Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Abssess (Xo‘ppoz). 
Chegaralangan yiringli bo‘shliq abssess deyiladi. Abssess teri 
osti yog‘ kletchatkasida, mushaklarda, suyak va ichki a’zolar (o‘pka, jigar, buyrak, 
bosh miya) da uchraydi.
Klinikasi:
pulsatsiyalanuvchi og‘riq, shish va teri qizarishi, flyuktuatsiya 
(to‘lqinlanish) belgisi musbat, tana haroratining ko‘tarilishi, leykotsitar 


209 
formulaning chapga siljishi, leykotsitoz. Abssessni diagnostikasida flyuktuatsiyani 
farqlash aniqlik kiritadi. 
Agar xo‘ppoz chuqur joylashgan bo‘lsa, flyuktuatsiyani aniqlash mushkul. Bu 
hollarda kompyuter tomografiyasini, ultratovush bilan sinov punksiyasi yordamida 
aniqlanadi (87-rasm). 
87-rasm. Dumba sohasi abssessi 
 
Differensial diagnozi
. Abssessi flegmonadan, gidradenitdan, gematomadan, churra 
tushishidan, anevrizmadan, xavfli o‘smadan, shuningdek, sovuq abssess deb 
ataluvchidan farqlay bilish kerak. Sovuq abssess suyaklar va bo‘g‘imlar sil bilan 
zararlangan hollarda paydo bo‘ladi. Sovuq abssessda flyuktuatsiya bo‘ladi, ammo 
o‘tkir yiringli yallig‘lanishning hamma belgilari sezilmaydi. 
Abssessni davolash:
boshlang‘ich infiltratsiya bosqichida konservativ muolajalar
flyuktuatsiya paydo bo‘lganida operativ davo – yiringli bo‘shliqni (abssessni) 
ochish. 
Flegmona. 
To‘qimalarning tarqoq yiringli yallig‘lanish jarayoni flegmona deyiladi 
(88-rasm) va u ko‘pincha siyrak biriktiruvchi to‘qimalarda uchraydi. 
Ekssudatning 
turiga
qarab seroz yiringli, yiringli–gemorragik, chirindili flegmonalar farqlanadi. 
Lokalizatsiyasi bo‘yicha: 
epifassial, subfassial, organizmdagi yog‘ qavatlarini 
inobatga olganda flegmonalar maxsus nomlanadi: paranefrit, parakolit, paraproktit. 
In’eksiyadan so‘ng paydo bo‘luvchi flegmonalar farqlanadi. Ular dori vositalar 
(10% NaCl, 25% analgin, 25% kordiamin, reopirin) yuborilganda infeksiya 
tushganda paydo bo‘ladi. 


210 
Flegmonaning klinik manzarasi
: og‘riq, titroq, tana haroratining baland 
bo‘lishi (40
o
S), umumiy holsizlik. 
88-rasm. Panja flegmonasi. 
 
 
Differensial diagnozi. 
Flegmonani abssessdan, gidradenitdan, kuchayib 
boruvchi tromboflebit va limfangitdan, shuningdek, gemotagen osteomielit va 
aktinomikozdan farqlash lozim. 
Flegmonani davolash:
faqat boshlang‘ich bosqichlaridagina konservativ 
muolajalar buyurish mumkin. Jarayon yana rivojlanadigan bo‘lsa shoshilinch 
ravishda shoshilinch davo qo‘llanishi zarur.

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish