Gonotsitlar jinsiy bolish tomon harakat qiladi. Bu homilaning 3-haftasi oxirida boshlanib, 4-haftasida kuchayib ketadi. Birlamchi jinsiy hujayralar – gonotsitlar migratsiyasi qon tomirlar orqali takomillashayotgan qon elementlarining harakati ta’sirida yuzaga keladi. Embrion takomili 4-haftasida birlamchi buyrakning medial tomonini qoplovchi selom epiteliyda jinsiy hujayralar aniqlanadi va ular kichik do’mboqcha hosil qiladi. Shu davrda jinsiy hujayralarning yadrosi och bo’yaladi va ular sitoplazmasida ishqoriy fosfataza aniqlanadi. Jinsiy bolish to’qimasida maxsus oqsil modda ishlab chiqarilishi taxmin qilinadi. Gonotsitlarning jinsiy bolishlar tomon siljishining asosiy omili ana shu modda tomon yo’nalgan xemotaksisdir.
Birlamchi jinsiy hujayralar epiteliyga botib kirish arafasida o’z glikogenini yo’qatadi va epiteliydan mezenximaga siljib borayotgan vaqtida qaytadaan to’plab oladi. Bu yerda hujayralar aktiv ko’payadi. Gonotsitlarda giglikogen miqdorining bunday o’zgarishi shu moddaning birlamchi jinsiy hujayralar siljishida energiya manbai ekanligidan dalolat beradi.
Birlamchi jinsiy hujayralar epiteliyga botib kirish arafasida o’z glikogenini yo’qatadi va epiteliydan mezenximaga siljib borayotgan vaqtida qaytadaan to’plab oladi. Bu yerda hujayralar aktiv ko’payadi. Gonotsitlarda giglikogen miqdorining bunday o’zgarishi shu moddaning birlamchi jinsiy hujayralar siljishida energiya manbai ekanligidan dalolat beradi.
Jinsiy bolishlardan birlamchi buyrak stromasiga follikulyar hujayra bilan o’raglan gonotsitlardan iborat jinsiy iplar – tizimchalar o’sib kiradi. Shuning bilan bir vaqtda birlamchi buyrakdan kloakagacha davom etuvchi birlamchi buyrak nayidan shu nayga parallel yo’naluvchi paramezonefral nay (Myuller nayi) ajralib chiqadi. Paramezonefral nay ajralishi bilan jinsiy sistema taraqqiyotining indeferent davri nihoyasiga yetadi. Shundan keyin erkak va ayollar organizmida jinsiy sistema turlicha rivojlanadi.
Erkak organizmining taraqqiyotida birlamchi buyrakning yuqori qirrasi bo’ylab jinsiy bolishlardan h.b. jinsiy tizimchalar – seksual tasmalar o’sib kira boshlaydi. Ular keyin egri-bugri urug’ tizimchalari nomini oladi. Embrional taraqqiyotning 4-oyidan boshlab, kompakt bo’lgan urug’ tizimchalarida bo’shliq paydo bo’lib, ular egri-bugri yo’llarga aylanadi (tubulus seminifer contortus). Urug’ yo’llarining shakllanishi bilan bir vaqtda chiqaruv yo’llar ham shakllanadi. Birlamchi buyrak kanalchalari bilan urug’ kanalchalari orasidagi aloqa epithelial tizimchalar yordamida o’rnatiladi. Bu tizimchalar Mixalkovich tizimchalari yoki Gofman kanalchalari deyiladi. Bu kanalchalar to’g’ri kanalchalarni (tubulus seminifer rectus) va urug’don to’rini (rete testis) hosil qiladi. Birlamchi buyrak oldingi bo’limining kanalchalari olib chiquvchi kanalchalar (ductus efferentis testis) ga aylanadi va urug’don boshchasini hosil qiladi.