayonlar va real xodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchadir.

Iqtisodiy kategoriyalar real iqtisodiy xodisalarning moxiyatini ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo‘lib, ilmiy tafakkur maxsulidir .

Ular nixoyatda ko‘p va xilma-xildir.

Masalan: Bozor, pul , tovar , kapital, ishchi kuchi , iqtisodiy muvozanat, moliya , kredit , bank va boshqalar.

Iqtisodiy qonunlardan farq qilib, ilmiy tushunchalar, iqtisodiy xodisalarning mazmunini ifoda etadi.

Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular bir - birini to‘ldiradi.

Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini aqs ettiradi.



V. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning uslublari.

Uslubiyat - bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari , qonun - qoidalari va aniq xadislaridir.

Bu ob'ektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta'limotdir.

Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lekin xar bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib , o‘zining ilmiy bilish usullariga ega bo‘ladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo‘ladi.

Dialektika ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. Dialektik uslubning moxiyati shundan iboratki, iqtisodiy xayotning barcha xodisalari va jarayonlari o‘zaro bog‘liqlikda va to‘xtovsiz rivojlanishda qo‘rib chiqiladi .

Iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘ziga xos tadqiqot usullari xam mavjud. Ulardan eng asosiylari quyidagilar:

A) ilmiy abstraksiya usuli - voqyea -xodisalarning taxlil paytida xalal berishi mumqin bo‘lgan iqqinchi darajali belgilari e'tibordan chetlashtirilib , o‘rganilayotgan jarayonning asl moxiyatiga , tegishli belgilarga e'tiborini qaratishdir .

B) taxlil va sintez usuli - Taxlil bu o‘rganilayotgan bir butunni aloxida qismlvarga ajratish va ularni izchillik bilan taxlil qilish .

Sintez bu - xodisa va jarayonlarni qismlarga bo‘lish asosida umumiy xulosa chiqarishdir.

V) mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli . tarixiylik dalili iqtisodiy fanlarda xam tarixiy nuqtai nazaridan tadqiqot olib borishni zarur qilib qo‘yadi .

Chunki iqtisodiy jarayonlar jamiyatning tarixiy rivojlanish bosqichlarida ro‘y beradi .

Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas , shu bilan birga ichki zaruriy va qonuniy bog‘lanishlar bo‘yicha xam taxlil qilinadi.

G) Foydalanilgan usullar ichida eksperiment aloxida o‘ringa ega .Iqtisodiy o‘sishning keskin o‘zgarishi , xususan iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik bosqichlarida keng foydalaniladi.

Iqtisodiyot nazariyasida shuningdek, induksiya va deduksiya , taqqoslash , statistik, matematik va grafik usullardan xam keng foydalaniladi .

Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va xodisalarning mazmuni, ularda yuz berayotgan o‘zgarishlar , ularning kelib chiqish sabablari bilib olinadi va zarur xulosalarga kelinadi .

VI. Ijtimoiy -iqtisodiy extiyojlar

Kishilik jamiyati insonlardan tarkib topadi . U xayot kechirishi uchun turli - tuman extiyojlarni qondirishi shart , chunki busiz inson yashay olmaydi .

Extiyoj nima?

Insonlarning yashashi kamol topishi uchun , umuman jamiyatning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan xayotii vositalar va iqtisodiy resurslarga bo‘lgan zaruriyati iqtisodiyot nazariyasi fanida "extiyoj" deb ataladi.

Jamiyat extiejlari kishilar, jamiyat a'zolari ishxonalar va davlat extiyojlarining birligidan iborat. Xayotiy extiyojlarning tulari ko‘p . Ular iqtisodiy, sotsial , madaniy, siyosiy, manaviy va sotsiofiziologik extiyojlardan iboratdir . Extiyojlar kishilarning yoshi, jinsi, kasbi , mexnatining turi kabi omillarga bog‘liq. Extiyojlar mazmunmi va moxiyatiga ko‘ra turlichadir .Yirik iqtisodchi olimlar ularni 3 turga bo‘lishadi :

I. Yakka tartibdagi extiyojlar - insonlarning individual jixatlariga uzviy bog‘liq, shu bilan birgalikda ularning shaxe sifatidagi xususiyatlarini o‘zida mujassam etadi .

II. Gurixiy extiyojlar - ma'lum gurixga, jamoa, oila , siyosiy partiyalar , kasaba uyushmalar , turli jamolarga birlashgan kishilar extiyojidir.

III. Umumjamiyat extiyoji - yakka va guruxiy extiyojlarning majmui. U jamiyatning yaxlit organizm sifatida yashashining zaruriy shartidir . mazkur extiyojlar xar bir mamlakatning o‘ziga xos tabiiy, iqtisodiyva tarixiy xamda milliy xusisiyatlariga va rivojlanish darajasiga qarab farqlanadi Ijtimoiy-iqtisodiy extiyojlar extiyojlar orasida ustivor axamiyatga ega, chunki ularni qondirishning o‘zi inson uchun birlamchi zarurat, bu ishlab chiqarishning rivojlanishi ta'minlaydi.

Sotsial-iqtisodiy extiyojlar kishilarning yashashi , mexnat qilishi va ma'lum iqtiosdiy mavqyeiga ega bo‘lishi uchun istemol etilishi zarur bo‘lgan maxsulotlar , xizmatlar majmuidir .

Ijtimoiy-iqtisodiy extiyojlar tabiatiga kura kuyidagilarga bo‘linadi :

1. moddiy extiyojlar

2.ijtimoiy-ma'naviy extiyojlar

3.mexnat extiejlari

Moddiy extiyojlar (oziq -ovqat , kiyim-kechak, turar joy transport, aloqa, gigiena extiyojlari) birlamchi xayotii extiyojlardan iborat va moddiy ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Ijtimoiy-ma'naviy extiyojlar (bilim olish, ishchilarning moddiy saviyasi va malaka-maxoratini oshirish ) moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmasada , jamiyatning rivojlana borishi bilan xayotiy zaruriyaga aylanadi .

Mexnat extiyoji - insonni mexnat, ijod etish qobiliyati mavjudligidan kelib chiqadi . U moddiy shaklga ega bo‘lmasada , ma'lum bir moddiy sharoitlar bo‘lishini talab etadi Extiyojlar to‘xtovsiz yangilanib, mazmunan boyib boradi .Iqtisodiyotda extiyojlarning yuksalish qonuni amal qiladi va u barcha ijtimoiy -iqtisodiy tizimlar uchun xosdir . Mazkur qonunga kura ja'miyat a'zolarining extiyoji yangilanib turadi , eskilar o‘rniga yangisi keladi . bu extiyojlarning transformatsiyasi deyiladi . Mazkur xolat extiyojlarning o‘zgarishi bilan ishlab chiqarishn o‘rtasidagi chambarchas aloqadorligini o‘zida namoyon ettiradi .Extiyojlarning cheksizligi ularning to‘xtovsiz yangilanib borishidan iborat.

Extiyojlar yuksalishining 4 jixati bor .



  1. extiyojlarning mikdoran o‘sishi

  2. moxiyatan yangi extiyojlarning paydo bo‘lishi

  3. turli extiyojlar nisbatinig o‘zgarishi

  4. o‘rinbosar extiyojlarning paydo bo‘lishi

Extiyojlarni qondirishning yagona vositasi xayotii ne'matlarni ishlab chiqarishdir. Extiyojlar yuksalishi va cheksiz o‘zgarishiga mos ravishda ularni qondirish vositalari xam yangilanib , takomillashib boradi . Ammo uni ta'minlash uchun zarur bo‘lgan ishdab chiqarish resurslari (tabiiy, mexnat,texnika va texnologiya resurslari ) cheklangan bo‘ladi .Shu bois yuksalib borayotgan extiyojlarni qondirishning birdan-bir vositasi kamyob resurslardan tejamli va oqilona foydalanish xisoblanadi.

Extiyojlarni qondirilishi - taqsimot va ayriboshlashning qanday yo‘lga qo‘yilganligi , ya'ni xayotiy ne'matlarning istemolchiga kerakli miqdorda xamda tarkibda yaratib berishiga bog‘liq bo‘ladi



Extiyojlar yakka tartibda va birgaliqda qondiriladi . Shunday extiyojlar mavjudki , (avtomobil, temir va xavo yo‘llaridan foydalanish ), ular birgalikda qondiriladi , avtomobilning o‘zidan foydalanish esa yakka tartibda bo‘ladi . Demak, chegaralangan resurslar doirasida xamma extiyojlarni bir vaqtning o‘zida , bir yo‘la qondirib bo‘lmaganidan ishlab chiqarish imkoniga qarab, u yoki bu extiyojlarni qondirishning optimal darajasini tanlab olish kerak bo‘ladi . Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida extiyojlar tovarlarni sotib olish orqali qondiriladi.
Download 67,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish