chetining ya’ni singan sohaning
o‘rni bilan chegaralanishi ham mumkin.
Maydalanib sinishlarda
suyak iligining ko‘p joyi ochiq holda bo‘ladi shu sababli
suyak yiringlashi va osteomieliti ko‘p uchraydi.
Metalloosteosintez
qilingan
bemorlarda ham suyakda yiringli protsessning tarqalishi holati ko‘p uchraydi,
metall tagidagi joydan yiringni ozod qilish juda mushkul. qo‘yilgan shuruplar
orqali yiring suyak iligi yo‘liga tushib tarqaladi.
Jarohatdan keyingi osteomielit asosan surunkali kechadi, bemorlar kuchli
isitmaga, og‘riqqa shikoyat qiladi, ular qonida leykotsitoz paydo bo‘lib,
leykoformula chap tomonga suriladi, EChT ko‘tariladi. Yara drenillangandan
keyin temperatura kamayadi va protsess chegaralanib qoladi keyinchalik esa oqma
yara paydo bo‘lib ko‘p hollarda o‘zi yopilib ketadi. Rentgen suratlarida suyak
osteoporozi, siniq atrofida destruksiya holati paydo bo‘ladi, keyinchalik atsiya
boshlanadi. Jarohatdan keyingi, operatsiyadan keyingi osteomilitning asorati bo‘lib
soxta bo‘g‘imlar, suyak defektlari hosil bo‘lishi, ko‘p vaqtlar yopilmaydigan
surunkali yaralar bo‘lishi mumkin. Siniq sohasidagi suyak nostabilligi yaradagi
infeksiyaning ko‘payishi, tarqalishiga sabab bo‘lib suyak sinishini kechiktiradi
yoki butunlay suyak usishini to‘xtatib qo‘yadi.
Ikkilamchi o‘zgargan suyak qismlari olib tashlangandan keyin suyak
defektlari hosil bo‘ladi. Keyinchalik bemor umumiy ahvoli yaxshilashgandan
keyin suyak plastikasining sizlarga ma’lum turi tanlanadi va plastik operatsiya
o‘tkaziladi. Bu operatsiya bilan segment deformatsiyasi, kaltaligi tiklanadi.
Operatsiyalardan keyingi osteomielit klassifikatsiyasi:
A/ O‘tkazilgan operatsiya
tabiatiga qarab:
1) suyaklar sinishi yuzasidan; 2) yumshoq to‘qimalar o‘tkazilgan
operatsiyadan keyin; 3) ortopedik operatsiyadan keyin.
228
B/ Operatsiyalardan keyin:
1) davolashga texnik narsalar ishlatilmagan hollarda;
2) texnik materiallar ishlatilgandan keyin – metallar (vintlar, sterjenlar,
endoprotezlar, spitsalar), yot narsalar ishlatilishi oqibatida (auto-, allo-,
ksenotransplantatlar), intra- va ekstramedullyar osteosintez (tashqi va ichki), yot
jismlar (salfetkalar, shariklar, qum- shag‘al).
V/ Paydo bo‘lish sabablari bo‘yicha:
1) organizatsion xatoliklardan keyin; 2) taktik; 3) texnik; 4) sanitar-epidemiologik;
5) somatik.
G/ Klinik ko‘rinishi bo‘yicha:
1) o‘tkir; 2) o‘tkir osti; 3) surunkali.
D/ Yiringli o‘choqlar soni bo‘yicha: 1) monolokal; 2) bilokal; 3) polifokal.
E/
Asoratlar tabiatiga qarab:
1) mahalliy: keng chandiqlar, terining yarali defektlari,
yiringli artritlar, bitmagan sinishlar va soxta bo‘g‘imlar; 2) umumiy: anemiya,
parenximatoz a’zolar amiloidozi, oqsil almashinuvining buzilishi, sepsis.
J/
Infeksiya turlari va uning tarqalishi bo‘yicha:
1) aerob flora (gramm+ va gramm-,
aralash), 2) anaerob (klostridial va noklostridial), 3) endogen yo‘li orqali, 4)
ekzogen yo‘li orqali.
Z/ To‘qimalar patologik o‘zgarishlariga qarab:
1) suyaklar
o‘choqli o‘zgarishi (ostit, chegaralangan osteomielit), 2) suyak iligi orqali
tarqalgan chegaralanmagan osteomielit, 3) osteomielitning mahalliy to‘qimalar
asoratlari bilan kechishi (soxta bo‘g‘im va bitmaydigan yaralar), 4) spitsali
osteomielit (yuzaki, chegaralangan, chegaralanmagan).
Davolash.
Jarohatdan va operatsiyadan keyingi osteomielitni davolashning asosini
jarrohlik usullari tashkil qiladi. Qo‘shimcha usullariga esa kuchli optimal
antibiotika terapiyani amalga oshirish va fizioterapevtik usullarni qo‘llash lozim
bo‘ladi. Bu davrda yaradagi choklar olib tashlanadi, yara ochiladi, hamma qismi
yaxshilab tozalanadi, yara yuziga antibiotiklar bilan ishlov berilib chiqaruvchi
mazlar yoki yiringni so‘ruvchi moddalar bilan to‘ldirilib yopiladi. Qo‘yilgan metall
fiksatorlarni olish masalasi har-xil xal qilinishi mumkin, ya’ni agar boshqa
fiksatsiya qilish usuli bo‘lsa o‘shani qo‘llab metallar olib tashlanadi yoki ular yana
bir muddatga qoldirib turiladi, lekin metallarning yiringlab qolish oldini olish
choralari ko‘riladi.
229
Do'stlaringiz bilan baham: |