Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

 
O‘tkir paraproktit 
To‘g‘ri ichak atrofidagi yog‘ kletchatkasining yiringli yallig‘lanishi o‘tkir 
paraproktit deyiladi. O‘tkir paraproktitning teri osti, shilliq qavat osti, quymich-
to‘g‘ri ichak, chanoq-to‘g‘ri ichak va to‘g‘ri ichak orqasi paraproktitlari tavofut 
qilinadi. 
Patologik-anatomik manzarasi: to‘qimalar shishining yiringli infiltratsiyasi 
kuzatiladi. Yiring to‘g‘ri ichak va orqa chiqaruv teshigi atrofidagi biriktiruvchi 
yumshoq to‘qimalarga tarqaladi. Nekrotik to‘qimalar yoqimsiz xid chiqaradi. 
Yallig‘lanish chanoq diafragmasi ustida tarqalib, kichik chanoqda to‘g‘ri ichak 
orqasi abssesslari paydo bo‘lishi bilan kechadi (90-rasm). 
 
90-rasm. O‘tkir paraproktitda yiringni joylashishi. Abssess fazasida. 1- chanoq-
to‘g‘ri ichak.2-teri osti. 3-shilliq osti. 4- ishiorektal. 


213 
O‘tkir paraproktitning klinik manzarasi:
anal sohada pulsatsiyalanuvchi, 
keskin og‘riqlar, defekatsiyaning qiyinlashishi, titrash bilan namoyon bo‘luvchi 
gektik tana harorati, dumba sohasigacha tarqaluvchi, og‘riqli infiltrat paydo 
bo‘lishi, flyuktuatsiya, infiltrat ustidagi terining ko‘kimtir tusga kirishi. 
Differensial diagnozi
: orqa chiqaruv teshigining yorilishidan, to‘g‘ri 
ichakning vena tomirlari yallig‘lanishidan, ichak atrofidagi surunkali fistula (oqma 
yara) dan, ichak o‘smalaridan, o‘tkir kulunjdan farqlash kerak. 
O‘tkir paraproktitning davosi shoshilinch ravishda narkoz ostida operatsiya 
qilishdan iborat. Kesmalar to‘g‘ri ichakning tashqi sfinkteridan 1,5-2 sm uzoqlikda 
o‘tkaziladi. Kesmalar radial, yoysimon, yoki burchak shaklida bajariladi. Ular 
pararektal bo‘shliqni drenajlashi lozim. Yiringli bo‘shliq vodorod peroksidi, 0,02% 
li xlorgeksidin eritmasi bilan yuviladi. Anaerob paraproktitda nekrotik 
to‘qimalarning kesib tashlash bilan keng yorishlar o‘tkaziladi. 
Operatsiyadan keyingi davrda najasni to‘xtatib turish uchun 3-4 kun parhez 
qilinadi. Antibiotiklar, introfuran preparatlar, proteolitik fermentlar, og‘riqni 
qoldiruvchi dorilar, kaliy permanganat eritmali vannalar qo‘llaniladi. 
MASTIT 
Sut bezining yallig‘lanishi mastit deyiladi va u ko‘pincha emizikli ayollarda 
(90%), aksariyat hollarda esa birinchi tug‘uruqdan keyin uchraydi va laktatsion 
mastit deb ataladi. Mastit chaqaloqlarda va balog‘atga etish davrida o‘smirliklarda 
ham uchrashi mumkin. 
Mastitning odatda qo‘zg‘atuvchilari: stafilokokklar, enterobakteriyalar. 
Sut beziga infeksiya tushish yo‘llari: limfogen, sut yo‘llari orqali, gematogen. 
Mastitda infeksiyaning kirish darvozalari: areola va so‘rg‘ichning yorilishlari, sut 
bezi shikastlari. 
Mastit rivojlanishiga olib keluvchi 
omillar
: sut bezida sutning turib qolishi, 
yashash sharoitlarining antisanitar holati, chaqaloq emizish davrida sut beziga 
parvarishning etarli bo‘lmasligi. 
Mastitning klinik shakllari 
(91-rasm):
 


214 
1. Teri osti mastiti. 2. Subareolyar mastit. 3. Intramammar mastit. 4. Retromammar 
mastit. 5. Panmastit
91-rasm. Mastit abssesslarining xillari. 1-subareolyar. 2-sut yo‘llari retensiyasi, 
3-intraglandulyar, 4- retromammar.
Mastitda 
yallig‘lanish 
jarayonining 
rivojlanish 
bosqichlari: 
seroz 
(boshlang‘ich), o‘tkir infiltrativ yallig‘lanish, flegmonoz yallig‘lanish, gangrenoz, 
surunkali infiltrativ yallig‘lanish bosqichlari. 
Seroz yallig‘lanish bosqichida
mastit klinik manzarasi: tez boshlanishi, titrash, 
sut bezi o‘lchamlarining kattalashuvi, shishi va dag‘allashishi, paypaslaganda 
og‘riq. 
O‘tkir infiltrativ yallig‘lanish bosqichida
mastit klinik manzarasi: kattalashgan 
sut bezida dag‘allashgan o‘choq va uning ustida teri giperemiyasi aniqlanishi, tungi 
og‘riqlarning paydo bo‘lishi, uyqusizlik, umumiy holsizlik, tana haroratining 40
0

gacha ko‘tarilishi, leykotsitozning ortishi, EChT ning oshishi. 
Flegmonoz yallig‘lanish bosqichida
mastit klinik manzarasi: bemor umumiy 
ahvolining keskin yomonlashuvi, tana haroratining 39-40
o
S gacha ko‘tarilishi, 
titroq, septik holat, til va lablarning quruqlashuvi, uyqusizlik, bosh og‘rishi, 
ishtahasi yo‘qolishi, sut bezida pastozlik, sut bezi terisining sianotik tus olishi, teri 
osti venalarining keskin kengayishi va limfangit rivojlanishi, so‘rg‘ichning botib 


215 
kirishi, leykotsitozning baland bo‘lishi va leykotsitar formulaning chapga siljishi 
va EChT ning 60-70 mm/soat gacha oshishi. 
Surunkali infiltrativ yallig‘lanish bosqichining klinik manzarasi. 
Bu bosqich uncha ko‘p uchramaydi va uzoq vaqt davomida antibiotiklar bilan 
mahalliy davolash natijasida jarayon surunkali tus olishi tufayli kelib chiqadi. 
Bunda bemorlarning umumiy ahvoli nisbatan qoniqarli, tana harorati subfebril. Sut 
bezida juda dag‘al, biroz og‘riqli teri bilan yopishmagan infiltrat aniqlanadi.
Davolash 
Mastitni seroz bosqichida
davolash: sut bezida sutning turib qolishini oldini olish 
(sog‘ish yoki sut so‘rg‘ich bilan so‘rib olish), sut bezini immobilizatsiya qilish, 
antibiotiklar va sulfanilamidlar buyurish, retromammar antibiotik-novokainli 
blokada. 
Mastitni o‘tkir infiltrativ bosqichida
davolash: keng ta’sir doirali antibiotiklar 
buyurish, 
fizioterapevtik 
muolajalar 
(UFO, 
sollyuks, 
UVCh-terapiya), 
retromammar antibiotikli-novokainli blokada, qon quyish, laktostazning oldini 
olish. 
Flegmonoz va gangrenoz bosqichlarda
davolash: bemorlarni statsionarga kelishi 
bilanoq operativ davolashdan iborat, yiringli bo‘shliq bir yoki ikki, keng radiar 
kesim bilan ochilishi zarur, keng ta’sir doirali antibiotiklar buyurish, qayta-qayta 
qon quyish, dezintoksikatsion terapiya, umumiy quvvatlantiruvchi terapiya. 
Mastitning surunkali infiltrativ bosqichida
davolash: 
Yiringli bo‘shliq atrofida tog‘aydek dag‘al kapsula borligi sababli mastitning 
surunkali infiltrativ bosqichida konservativ davo muolajalari aytarli samara 
bermaydi. Shu sababli bu bosqichda infiltratni butunligicha kesib olib tashlash 
yoki uning markazidan radiar kesim qilish zarur (92-rasm). Kapsula kesilganida 
uncha ko‘p yiring chiqmaydi. Kapsuladan gistologik tekshiruv uchun bir bo‘lak 
olish zarur. Operatsiyadan keyingi davrda fizioterapevtik va antibaterial terapiya 
muolajalari buyuriladi. 


216 
92-rasm. Yiringli mastitda kesish usullari: 1,2-radiar, 3-retromammar 
abssessida yoysimon (Bardenxayer uslubi).

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish