Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Birinchi yordam va davolash.
Reaktiv davrda davolash tomirlar spazmini 
yo‘qotishga qaratilgan bo‘lib, bunda kislorodga bo‘lgan extiyojni qondirish zarur. 
Buning uchun vazokonstriktor holatni yo‘qotish kerak, tomir ichiga kishi 
haroratidan yuqoriroq isitilgan suyuqlilar yuboriladi va bemor isitiladi. Sovuq 
urgan joyni qor bilan ishqalash infeksiya tushirish imkoni bo‘lgani uchun 
zararlidir. Mahalliy soha spirt, gibitan suyuqligi yoki teri rangiga ta’sir 
qilmaydigan antiseptik moddalar bilan dizinfeksiya qilinadi va isituvchi steril 
doka, paxta bog‘lab qo‘yiladi. Sovuq urgan sohani tez isitish mahalliy nekrozga 
olib kelishi mumkin, ayniqsa issik suvli vannaga tushirish mumkin emas. 
Reaktiv davrda davolash sovuq urishining darajasiga bog‘liq. 
Birinchi darajali sovuq urishda quruq bog‘lam va keyinchalik fizioterapiya 
(UVCh, ultrabinafsha nurlantirish) tavsiya qilinadi.
Ikkinchi darajali sovuq urishda birlamchi xirurgik ishlash bajarilib, teri 
yuqorida qayd qilinganidek tayyorlanadi. Sohaga salbiy ta’sir qilmaydigan surtma 
dorilar, fizioterapiya qo‘llaniladi. 
Uchinchi va to‘rtinchi darajali sovuq urishida soha 70
0
S spirt bilan tozalanib, 
quruq steril bog‘lam qo‘yiladi, quruq gangrenada dezinfeksiyalovchi tez 
quriydigan eritmalar bog‘lanadi. III-IV darajali shikastlarda 3-5 kunda erta 
nekrektomiya qilinadi. Bu qo‘l-oyoqda uzunasiga kapillyar qon paydo bo‘lguncha 
bajariladi. Nam garngrenada proteolitik fermentlar, gipertonik suyuqligi bilan 
bog‘lanadi. 
Demarkatsion chiziq paydo bo‘lganda nekrektomiya, ko‘rsatma bo‘yicha 
amputatsiya yoki ekzartikulyasiya bajariladi. 
Xirurgik ishlov berish og‘riqsizlantirish bilan olib borish zarur. 
Umumiy sovqotish
kam harakat qilganda sovuq ta’sirida paydo bo‘ladi. 
Tinchlik zamonda kam uchraydi (kema halokati, alpinistlarda ko‘ngilsiz voqealar, 
alkogoldan chuqur zaharlanish, hushdan ketish, koma holati. 


199 
Urush davrida umumiy sovqotish ko‘p uchraydi, unda qon ketadi, shok 
ta’sirida tana harorati pasayib ketadi va sovuq urishga organizm moyil bo‘ladi. 
Sovuq avvalo tana haroratini pasaytiradi, periferik tomirlar qisqarib teri oqaradi, u 
elastikligini yo‘qotib, qurib, g‘adir-budur bo‘ladi («GOZ» terisi), mushaklar 
qisqarishi natijasida, tuk va sochlar tiklanadi, tana harorati 35S da yuz oqaradi. 
Sianoz, tizza, tovon va jinsiy organlarda og‘riq bo‘ladi, siydik kelishi tezlashadi-
poliuriya («sovuq diurezi»). Kayfiyat buzilib befarqlik, apatiya paydo bo‘ladi, 
charchash uyquga tortadi. Bemorda gallyusinatsiya yuzaga kelib, bemor o‘zini 
issiq uyda deb his qiladi. 
Umumiy sovqotish to‘rt fazadan iborat. 
Sovishning birinchi fazasida chekka vazokonstriksiya tufayli issiqlik hosil 
bo‘lishining ko‘payishi natijasida bemor harorati +37
0
S atrofida turadi. 
Ikkinchi fazasida maksimal issiqlik bo‘lishidan tashqari (aktiv harakat, 
muskul tremori) bemor tana harorti 1-2
0
S tushadi. Oqargan, sovigan terida og‘riq 
paydo bo‘ladi. Bemor o‘z hushida bo‘lib reflekslar saqlanib qolib, engil psixik 
qo‘zg‘alish seziladi. 
Uchinchi fazasida harorat 34-27
0
S gacha pasayadi. Mushak tremori qotishga 
o‘tadi. 30
0
S haroratgacha yurak urishi bir me’yorda bo‘ladi, 30
0
S dan past 
bo‘lganda dastlab yurak etishmovchiligi vujudga keladi, aritmiya, bradikardiya 
kuzatiladi. 
To‘rtinchi fazasida bemor tanasi harorati 27
0
S gacha pasayib, tana a’zolari 
funksiyasi to‘xtaydi, soxta o‘lim belgilari paydo bo‘ladi. Nafas olish, tomir urishi 
zo‘rg‘a aniqlanadi, reflekslar bo‘lmaydi. Keyinchalik o‘limga olib keladi. 
Davolash. Agar sovuq ta’siri o‘z vaqtida to‘xtatilsa, bemorni o‘limdan saqlab 
qolsa bo‘ladi. Avval uni isitmoq zarur, agar bemor hushidan ketmagan bo‘lsa, 
qaynoq ichimliklar (choy, kofe) beriladi. Sun’iy nafas oldiriladi va bilvosita yurak 
massaj qilinadi. 4 soatlik interval bilan gidrokarbonat natriy arteriya yoki vena 
tomiriga yuboriladi. Agar sovuq olish o‘z vaqtida to‘xtatilgan bo‘lsa, organizm 
a’zolari funksiyasi tezda o‘z holiga keladi.
 
Sovuq urishining klassifikatsiyasi 


200 
I daraja. Terining yuzaki qavatlari shikastlanib, qon aylanishni qaytuvchi 
buzilishlari kuzatiladi. Qon tomirlarni spastik qisqarish tufayli shikastlangan 
a’zoda qotishi, oqarishi va og‘riq bo‘ladi. Shikastlangan a’zoning kapillyarlari 
falaji natijasida giperemiya, shish va sezuvchanlikni yo‘qolishi kuzatiladi. 
II daraja. Terining yuzaki qavatini nekrozi kuzatiladi. Teri va teri osti yog‘ 
qavatining infiltratsiyasi kuchayadi, sezuvchanlik yo‘qoladi. Seroz-gemoragik 
suyuqlikni saqlovchi pufakchalar hosil bo‘ladi. 
III daraja. Terining chuqur to‘qimalarning shikastlanadi. Qon aylanishni to‘liq 
buzilishi, shikastlangan a’zoni nekrozi va demarkatsion chiziq hosil bo‘ladi. 
IV daraja. Suyaklarni shikastlanishi kuzatiladi. «O‘z o‘zidan amputatsiya» 
holatlariga olib keladi. 
Sovuq urishining klinik manzarasi.
Reaktiv oldi davri. Past haroratni ta’sir etish 
vaqtidan boshlanadi. Terining oqarish, sovish va sezuvchanlikni pasayishi bo‘ladi. 
Reaktiv davri. Past haroratni ta’sir etishini to‘xtashishi bilan boshlanadi. Sovuq 
urgan soha shishgan, qattiq, ko‘kimtir qizg‘ish rangda bo‘lib og‘riy boshlaydi. 
Pufakchalar hosil bo‘lishi mumkin.

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish