Toshkent tibbiyot akademiyasi farg‘ona filiali “ijtimoiy fanlar” kafedrasi



Download 1,58 Mb.
bet74/122
Sana21.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#571066
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   122
Bog'liq
МАЖМУА 6-30 ХАЛҚ ТАБ Стратегия

Milliy munosabatlar - milliy-etnik taraqqiyot sub’ektlari, millat, millatga mansublik, milliy guruhlar va davlat tuzilishi o‘rtasidagi munosabat. M.m.larning asosiy muammosini – tenghuquqlilik va tobelik; iqtisodiy va madaniy taraqqiyot darajalari turliligi; milliy ixtilof, adovat, janjallar.
Milliy suverenitet - XM nazariyasi va xalqaro huquqdagi asosiy tushunchalardan biri. Davlatning o‘ziga tegishli bo‘lgan hududda to‘la hukmronlik qilishni va tashqi siyosatni mustaqil amalga oshirishni nazarda tutadi.
Milliy xavfsizlik - bu shaxs, jamiyat va davlatning hayot faoliyati davomida uning hayotiy muhim manfaatlarida, xalqaro munosabatlarda teng huquqli va mustaqil ishtirokini ta’minlashda, suveren va progressiv rivojlanishida, ichki barqarorlikni ta’minlashda tahdid solayotgan tashqi va ichki xavf-xatarlardan himoyalanish holati anglashiladi. M.x. berilgan ushbu ta’rif uning ijtimoiy tabiatini kengroq qamrab olgan bo‘lib, shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligining umumiylik dialetikasini hisobga olgan holda milliy xavfsizlikni mintaqaviy va global xavfsizlik bilan o‘zaro bog‘liqligini ochib beradi. Har bir davlat mintaqaviy va xalqaro munosabatlarning mushkul tizimida ishtirok etgan holda, o‘z navbatida ichki aloqalar tizimiga ega bo‘ladi. SHuning uchun, milliy xavfsizlikni ta’minlashda ichki va tashqi omillar alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirgi rivojlanish davrida ular orasida ichki omillar muhim hisoblanadi. Ichki omillar tushunchasida esa siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik asosiy rol o‘ynaydi. Umuman olganda, milliy xavfsizlik deganda milliy qadriyatlar, manfaatlar, hayot faoliyati uchun tahdid solayotgan real tashqi va ichki xavflarning oldi olilingan davlat holatiga aytiladi. YA’ni shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlarini amalga oshirilishini ta’minlashdir. Boshqa so‘zlar bilan izohlaganda, milliy xavfsizlik bu – fuqaro, ijtimoiy guruhlar, jamiyat va davlat, milliy qadriyatlari va milliy hayot tarzining iqtisodiy, siyosiy, ekologik, harbiy, tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanishiga aytiladi. «Milliy xavfsizlik» tushunchasi xavfsizlik tushunchasining barcha turlarini qamrab olgan. Sobiq sovet tuzumi davrida «milliy xavfsizlik»ning tushunchasi sifatida «davlat xavfsizligi» nazarda tutilar edi. Bugunga kelib esa shaxs va jamiyat manfaatlarining davlat manfaatiga bo‘lgan yangicha munosabati oqibatida bu tushuncha yangi ma’no kasb etdi. «Milliy xavfsizlik» tushunchasini mafkuralashtirib bo‘lmaydi, u o‘zaro tartib asosida tashkil topgan jarayon hisoblanadi. U xavfsizlikni ta’minlovchi sub’ektlar tomonidan himoyalanayotgan barcha xavfsizlik turlarini o‘z ichiga birlashtirishga imkon yaratadi. Bugungi kunda «Milliy xavfsizlik» tushunchasidan ham xalqaro, ham ichki ishlarda keng foydalanish imkoni yaratildi. SHaxs xavfsizligi, jamiyat xavfsizligi va davlat xavfsizligi – bu milliy xavfsizlik tizimining asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. YUqoridagilardan tashqari «milliy xavfsizlik» tushunchasi O‘zbekiston qonunchiligiga asosan, «hayot, sog‘liq, huquq, shaxs erkinliklari, xususiy mulkchilikni himoya qilish, jamiyat va davlat xavfsizligi»; «yadroviy xavfsizlik», «radiatsion xavfsizlik», «tabiiy ofat, falokatlar va antropogen hodisalardan shaxs, jamiyat va davlatning himoyalanish holati» kabi tushunchalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bugungi sharoitlardan kelib chiqqan holda, «milliy xavfsizlik» ta’rifi O‘zbekistonga nisbatan ishlatilishi to‘g‘ri hisoblanadi. CHunki, O‘zbekistondan tashqari, boshqa ko‘p millatli davlatlar «davlat xavfsizligi» ta’rifi o‘rniga «milliy xavfsizlik» termini bilan ifodalaydilar. CHunki «milliy xavfsizlik» tushunchasi ostida davlat hududida mavjud barcha millatlarni o‘z ichiga qamrab olgan jamiyat tushuniladi. Milliy xavfsizlik ta’rifining asosiy tushunchasi – millat, shaxs, jamiyat va davlatdan iborat.

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish