Toshkent tibbiyot akademiyasi farg‘ona filiali “ijtimoiy fanlar” kafedrasi



Download 1,58 Mb.
bet76/122
Sana21.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#571066
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   122
Bog'liq
МАЖМУА 6-30 ХАЛҚ ТАБ Стратегия

Milliy xavfsizlik tizimi – shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston Konstitutsiyasi va huquqi doirasida siyosiy, huquqiy, tashkiliy, harbiy va boshqa xarakterdagi choralarni amalga oshirishda barcha maxsuslashgan organlar, kuchlar, resurslar va vositalar yig‘indisi. Uning asosiy funksiyasi milliy xavfsizlikka xavf tug‘diruvchi holatlar haqida ma’lumotlar olish va baholash, xavfsizlantirish bo‘yicha masalalarni ishlab-chiqish va ijrochilarga etkazish, xavfni yo‘qotish, neytrallashtirish yoki minimum darajaga tushirishda aniq harakatlar olib borishdan iborat. U o‘zining alohida qadriyatlari va ustuvor yo‘nalishlariga ega bo‘lib, ularning ierarxiyasi milliy xavfsizlikni – mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik turkumiga tegishliligi bilan belgilanadi. Undan tashqari, undagi har bir element o‘zining ustuvorliklariga ega bo‘ladi. Masalan, agarda shaxs uchun bunday ustuvorliklar uning huquq va erkinliklari bo‘lsa, jamiyat uchun esa – moddiy va ma’naviy qadriyatlarni saqlash va ko‘paytirish, davlat uchun esa – ichki barqarorlik, hududiy yaxlitlik, suverenitet bo‘lib hisoblanadi.
Milliy xavfsizlikning umumiy nazariyasi – siyosiy, ijtimoiy, harbiy, iqtisodiy, texnikaviy, gumanitar va boshqa fanlarning amaliy jihatlarini o‘z ichiga olgan hamda turli xarakterdagi tashqi va ichki omillarga kompleks ta’sir etish sharoitlarida shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlashning mazmun-mohiyatini, metodlari, shakllari, organlari, kuchlari va vositalarini tatbiq etishga yo‘naltirilgan bilimlar sohasi.
Milliy o‘z-o‘zini anglash – milliy etnik jamiyatning tarixi, zamonaviyligi, taraqqiyot istiqbollarining dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rni va roli to‘g‘risidagi tushunchalarning xususiyatlari, mazmun va mohiyatini ifodalovchi qarashlar va munosabatlar majmuidir.
Milliy qadriyatlar - bu shaxs, jamiyat va davlatning xavfsiz hayot kechirish va progressiv taraqqiyotidagi ehtiyojlarini qondiruvchi vosita, hodisa va predmetlar yig‘indisidir. O‘z navbatida milliy qadriyatlar turkumiga mamlakat xalqlarining moddiy, intellektual, ma’naviy boyliklari kiradi. Milliy qadriyatlar – shaxs, jamiyat va davlat ijtimoiy qadriyatlarining yig‘indisi bo‘lib, u har bir millatni xalqaro munosabatlarda mustaqil sub’ekt bo‘lishiga xizmat qiladi. Ijtimoiy qadriyatlar bir qancha bo‘limlarga bo‘linadi: global qadriyatlar (barcha qadriyatlarni yashashini ta’minlash sharoiti); milliy qadriyatlar (shaxs, jamiyat, davlat, moddiy va ma’naviy qadriyatlarning yig‘indisi); moddiy (ishlab chiqarish moddiy muhitida inson faoliyatini shakllantirish); ma’naviy (ma’naviy sohada inson faoliyatini shakllantirish); etnik qadriyatlar (ma’lum bir etnosning moddiy va ma’naviy qadriyatlar yig‘indisi). Ijtimoiy qadriyatlar mohiyatini anglash uchun, albatta, ularni tabaqalash lozim. Ular milliy qadriyatlarning mazmun- mohiyatini tushunishga va shaxs, jamiyat, davlatning hayotiy muhim manfaatlari tizimiga ta’sirini aniqlashga yordam beradi. Qadriyatlar faoliyat uslubi bo‘yicha – ob’ektiv, sub’ektiv, tabiiy va ijtimoiy, doimiy va vaqtinchalik, individual va ijtimoiy, jamoat va davlat bo‘limlarga ajraladilar. M.q. – inson faoliyatini ijtimoiylashuvi bilan bog‘liq. Ijtimoiy qadriyatlarning boshqalardan ajrab turuvchi xususiyati – bu ularning ko‘proq harakatchanligi, o‘zgaruvchanligi va bevosita inson manfaatlar doirasi va ta’sirida bo‘lganligidir. Ijtimoiy qadriyatlar o‘z navbatida ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga – umuminsoniy jihatlar ustunlik qilgan qadriyatlar (ishlab chiqarish, texnika va mehnat). Bu guruhda mehnat birinchi darajali qadriyat bo‘lib, tabiiy va moddiy salohiyat natijasida inson, jamiyat va davlatning yaratgan boyligidir. Bu qadriyatsiz inson, va jamiyat nafaqat progressiv taraqqiyotga, balki mavjudlikka ham erishmagan bo‘lardi. Ikkinchi guruhga – mahalliy xarakterga ega bo‘lgan qadriyatlar. Ularga – ijtimoiy aloqalar, ideallar, ma’naviy madaniyat kiradi. SHundan kelib chiqib, qadriyatlar shaxs, jamiyat va davlat guruhlariga bo‘linadi. Ko‘rsatib o‘tilgan ijtimoiy qadriyatlar moddiy va ma’naviyga ajraladilar. Milliy qadriyatlar – 1) xalqqa taalluqli bo‘lgan va uning axloqiy mavjudligi va taraqqiyotining asosini tashkil etuvchi ma’naviy yutuqlar; 2) millat uchun muhim va jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan jihat va xususiyatlar. 3) insonga hayotiy pozitsiyasini, o‘ta qaltis vaziyatlarda o‘zini tuta bilishni tanlashga imkon beradigan fundamental me’yorlar. M.q.lar - milliy qadriyat - milliy xavfsizlikning muhim qirralaridan biri, milliy boylikning uzviy qismi. Toifalanish va M.q.larning yo‘qolishiga olib boruvchi milliy xavfsizlik siyosati xalq uchun maqbul emas. O‘z millat qadriyati bo‘lmagan millat yoki elat yo‘q.

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish