Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani



Download 35,78 Kb.
Sana14.02.2017
Hajmi35,78 Kb.
#2510
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy malumotli hamshira fanlari kafedrasi

Ichki kasalliklar propedevtikasi fani

Tasdiqlayman ”

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

o’quv ishlari bo’yicha prorektor

professor O.R. Teshayev__________________

____”_________________2010 yil



Yagona metodik tizimga asosan tuzilgan amaliy mashg’ulot

uslubiy ishlanmasi III kurs talabalariga mo’ljallangan



44 Mavzu: Miokard infarktining simptomologiyasi

T.T.A. M.U.X. tomonidan tavsiya etilgan

____”_____________2010 yil





2010-2011 o’quv yili

44 Mavzu: Miokard infarktining simptomologiyasi

1. Mashg’ulot o’tkazish joyi: Dars xonasi, kardiologiya bo’limining palatalari va infarkt miokardi bilan og’rigan bemorlarning intensive terapiyasi.

2. Mashg’ulotning davomiyligi - 2 soat.

3. Maqsadi va vazifalari.

Infarkt mikardining rivojlanish mexanizimini tushuntirish. Klinik metodlar (Ko’rikdan o’tkazish, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya) orqali infarkt miokardini aniqlash usullarini o’rgatish. Laborotor va instrumental usullar orqali infarkt miokardini diagnostikasi talabalarga o’rgatish. Shu qatorda EKG orqali.

Infarkt miokardini ta’rifini, etiologiyasini, patogenezini va klassifikasiyasini ko’rib chiqish.

Talabalar bilan infarkt miokardining simptomologiyasini va atipik holatlarini tahlil qilish.

Infarkt miokardi bor bemorlarini tekshirish usullarini ko’rsatib berish (So’rab surishtirish, ko’rikdan o’tkazish, perkussiya, palpatsiya, auskultatsiya). Talabalarni labaratoriya analezi va EKG tekshiruvlarni to’g’ri tahlil qilishni o’rgatish.

4. Motivasiya.

Infarkt miokardi – Yurak muskullarini ayrim qismlarining nekrozi rivojlanishi bilan boradigan o’tkir kasallik. Kasallik rivojlanishiining dastlabki soatlari muhim bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun talabalar Infarkt miokardini tez diagnostika usullari va dastlabki tez tibbiy yordam usularini o’rganishlari karak.



5. Fanlararo bogliqlik.

Vertikal integracia

Gorizontal integracia

6. Darsning mazmuni.

6.1 Nazariy qism

Infarkt miokardi – Yurak muskullarini bir yoki bir necha uchastkalarining nekrozi rivojlanishi bilan boradigan o’tkir kasallik bo’lib, YuIK ning muhim klinik formasi hisoblanib, absolyut yoki qisman tojsimon yetishmovchilik hisobidan kelib chiqadi. Infarkt miokardi (IM) – bu juda tez diagnostika qo’yish va davolash chora tadbirlarini ko’rishni talab etadigan kasallik bo’lib hisoblanadi. 50% letalik kasallikning birinchi 3 – 4 soatlarida bo’lishini hisobga oganda, dastlabki yordam choralari katta ahamiyatga ega.

IM da yurak muskullarining morfologik o’zgarishlari aseptic ishemik nekrozning rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, bu o’z navbatida bir necha bosqichda sodir bo’ladi:
- Ishemik (O’tkirlashayotgan davr) – koronar qon tomirlarninng oklyuziyasidan kegingi bir necha soatdan to miokard nekrozining rivojiga qadar.

- O’tkir davr – Kasallikning dastlabki 3 – 4 kuni, miokarda nekrobiozning fokal oldi yalig’lanish jarayoning rivojlanishi bilan.

- O’tkir osti davri – o’rtacha kasallikning 5-6 haftalarigacha rivojlanadi, bu vaqtda nekroz o’chog’ida o’rniga to’liqsiz biriktiruvchi to’qima rivojlanadi.

- Biriktiruvchi to’qima rivojlanishi davri – bu toliq biriktiruvchi to’qimaning rivojlanishi kasallikning 5-6 oyidan kegin yakunlanadi.



A) Shikoyatlar

IM kasalligi uchun asosiy klinik simptom bu og’riq huruji (status anginosus) bo’lib hisoblanadi.

Og’riq jismoniy zo’riqish bilan bog’liq bo’may, hech qandey sababsiz tinch holatda rivojlanadi. IM ning ko’pchilik qismi saharda rivojlanadi (o’yg’oygandan so’ng katexolaminlarning miqdirini oshishi bilan bog’liq). Og’riq to’sh orqasida va yurak soxasida bo’ladi. Asosan og’riq chap qo’ldga yoki ikki qol soxasiga, chap kurak suyagi, epigastral sohaga, tananing orqa qismiga, pastki jag’ va tomoq sohasiga ham tarqalishi mumkin. Boshimli, yoqmidigan, kuydiradigan va shunga o’xshash xarakterdagi og’riqlar bezovta qiladi. Og’riqning davomiyligi 30 daqiqadan ko’proq bo’lib, gohi kuchayib gohi suyayib to’lqinsimon xarakterda bo’lishi mumkin. Nitratlar qabul qilgandan so’ng ham og’riq yo’qolmaydi,

-Odamda bezovtalanish, sabrsizlik va o’lim vahimasi paydo bo’lishi bilan xarakterli.

-IM ga qo’shimcha ravishda, nafas siqishi, ter ajralishi, yo’tal va boshqalar ham paydo bo’lishi mumkin.

-Ayrim hollarda og’riq bilan qo’shimcha ravishda ko’ngil aynish, qusish va umumiy holsizlik bo’ladi.



Abdominal formasini ko’proq dispepsiya simptomi bilan birga boladi:

Og’riq qorin bo’shlig’ining yuqori qismida (ayrim hollarda sanchiqsimon), qusish, hikillash, defikatsiyaning tez-tez xoxlashlik, axlotning suyuqligiva h.k. Ko’pincha bemor o’zining xastaligini sifatsiz maxsulot iste’mol qilishdan deb o’ylaydi.



Astmatik formasi yurak astmasi hurujidan va o’pka shishidan boshlanadi. Keksalarda IM ning boshlanishi nafasning siqishi bilan bo’ladi.

Aritmik formasi yurak ritmining paraksizmal buzulishi bilan boshlanadi: Serebro-vaskulyar forma kolapsdan, hushdan ketishdan yoki insultdan boshlanadi. Bular nevrologik simptomlar bilan birga bo’ladi.

IM og’riqsiz formasi esa faqat EKGda aniqlanadi. Bu orada bemor faqat holsizlikka va tez charchashga shikoyat qiladi.

1-sutkaning oxirida IM bilan og’rigan bemorlarda qator simptomlar paydo bo’ladi, bu yurak muskullarining parchalanishi va autoliz mahsulotlarining so’rilishi bilan bog’liq. Bu A. V. Vinogradovning rezorbsion-nekrotik sindromi deb ataladi.

Tamperaturaning 37-38 ° C ga ko’tarilishi IMning 2-, ayrim hollarda 3- kunlaridan boshlanadi va 3-7 kun davom etadi. Angioz hurujdan kegin tana haroratining ko’tarilishi muhim diagnostic ahamiyatga ega. Bu o’z navbatida vrachga yurak muskullarining yangi qismida o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkinligi haqida malumot berishi lozim.

B) Anamnesis morbi, vitae

Malumot jamlashda kasallikning etiologik omillarga katta e’tibor berish kerak, xusudan xatarli omillari katta ahamiyatga ega.



C) Ko’rikdan o’tkazish

Ko’rikdan o’kazayotganda bemor aktiv, bir joyda ko’p o’tira olmaydi, yuzida bezovtalik va o’lim xavotiri. Teri qoplamalari oqish rangda, sovuq, yopishqoq ter bilan qoplanga, ayrim hollarda lablarning sianozi kuzatiladi.



D) Palpatsiya

Palpatsiyada yurak uchi turtkisi lokalizatsiya o’zgarmagan bo’lishi mumkin, lekin yurak uchi turtkisi kuchsizlangan va uning rezistentligi pasaygan bo’ladi.



E) Perkussiya

Yurak chegaralari normal holda. Yurak yetishmovchiligi rivojida (yoki MI rijvojida uzoq vaqt gipertoniya kasalligi bo’lsa) arterial konfiguratsiyasi rivojlanishi mumkin.



F) Auskultasiya

- bo’g’iq 1-ton.

- “ot dupuri” ritmining paydo bo’lishi miokardning qisqarish qobilyati susayganligidan ma’lumot beradi.

- Kasallikning 2-3 kuni perikard titrashi wovqini paydo bo’lishi mumkin, u bir necha soatdan 1-2 kungacha saqlanib turishi mumkin.

- Yurak ritmining buzulishi (ekstrasistoliya, bradi- va taxiaritmiyalar)

- Ba’zi bemorlarda yurak uchida sistolik shovqin aniqlanadi – bu nisbiy mitral yetishmovchiligi bilan bog’liq bo’lgan so’rg’ichsimon mushaklar disfunktsiyasi natijasidir.



Puls ko’pincha boshlanishida kam bo’ladi, kegin esa tezlashadi, O’tkazuvchi sistema shikastlanishida aritmik bo’ladi.

Arterial bosim og’riq sindromining dastlabki 20-30 minutida, ABning tez ko’tarilishi, keyinchalik esa tushishi mumkin.

MI bilan kasallangan bemorlarni qo’shimcha tekshirish usullari.

1-sutka oxiri 2-sutka boshlarida formulaning chapga siljishi bilan namoyon bo’luvchi neytrofil leykotsitoz rivojlanadi, qaysiki o’rtacha 3-sutkada maksimumga yetadi, kegin asta – sekin normagacha pasayadi.

ECHT ham 1-stkada sezilarli raqamlarda normadan pasayganligi, 2-3-sutkada ko’triladi, 8-12 kunlarda esa maksimal darajaga yetadi.

Shunday qilib, o’tkir davrda MI uchun xos bo’lgan leykotsitoz va ECHT egrisining kesishuvi kuzatiladi.

MIning birinchi kunlarida qonda ba’zi to’qima fermentlarining aktivligi oshadi. Birinchi sutka oxirida odatda AcAT (aspartat aminotransferaza) aktivligi oshadi, LDG (laktatdegidrogenaza) odatda 8-14 kunga kelib normallashadi.

MI diagnostikasida eng muhim usul bu EKG

EKGda MIni nafaqat bosqichlarini balki nekroz o’chog’I lolkalizatsiyasini ham aniqlash mumkin.

Bundan tashqari kardiogrammada yirik va mayda o’choqli miokard infarktlarini ham aniqlash mumkin. EKGda bosqichma – bosqich o’zgarish asosan yirik o’choqli MI uchun xos

O’tkir davrda EKG ko’tarilgan yoysimon ST sigmenti hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi, qaysiki bir tomondan R tishi bilan boshqa tomondan T tishi bilan qo’shilib ketadi.

O’tkir davrda keyinchalik chuqulashadigan Q tishi paydo bo’ladi, qaysiki miokarda nekroz o’chog’i paydo bo’lganligidan darak beradi. Q tishi paydo bo’lishi bilan bir vaqtda yoki bir necha soatlar o’tkach ST sigmenti pasayishni boshlaydi, bu shikastlanish maydonini qisqarganligidan darak beradi. Bu bosqichda manfiy T tishi shakllanadi.

O’tkir osti davrda ST sigmentini izoelektrik chiziqqa yaqinlashuvi va chuqur, teng tomonli, o’tkirlashgan T tishi shakllanishi kuzatiladi.

EKG monofazali harakterni yo’qotadi. Bu vaqtda Q tishi o’zining yakuniy konfiguratsiyasi qabul qiladi, qaysiki ko’p yillar davomida o’zgargan holatda saqlanadi (Ayrim hollarda butun umr ham saqlanishi mumkin)

Chandiqlanish boqichi – ST segmentini izoelektrik liniyaga mos kelishi. O’tkazilgan MI haqida Q (QS) tishi va manfiy T darahk beradi. Keyinchalik musbat T tishi hosil bo’lishi mumkin.

Kichik o’choqli MIning belgilari – bunda klinik belgilar va labarator tekshiruv ko’rsatkichlari kam o’gargan va tez normallashadi.

EKGda patologik Q tishi shakllanmidi, balki ST segmentining izodarajaga nisbatan shakllanishi kuzatiladi.



MI lokalizatsiyasi

  • III, AVF – diofragma orti (pastki)

  • V1, V2 – oldingi

  • V3 – to’siqli

  • V4 – uchiga oid,

  • V5, V6, I, II, AVL – yon.

MI diagnostikasi boshqa usullari

  • Miokardni Talli va Texnitsiy bilan stsintrofigiyalsh

  • ExoKG – miokard akineziya zonalarini aniqlash.

Kechishi, asoratlari va MI bilan kasallangan bemorlarni davolashni asosiy printsiplari

Infarkning kechishi nekroz zonasi, diagnozni oz vaqtida qo’yilishi va shoshilinch yordam ko’rsatilishiga bog’liq. Kechiktirilgan diagnostikada va infarct o’chog’i katta bo’lganda, shuningdek asoratlar rivojlanganda ko’pincha o’lim bilan tugaydi.



MI asoratlari

  • Ritm va o’tkazuvchanlik buzulishi

  • O’tkir chap qorincha yetishmovchiligi (yurak astmasi, o’pka shishi)

  • Kardiogen shiok

  • Yurak anevrizmasi

  • Yurak tamponadasi bilan kechuvchi miokard parchalanishi.

  • Perikardit

  • Tromboembolik asoratlar

MIni davolash printsiplari

MI pivojlanishiga shubxa qilinganda ixtisoslashtirilgan infarct bo’limiga shoshinch gospitalizatsiya qilish lozim.

Medikomentoz terapiya quyidagilarni o’z ichiga oladi:

Og’riq hurujini nitrogilitserin, norkotik analgetiklar, azot oksidi va O2 li aralashmali narkoz, neyrolept analgeziya bilan shoshilinch bartaraf qilish.

Trombolitik terapiya (streptodekaza, streptaza va b.) – kasallik boshlaning dastlabki 3-4 soatida foydalidir.

Antikoagulyant va dezagrigattsion terapiya (geparin, aspirin, neodikumarin va b.).



Asoratlarni davolash

Kardiogen shok



  • AB qayta tiklash (mezato, dopamine, noradrenalin, prednizolon)

Yurak yetishmovchiligi

  • Siydik haydovchi (laziks)

  • Periferik vazodelyatatorlar (nitroglitserin)

  • Yurak glikozidlari

  • Yurak yetishmovchiligi gipotoniya bilan qo’shilib keganda Dopamin, Prednezalon, Mezaton qo’llaniladi.

Yurak ritmi va o’tkazuvchanligi buzulishi

  • Polyarizatsiyalovchi aralashma (glukoza + Kaliy preparati + insulin)

  • Lidokain.

  • Verapomil

  • Kordaron

  • Defibrilyattsiya

  • Vaqtinchalik elektrostimulyatsiya

MI bilan kasallangan bemorlarda medikamentoz terapiyadan tashqari jismoniy va psixologik reabilitatsiya o’tkaziladi, qaysiki jismoniy va psixoemosional yuklamalarga tolerantlikni oshirishga qaratilgan.

Amaliy mashg’ulotni o’tkazganda avval talabalarning asosiy distsiplinalar – nafas organlari anatomiyasi va fiziologiyasi bo’yicha bilim darajasini aniqlash kerak.

Bu an’anaviy didaktik shaklda (savol – javob) yoki interaktiv pedagogik texnologiyalar o’tkazish (“qorboron”, “intervyu” va b.) bilan bajariladi.

Savolar birxilligiga e’tibor berishi kerak – avval anatomiya kegin fiziologiya.


Masalan:

  • Yurak qanday qismlardan iborat?

  • Yurak qon-aylanishini tasvirlab bering.

Bilim darajasi yetarli bo’lmaganda mavzuning asosiy qismlarini qisqacha tushuntirib berish kerak, aks holda materialni o’zlashtirish qiyin bo’ladi. Bu muammoni yechish uchun darajasi pastroq bo’lgan savollaradan foydalanish tavsiya etiladi.

Masalan:


  • Nekroz o’chog’I qanday hosil bo’ladi? va shunga o’xshash.

Bu qism davomida yaxshiroq tayyorlangan (kuchli) talabalarni va bilim darajasi pastroq bo’lgan talabalarni aniqlash kerak. Bu keyinchalik pedagogik interaktiv texnologiyalar o’tkazishda guruxni 3-4 podgruppaga bo’lishga imkon beradi – kuchli + kuchsiz studentlar – kuchli + kuchsiz studentlarga qarshi. Shundan so’ng bevosita amaliy mashg’ulot mavzusini tahlil qilishga o’tish mumkin.

“Tekshiruv suxbati” va “mushuk qopda” usullari yordamida amalga oshirish. Bu usulni amalga oshirish uchun shu mavzuga oid savollar tuzulib konvertga solinadi, har bir talaba bittadan savol oladi va o’zining javobini 2 min davomida yozadi, kegin hamma javob variantlarini muhokama qilishadi va eng tog’risi tanlanadi.



6.2.Analitik qism.

Mashg’ulotning ikkinchi qismida muamoning analitik yechimini toppish kerak. Shu maqsadda vaziatli masalalardan foydalaniladi. Shundan so’ng talabalarga mavjud bo’lgan ko’rgazmali materiallar – analizlar va EKG taqdim etiladi.

Vaziatli masalalar yechilgandan va ko’rgazmali materiallar o’rganilgandan so’ng talabalarni bajarilgan ishlarini analiz qilishga o’rgatish kerak – taxminiy tashxisni aniqlash kerak.

Testlar


  1. Quyida keltirilganlardan qaysi biri MIga olib keladi?

  1. Tojsimon arteriyalar aterosklerozi

  2. Gidrotoraks

  3. Mitral stenoz

  4. Tojsimon arteriyalar tromboemboliyasi

  5. Tojsimon arteriyalar spazmi

  1. MI uchun ko’proq xos bo’lgan xatar omilini tanlang?

  1. Giperxolosterinemiya

  2. Anemiya

  3. Proteinuriya

  4. Cheksh

  5. Semirish

  1. MIning qandey formalari bo’ladi?

  1. Anginoz forma

  2. Astmatik forma

  3. Holestatik forma

  4. Astsitik forma

  5. Abdominal forma

  1. MIning qaysi formalari atipikdir?
    A) Anginoz

B) Abdominal

C) Astmatik

D) Astsitik

E) Xolestatik

5. To’sh artidagi chidab bo’lmaydigan, chap yelkaga, qo’lga tarqaladigan va nitroglitserin bilan bir soatgacha bartaraf etilmaydigan og’riq qaysi kasallik uchun xos?

A) stenokardiya

B) Revmokardit

C) MI


D) Septik endokardit

E) Aortit

6. Og’riq huruji qancha davom etganda MIga shubxalanish mumkin?\

A) 30 min davom etadigan og’riq

B) 3-5 min davom etdigan og’riq

C) 5-40 mingacha davom etadigan og’riq

D) Bir sutkadan ko’proq

E) 15 mindan kamroq

7. MIning astmatik formasi uchun xos bo’lgan simptomlar:

A) Kongil aynishi, qusish, dispepsiya,

B) Kollaps

C) Hansirash, bo’g’ilish, havo yetishmasligi hissi

D) Yurak urishi, Yurak ishining buzulishi

E) Bosh og’rishi, Bosh aylanishi

8. MIning abdominal formasi uchun xos simptomlar:

A) Kongil aynishi, qusish, dispepsiya,

B) Kollaps

C) Hansirash, bo’g’ilish, havo yetishmasligi hissi

D) Yurak urishi, Yurak ishining buzulishi

E) Bosh og’rishi, Bosh aylanishi

9. Umumiy ko’zdan kechirishda aniqlanadi:

A) Tomir yulduzchalari

B) Palmar eritema

C) Teri qoplamining oqligi, terlashning kuchayishi

D) Astsit

E) Akrotsianoz

10. MIning tekshirganda AB:

A) Doim baland

B) Doim past

C) Birinchi soatlarda baland kegin past

D) Sistolik baland, diastolik past

E) Sistolik past, diastolik baland

11. O’tkir davrda auskultasiyada eshtiladi:

A) Birinchi tonning kuchayishi, sistolik shovqin

B) Tolarning bo’g’iqligi, Galop ritmini aniqlanishi

C) Dyurozye – Vinogradova shovqini

G) Flinta shovqini

E) Yurak uchida diastolik shovqin, aorta ustida II ton aktsenti

12. MI uchun quyidagi fermentlar aktivligi oshishi xos:

A) AsAT


B) ALT

C) LDG


D) KF (keratinfosfokinaza)

E) GGT (gammaglyutamin transferaza)

13. O’tkirlashayotgan davr davom etadi:

A) Okklyuziyadan so’ng nekroz hosil bo’lguncha bir-necha soat

B) Kasallikning dastlabki 3-5 kunida

C) O’rtacha 5-6 hafta

D) 5-6 oy davom etdi

E) 1 hafta saqlanadi

14. Otkir davr davom etdi:

A) Okklyuziyadan so’ng nekroz hosil bo’lguncha bir-necha soat

B) Kasallikning dastlabki 3-5 kunida

C) O’rtacha 5-6 hafta

D) 5-6 oy davom etdi

E) 2 oy saqlanadi

15. O’tkir osti davr davom etadi:

A) Dastlabki bir-necha soat

B) Kasallikning dastlabki 3-5 kunida

C) O’rtacha 5-6 hafta

D) 5-6 oy davom etdi

E) 2 oy saqlanadi

16. MIda shikastlanish zonasi namoyon bo’ladi:

A) T ning yoysimon ko’tarilishi bilan

B) Manfiy T

C) keng va chuqur Q

D) Kengaygan QRS

E) QRS ning kamayishi

17. MIning O’tkirlashayotgan davrida EKG:

A) Ko’tarilgan yoysimon ST sigmenti

B) Manfiy T tishining hosil bo’lishi

C) S-T izoelektrik chiziqda

D) chuqur va keng Q

E) Tog’orasimon T tish

18. O’tkir davrda EKG:

A) Ko’tarilgan yoysimon ST sigmenti

B) Chuqur Q, kichik R, T tishining pasayishi

C) S-T izoelektrik chiziqda

D) chuqur Q, manfiy T tishi

E) Tog’orasimon T tish

19. O’tkir osti davrda EKG:

A) Ko’tarilgan yoysimon ST sigmenti

B) Chuqur Q, Manfiy T tishining hosil bo’lishi

C) Chuqur Q, S-T izoelektrik chiziqda

D) chuqur Q, baland R

E) Tog’orasimon T tish

20. MIni davolashda qollaniladi:

A) Parenteral nitratlar

B) Gipotenziv preparatlar

C) Analgetiklar

D) Antibiotiklar

E) Antikoagulyantlar



Vaziyatli masalalar

  1. Bemor erkak 48 yoshda, klinikaga tez tibbiy yordam mashinasida keltirilgan bo’lib shikoyatlari to’sh ortidagi, chap yelka va qo’lga tarqaluvchi, Nitroglitserinni til ostiga qabul qilganda ham yo’qolmaydigan og’riq, holsizlik, bosh aylanishi, terlash.

Tekshirganda AB 110/70 MM. S. U., puls 64, to’liqsiz va kam taranglashgan. Yurak tonlari bo’g’iq, ritmik.

Qaysi kasallik haqida gap ketyapti? Bu bemorda kasallikning qandey formasi? Kassalik diagnostikasiga nima eng yaxshi yordam beradi? Qon ko’rsatkichlari qandey o’zgaradi? EKGda qandey o’zgarishlar aniqlanadi?



  1. Bemor 64 yoshli erkak klinikaga qorindagi ayniqsa kurak osti soxasidagi og’riq, ko’ngil aynishi, yengillik olib kelmayotgan qayd qilish, holsizlik bosh aylanishi shikoyatlari bilan qabul qilingan. Diurez normada. Stul bo’lmagan. EKG olingan Biribchi standart ulanishda ST segmenti izoliniyadan pastga siljigan, II, III standart ulanishlarda ST segmenti baland.

Qaysi kasallik haqida gap ketayapti? Bemorda kasallikning qaysi formasi mavjud?

Qo’shimcha ma’lumotlar bilan aniqlashtirish, talabalarning o’zini – o’zi nazorat qilishi.



6.3 Amaliy qism.

Amaliy qism amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirishga qaratilgan. Bu qismda revmotologiya bo’limida talabalar o’qituvchilari nazoratida bemorlani kuratsiya qilishi kerak. 2-3 ta MI ti bo’lgan bemor tayyorlanadi. Obxod paytida talabalarning e’tibori bemorlarning quyidagi shikoyatlariha qaratiladi: Yurakdagi og’riqlar xarakteriga, ko’zdan kechirish. Anamnez yig’ish ketma-ketligiga e’tibor qaratiladi.

Fizikaviy tekshiruvlar auskultativ ma’lumotlar olishga qaratilgan. Tekshirishda olingan barcha ma’lumotlar, amaliyot daftariga tushuriladi.

Kegin guruxda bemor tahlil qilinadi: talabaning muloqot qilish qobiliyati, bemor haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish qobiliyati baholanadi. Amaliy mashg’ulot natijalari tahlil etilganda nafaqat og’zaki javobning to’liqligi, balki, ma’ruza va amaliyot daftarlarining borligi shuningdek, bemorni tekshirishda talabani qatnashishi inobatga olinagi.



7. Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari.

Interaktiv usul:

Bu “teksiruv suxbati” va “Aylana stol” usullari yordamida amalga oshiriladi.



Vazirfa misollari:

  1. MI bu – tojsimon qon – tomirlarda qon aylanishining buzulishi natijasida, yurak mushaklarida nekroz o’chog’i rivojlanishi bilan xarakterlanuvchi, kasallik bo’lib hisoblanadi.

  2. MI ning etiologiyasi bo’lib hisoblanadi:

Tojsimon arteriyalarning aterosklerozi yoki trombozi

  1. MI dagi asosiy symptom:

To’sh ortidagi, chap yelka va qo’lga tarqaluvchi, davomiyligi 30 min.dan ko’proq bo’lgan, Nitroglitserinni til ostiga qabul qilganda ham yo’qolmaydigan kuchli og’riqdir.

  1. Stenokardiya bilan og’rigan bemorni ko’rikdan o’tkazilganda quyidagilar aniqlanadi:

Oqarganlik, yopishqoq-sovuq ter, lablarning sianozi, akrotsianoz, bemor kuchli qo’zg’algan holatda bo’lishi mumkin.

  1. MI ti bor bemorlarda yurak uchi turtkisi palpatsiyasida aniqlanadi:

Kuchsiz, past, norezistentli bo’lishi mumkin

  1. MI da nisbiy bo’g’iqlikning chap chegarasining o’zgarishi:

O’zgarmagan, ayrim hollarda chapga kengaygan

  1. MI da nisbiy bo’g’iqlikning o’ng chegarasining o’zgarishi:

O’zgarmagan

  1. MI da nisbiy bo’g’iqlikning yuqorigi chegarasining o’zgarishi:

O’zgarmagan

  1. MI da absolyut bo’g’iqlik qanday o’zgaradi:

O’zgarmagan

  1. MI ti bor bemorlarni o’pkasini qismini auskultatsiya qilganda nimalarni eshitish mumkin:

Ayrim hollarda kichik pufakchali, jarangsiz nam xirrilashlarni eshitish mumkin

  1. MI ti bor bemorlarni yurak auskultatsiyasida nimalarni eshitish mumkin:

Tonlarning bo’g’iqligini, Galop ritmini, yurak uchidagi sistolik shovqinni, plevra ishqalanishi shovqinini eshitish mumkin.

  1. Stenokardiyada puls qanday ozgaradi:

Ritmli yoki ba’zan ritmsiz, ikki qo’lda bir xil, tazlashgan, to’lishish va taranglashish pasaygan.

  1. MI da AB ning o’zgarishi:

Boshlanishida ko’tarilishi mumkin, keyinchalik pasayadi

  1. MI da umumiy qon analizining o’zgarishlarini toshuntirib bering (“qaychi” sindromi):

Birinchi kunlarda leykotsitlar soni oshad, 10 sutkalardan kegin esa ularning soni kamaya boshlaydi. ECHT esa, birinchi kunlada normada, 10 sutkalardan kegin esa ko’tarilishni boshlaydi.

  1. MI ning o’tkir davri EKGsini chizib bering:

  2. MI ning o’tkir osti davri EKGsini chizib bering:

  3. MI ning tiklanayotgan davri EKGsini chizib bering:

  4. MI ning chandiqlanish davri EKGsini chizib bering:

  5. MI ning kichik o’choqli formasida EKGda kuzatiladigan o’zgarikshlar:

S – T SIgmenti izoliniyadan pastda, manfit T

  1. MI ning asosiy davolash prinsiplari:

Absolyut tinch holatni yaratib berish, og’riqsizlantirish, simptomatik davo.

  1. MI ning asoratlarini bilasiz:

Kardiogen shok, Yurak anevrizmasi, Aritmiya, Desseler sindromi, Yurak yorilishi.

8. Joriy nazoratni baxolash mezoni



O’zlashtirish (%)va ballarda

Baho

Talabaning bilim darajasi

1.

86-100

A’lo «5»

MI simptomatikasini biladi. MI bilan kasallangan bemorlarni mustaqil so’rab-surushtira oldi. MI da birinchi yordam ko’rsata oladi. Amaliy ko’nikmalarni qadamba-qadam bajarilishini o’zlashtirdi (palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya). Labarator analizlar va EKGni tahlil qila oldi.

2.

71-85

Yaxshi «4»

MI simptomatikasini biladi. MI bilan kasallangan bemorlarni mustaqil so’rab-surushtira oldi. MI da birinchi yordam ko’rsata oladi. Amaliy ko’nikmalarni qadamba-qadam bajarilishini o’zlashtirdi (palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya). Amaliy ko’nikmalarni qadamba-qadam bajarilishini o’zlashtirdi, lekin to’liq emas.

3.

55-70

Qoniqarli «3»

MI simptomatikasini biladi. MI bilan kasallangan bemorlarni mustaqil so’rab-surushtira oldi. MI da birinchi yordam ko’rsata oladi. Amaliy ko’nikmalarni qadamba-qadam bajarilishini o’zlashtirdi (palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya). MI bilan kasallangan bemorlarni mustaqil so’rab-surishtira oladi. Lekin to’liq emas.

4.

0- 54

Qoniqarsiz «2»

MI xaqida aniq tasavvurga ega emas.Bilmaydi.



9. Mashg’ulotning xronologik haritasi



Mashg’ulot bosqichlari

Forma

Davomiyligi (min)

1

O’qituvchining kirish so’zi. Slaydlar, interaktiv o’yinlar yordamida mavzuni tahlil qilish. Talabalarning shu kungacha bo’lgan bilim darajasini baholash.




5

2

So’rov. Tushuntirish

25

3

Mavzuning xulosasi




5

4

O’qituvchi tomonidan obyektiv tekshirish usulini, bajarish ketma-ketligini namoish etilishi.

“Ko’ngilli” talaba MI bilan ag’rigan bemor o’rnida bo’ladi.

25

5

Guruxning nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalar bo’yicha bilim darajasini bahilash.

Og’zaki so’rov, Test, Diskussiya, Amaliy ko’nikmalar

20

6

O’qituvchining xulosasi. 100 ballik sistemada talabaning bilimini baholash. Keying darsga vazifa berish.

Informatsiya, mustaqil tayyorlanish uchun savollar.

10

10. Tekshiruv savollari.

11.Foydalanilgan adabiyotlar:

Asosiy:

  1. “Ichki kassalliklar propidevtikasi” V. X. Vasilenko, A. L. Grebnev, Moskva 1989 yil.

  2. “Ichki kassalliklar propidevtikasidan amaliy mashg’ulotdan qo’anma” O. G. Dovgyallo Minsk 1986

  3. “Ichki organlar kasalliklarining asosiy semiotikalari” Atlas A. V. Strutinskiy, A. P Baranov, G. E. Roytbergsh, Yu. P. Gaponenko. Moskva 1997

  4. Konspektlar va ma’ruza daftari.

Qo’shimcha:

  1. “Ichki kassalliklar propidevtikasi” A. A. Shelagurov 1975 yil

  2. “Ichki kassalliklar diagnostikasi” B. S. Shkiller 1972 yil




Download 35,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish