Bemorni umumiy, jismoniy (somatik) jihatdan tayyorlash.
Operatsiyaga
tayyorgarlik ko‘rish davrida bemorning somatik holatini baholash uchun qon
aylanish tarmog‘idagi, nafas olish yo‘llaridagi o‘zgarishlarga, shuningdek,
parenximatoz a’zolar faoliyatiga alohida e’tibor berish lozim.
Operatsiya paytida yurak-tomirlar sistemasi zo‘riqadi. Yurak-tomirlar
faoliyatida etishmovchilik bo‘lgan bemor o‘rnidan turmay yotishi, suyuqliklarni
kam ichishi zarur; unga yurak faoliyatini yaxshilovchi glikozidlar (strofantin,
digoksin, izolanid, selanid), siydik xaydaydigan (diuretik) dorilar (novurit,
veroshpiron, triampur) va boshqa dori-darmonlar (kokarboksilaza, ATF ) tayin
qilinadi.
Operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish davrida kamqonlikni bartaraf etish ham
anchagina ahamiyatga ega.
Tromboz va emboliyaning oldini olish uchun organizmi zaiflashgan
bemorlarda tomirlarda qonning ivib qolish indeksi aniqlanadi, zarurat bo‘lsa,
antikoagulyantlar (fenilin, omefin, geparin) tayin qilinadi.
Rejali operatsiyalar amalga oshirilishidan avval burun, qo‘shimcha
bo‘shliqlaridagi yallig‘lanishni, o‘tkir va surunkali bronxit, plevrit va
pnevmoniyani bartaraf etish zarur. Shu maqsadda balg‘am ko‘chiradigan dorilar,
antibiotiklar, sulfanilamidlar va davolashning maxsus usullari (ingalyasiya,
fizioterapevtik muolajalar, davolash fizqulturasi) qo‘llaniladi. Og‘riqlar va
bemorning majburiy holati nafas olish ko‘lamining kamayishiga sabab bo‘ladi.
Operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish davrida bemor nafas olish gimnastikasi
kompleksini o‘zlashtirishi, balg‘amni to‘g‘ri tashlashni o‘rganib olishi kerak.
O‘tkir rinit, traxeit, bronxit, shuningdek, o‘pka emfizemasi (hayotiy ma’lumotlar
bo‘yicha amalga oshiriladigan operatsiyalar bundan mustasno) operatsiyaga yo‘l
qo‘ymaydigan monelik hisoblanadi.
Me’da-ichak yo‘lini operatsiyaga tayyorlayotganda bemorning uzoq vaqt
och qolishi, surgi dorilar ichishi va yo‘g‘on ichakni qayta yuvish maqsadga
62
muvofik emas. Hatto bu zararli hamdir, chunki u atsidozni va kislota-ishqor
holatining o‘zgarishini keltirib chiqaradi, ichak tonusini pasaytiradi, tomirlarda qon
harakatining susayishiga (yoki to‘xtab qolishiga) sabab bo‘ladi. Natijada, og‘ir
intoksikatsiya rivojlanishi, qayt qilish, meteorizm va oliguriya kuchayishi mumkin.
Og‘iz bo‘shlig‘ini sanatsiya qilish, karioz tishlarni olib tashlash muhim
ahamiyatga ega. Operatsiyadan keyingi davrda yuz berishi mumkin bo‘lgan parotit,
gingivit va glossitning oldini olish uchun tishlarni tozalash va og‘iz bo‘shlig‘ini
antiseptik eritmalar bilan chayish maqsadga muvofik.
Agar me’dani operatsiya
qilish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda operatsiya arafasida me’da yuviladi.
Me’dadan qon ketayotgan bo‘lsa, uni yuvish tavsiya etilmaydi. Agar me’da yana
to‘lib qolgan bo‘lsa, bunday hollarda bevosita operatsiya oldidan uni yana
bo‘shatish zarur.
Agar ich o‘z-o‘zidan kelmasa, ana shundagina tozalash xuqnasi qo‘llash
mumkin. Yo‘g‘on ichak va chot orasi operatsiyasi bundan mustasno; operatsiya
boshlanishi oldidan ichak sifon xuqna yordamida najasdan butunlay tozalanadi.
Jigar parenximasining shikastlanishi operatsiyaning xatarliligini sezilarli
darajada oshiradi. Operatsiyaga tayyorgarlik davrida bemorga ovqat iste’mol
qilishni cheklash jigarda glikogenni va qonda qand moddasi darajasini
kamaytiradi, bu esa, o‘z navbatida reparativ jarayonlarni to‘xtatib qoladi. Shuning
uchun ham jigardagi glikogen zaxirasini ko‘paytirish juda muhim. Bunga to‘yimli
ovqatlar iste’mol qilish, glyukoza va vitamin S ni in’eksiya qilish yo‘li bilan
erishish mumkin. Jigar funksiyasini yaxshilash uchun metionin, lipokain, vitamin
V12 yuboriladi.
Rejali operatsiyadan oldin siydik ajralish sistemasini tayyorlash uchun
buyraklarning funksional holatini tekshirish, buyrak sinamalarini o‘tkazish muhim.
Bu qon va qon o‘rnini bosuvchi preparatlarni quyish va dori-darmonlarni yuborish
bilan kechuvchi xirurgik operatsiya (bunda buyrak zo‘riqib qoladi) bilan bog‘liq
bo‘lgani uchun ham zarurdir. Bevosita operatsiya oldidan bemor qovug‘ini
bo‘shatishi lozim. Ayniqsa, qorin bo‘shlig‘ida qilinadigan operatsiyalar oldidan
63
albatta, shunday qilinishi shart. Agar bemorning o‘zi yozila olmasa, u holda qovuq
kateterizatsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |