Toshkent tibbiyot akademiyasi farmakologiya



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/60
Sana18.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#559562
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   60
Bog'liq
ON gajavoblar

Maksimal terapevtik doza
zaxarli dozasidan kamroq bo‗lib, dorilarning davo ta‘siri 
yuzaga keladigan eng yuqori miqdoridir. 
O‘rtacha terapevtik doza
esa maksimal 
dozaning 1:2, 1:3, 1:4 ulushi bo‗lib, davo bo‗ladigan miqdori hisoblanadi. 
Tibbiyot amaliyotida hamma dori vositalari, fitopreparatlar ham, davo qilish va 
profilaktika maqsadida asosan 
o‘rtacha terapevtik dozada
ishlatiladi. Shu tufayli dori 
vositalari farmatsevtika zavodlarda, dorixonalarda mana shunday dozada tayyorlanadi, 
retseptlarda ham dorilar ushbu dozada ko‗rsatilishi qabul qilingan. 
Maksimal va o‗rtacha terapevtik dozalar ikki turda bo‗ladi: 
bir martalik va bir 
sutkalik (kecha-kunduzlik) doza
. Shunday qilib, terapevtik dozalarning quyidagi 
turlari ishlatiladi: 
Maksimal terapevtik bir sutkalik doza. 
Maksimal terapevtik bir martalik doza. 
O‗rtacha terapevtik bir sutkalik doza. 
O‗rtacha terapevtik bir martalik doza. 
Dorilarning bir martalik dozasi ularning bir marta beriladigan miqdoridir. Bir sutkalik 
dozasi esa bir kecha-kunduz davomida qabul qilingan umumiy miqdori. Masalan, 
belladonna ekstraktining farmakopeya bo‗yicha bir martalik maksimal terapevtik dozasi 
- 0,05 g, o‗rtacha bir martalik terapevtik dozasi - 0,015 g, o‗rtacha bir sutkalik 
terapevtik dozasi esa -0,045 g ga teng.Tibbiyot amaliyotida bemorlarga davo qilishda 
asosan o‗rtacha terapevtik doza ishlatiladi. Ayrim hollarda dori maksimal terapevtik 
dozada ham beriladi (sulfanilamid va antibiotiklarning zarbali dozasi). Ayniqsa 
surunkali kasalliklarda dorilar kurs dozasida ham berilishi mumkin (sil, zaxm va 
boshqa kasalliklar). Umuman olganda dorilarni dozalashda kasallikning turi, uning 
kechishi, bemorning ahvoli va boshqalar hisobga olinadi. Masalan, kasallik yengil 
kechganda minimal terapevtik doza, og‗ir kechganda esa maksimal davolash doza 
olinishi mumkin.Dori vositalari minimal terapevtik dozada kamroq qo‗llanildi. U ham 
yuqorida aytilganidek bir martalik va bir kecha-kunduzlik bo‗ladi. 
Dori vositasining bir martalik minimal terapevtik dozadan to maksimal davolovchi 
dozasigacha bo‗lgan oraliq uning terapevtik spetsifik ta‘sir doirasi deb ataladi. 
Maksimal terapevtik dozaning terapevtik minimal dozaga nisbati dorining terapevtik 
spetsifik indeksi deb yuritiladi. Ushbu ko‗rsatkich qanchalik katta bo‗lsa dori vositasi 
shunchalik xavfsiz hisoblanadi. Terapevtik ta‘sir doirasi - minimal terapevtik dozadan
minimal letal dozagacha bo‗lgan oraliqdir. Bu qanchalik keng bo‗lsa dori vositasi 
shuncha zararsiz hisoblanadi. Masalan, benzilpenitsillining terapevtik indeksi 100 ga 
teng, yurak glikozidi digitoksinnika esa 1,5-2.Eksperimental farmakologiyada dori 
vositalarining terapevtik indeksi ular LD50 ning o‗rtacha samarali dozasiga (YED50) 
nisbati bo‗yicha aniqlanadi. Ayollarga doza hisoblashda erkaklar dozasining 4:5 qismi 
olinadi. 60 yoshdan oshgan bemorlarga esa dozaning 1:2, 1:3 qismi olinadi. 


57 
Bolalarga doza belgilash ancha murakkab bo‗lib, aniq tavsiyalar ishlab chiqilmagan. 
Bolalarga dori dozasini aniqlashda quyidagi formulani qo‗llash ancha qulay hisoblanadi: 
bola yoshi, katta yoshdagi odam dozasi X bola tana vazni 
og‗irligi 
70 
70 - o‗zgarmas son bo‗lib, katta yoshdagi odamning o‗rtacha og‗irligi olingan. 
Dori vositalarining dozalari og‗irlik o‗lchov birliklari (g-gramm, mg-milligramm, mkg-
mikrogramm), hajm o‗lchov birliklari ml-millilitr, tomchilar (1 tomchi suv 0,05 ml ga 
teng) hamda ta‘sir birliklari (TB, XTB) bilan ifodalanadi. 
Quruq va surtma dori shakllari asosan og‗irlik, suyuqliklari esa hajm o‗lchov birligi bilan, 
tuzilishi bo‗yicha murakkab ayrim dorilar (antibiotiklar, yurak glikozidlari va b.) esa 
ta‘sir birligi bo‗yicha o‗lchanadi. Tindirmalar, suyuq ekstraktlar, neogalen preparatlar va 
ayrim dorilarning suvdagi eritmalari ichish uchun tomchilab beriladi. Ulardan birinchi 
uchtasi asosan 20-30 tomchidan, keyingilari esa 5-10 tomchidan berilishi mumkin. 
Bemor qabul qilayotgan ushbu tomchilar miqdorida dori vositasining bir martalik 
o‗rtacha terapevtik dozasi bo‗lishi kerak (atropin sulfat eritmasi va b.). 
Ko‗pchilik fitopreparatlar damlama, qaynatma, ekstraktlar, yig‗malar, choylar shaklida 
tavsiya etiladi. Ular (damlama, qaynatma) asosan osh qoshiq bilan, suyuq ekstraktlar, 
tindirmalar, tomchilab ,yig‗malar va choylar esa stakanlar bilan dozalanadi. Demak, 
dorivor o‗simliklarning bir martalik o‗rtacha terapevtik dozasi 1 qoshiqda (15 ml) yoki 
stakanda (150 ml) bo‗lishi talab qilinadi. 
Dori vositalarining farmakologik va farmakoterapevtik ta‘siri ko‗p jihatdan ularning 
yuborilayotgan miqdoriga - dozasiga bog‗liq. Dozaga qarab ularning kuchi, ta‘sir 
muddati, tabiati, samarasi namoyon bo‗ladi. Odatda ayniqsa kuchsizroq ta‘sirli dori 
vositalarining dozasi oshishi bilan latent davri qisqarib, ta‘sir uzayadi va kuchayadi
(doza-effekt). Latent davri deganda dori iste‘mol qilingan vaqtdan boshlab, birinchi 
ta‘sir belgilari paydo bo‗lgan davrgacha o‗tgan vaqt hisoblanadi. Dozani tana vazniga 
(mg/kg, mkg/kg), yuzasiga (m2, sm2) nisbatan ham aniqlanadi. 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish