194
keyin og‘ir intoksikatsiya rivojlanadi. Sariqlik va anuriya bilan birgalikda o‘tkir
jigar-buyrak etishmovchiligi kelib chiqishi mumkin.
Kimyoviy kuyishlarda birinchi yordam.
Suv bilan yuvish 5-10 daqiqa davomida.
Kislota ta’sir etgan joyga 2% natriy bikorbonat aralashmasi bilan ishlov berish.
Ishqorlar bilan kuyganda 1-2% uksus, limon kislotalari bilan ishlov berish. Fosfor
bilan kuyganda 5% mis kuporosi, 0,1-0,2% kaliy permanganat
aralashmasi bilan
ishlov berish.
Elektrotravma
Organizmni elektr toki yoki chaqmoq bilan shikastlanishi elektrotravma
deyiladi. Ta’sir og‘irligini tok kuchi, kuchlanish va ta’sir etish vaqti hal etadi.
Elektr toki ta’sirida to‘qima termik, ximik, mexanik o‘zgarishlarga uchraydi (81-
rasm).
81-rasm. Elektr toki ta’sirida shikastlanish
Sanoat qishloq xo‘jaligida va kundalik hayotda elektrlashtirishni ko‘p qo‘llash
elektr tokidan shikastlanishlar sonnini ko‘paytirib yubordi.
Elektr simlarining
ikkala qutubini ushlaganda tokdan shikastlanish ro‘yobga keladi, bu boshqa
kuyishlardan farq qiladi. Elektr tokining ta’sir qilishi uning kuchiga, kuchlanishi va
ta’sir davomliligiga bog‘liq bo‘ladi. Elektr tokining turi (doimiy, o‘zgarib turuvchi,
uch fazali) unchalik ahamiyatga ega emas. Mahalliy tok (220 V, 40-60 Gs/s)
doimiy tokdan xavfliroq. U tok bilan kontaktda bo‘lganda organizmda qarshilik
195
paydo qildiradi. Terining qarshiligi qancha kam bo‘lsa, tok ta’siri
shunchalik
chuqur va xavfli bo‘ladi.
Elektrotravma klinik manzarasi mahalliy
va
umumiy
belgilardan iborat. Mahalliy
belgilari: o‘lchamlari 2-3 mm keladigan jigarrang sarg‘ish
va kulrang jarohatlarni
aniqlanadi. Umumiy belgilari: mushaklarni tonik qisqarishi, tonik falajlik.
Engil
darajalarda
bemorlar qo‘rquvni his etadilar, qisqa muddatga hushdan ketadilar.
So‘ngra
bosh aylanish, holsizlik bo‘ladi.
O‘rtacha og‘irlikda shok
klinik
manzarasi, nafas olishni to‘xtashi, hushni yo‘qotish, yurak qorinchalari
fibrillyasiyasi.
Og‘ir shikastlanish
o‘lim bilan tugaydi.
Elektrotravmada birinchi yordam.
Birinchi navbatda bemorni ta’sir etayotgan
tokdan ajratish kerak (shaxsiy texnik xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda).
Erkin nafas olish yo‘qligida o‘pkani suniy ventilyasiyasini qilish (og‘izdan og‘izga
yoki og‘izdan burunga). Yurak faoliyati to‘xtaganda yurakni bilvosita uqalash, dori
darmonlarni yuborish va kislorod berish. Qorinchalar fibrillyasiyasida –
Do'stlaringiz bilan baham: