TIL
Til (lingua, Yunoncha – glossa) muskullardan tuzilgan bo‘lib, og‗iz bo‘shlig‗ida
joylashgan. Til faqat hazm a‘zolariga mansub bo‘lmasdan, so‘zlashda, talaffuzda
bevosita faol qatnashadi. Tilning oldida til uchi – apex linguae, o‘rtasida til tanasi –
corpus linguae va orqa kengaygan qismida til ildizi – radix linguae bo‘ladi. Tilning
uchi va Yon tomonlari (margo linguae) tishlarga tegib turadi. Tilning ustki
Yuzasining orqa qismi (dorsum linguae) bo‘rtgan bo‘lib, tanglayga qaragan. Pastki
Yuzasi (facies inferior) tilning faqat old qismida bo‘ladi. Tilning ustki Yuzasining
o‘rtasida (dorsum linguae) joylashgan egatcha (sulcus medianus linguae), orqada ko‘r
teshik (foramen caecum) bo‘lib tugaydi (bu teshik embrional davrdagi qalqonsimon
bez nayining o‘rni) ko‘r teshikdan har ikki tomon bo‘ylab uncha chuqur bo‘lmagan
―V‖ raqamga o‘xshash chegaralovchi egatcha (sulcus terminalis) joylashgan. Tilning
bu qismlari embrional davrda turli ko‗rtaklardan rivojlanishi va keyinchalik qo‘shilib
ketishdan darak beruvchi qoldiqdir. Tilning shilliq pardasi I, II, III va IV jabra
cho‘ntaklaridan rivojlanganligi sababli ushbu ravoqlarni innervatsiya qiluvchi V, VII,
IX va X juft bosh miya nervlari ishtirok etadi. Tilning ustki Yuzasida to‘rt xil
so‘rg‗ich (papillae linguales) mavjud.
Til va hiqildoqqa kirish qismi.
1–rima glottidis; 2–plica vacalis; 3–plica vestibularis; 4–plica aryepiglottica; 5–
epiglottis; 6–plica glossoepiglottis lateralis; 7–tonsilla palatina; 8–foramen caecum
346
linguae; 9–papillae foliatae; 10–papilla vallatae; 11–papillae conicae; 12–papillae
filiformes; 13–apex linguae; 14–sulcus medianus linguae; 15–dorsum linguae; 16–
corpus linguae; 17–papillae fungiformes; 18–sulcus terminalis; 19–folliculi linguales;
20–tonsilla palatina; 21–radix linguae; 22–plica glossoepiglottica mediana; 23–
vallecula epiglottica; 24–recessus piriformis; 25–tuberculum cuneiforme; 26–
tuberculum cornicularum; 27–incisura interarytenoidea.
1. Ipsimon so‟rg„ichlar – papillae filiformes et conicae tilning ust Yuzasida
duxobasimon tus berib joylashgan. Bu so‘rg‗ichlar ovqatni qabul qilishda,
chaynashda va halqumga yo‘naltirishda hamda ovqat luqmasining Yumshoqligi va
uning mexanik xususiyatlarini sezishda qatnashadi.
2. Zamburug„simon so‟rg„ichlar – papillae fungiformes tilning uchi va
Yonlarida joylashgan bo‘lib, ta‘m bilishda xizmat qiladi.
3. Halqa bilan o‟ralgan (tarnovsimon) so‟rg„ichlar – papillae vallatae 7–12 ta
bo‘lib, tilning ildizi va tana chegarasida, ko‘r teshikning ikki Yonboshida rimcha ―V‖
raqami shaklida joylashgan. Ularda ta‘m bilish so‘g‗onlari juda ko‘p.
4. Varaqsimon yoki bargsimon so‟rg„ichlar – papillae foliatae kitob varaqlari
kabi tilning Yonlarida joylashib, ta‘m bilishda qatnashadi.
Tilning pastki Yuzasi faqat oldingi qismidagina erkin, qolgan qismi til ildiziga
qo‘shilib ketgan. Pastki Yuzadagi shilliq qavat hisobiga ikkita g‗ijim burma (plica
sublingualis) hosil qilgan.
Til mo‗rtagi – tonsilla lingualis tilning shilliq qavatida yakkama-yakka yoki
to‘planib joylashgan limfoid to‘qimadan iborat. Mo‗rtaklar ko‘proq til ildizi sohasida
uchraydi.
Til muskullari xususiy va skelet muskullaridan iborat. Uch juft skelet muskullari
skeletning biror joyidan boshlanib, tilga tutashadi.
347
1. Engak-til osti muskuli – m. genioglossus pastki jag‗ suyagining engak
o‘simtasidan boshlanib, tilga tutashadi. Muskul qisqarib tilni pastga va orqaga
tortadi(123).
2. Til osti-til muskuli – m. hyoglossus til osti suyagidan boshlanib, tilning Yon
tomonlariga tutashadi. Tilni pastga va orqaga tortadi(123).
3. Bigiz-til muskuli – m. stylogossus Chakka suyagining bigizsimon o‘sig‗idan
boshlanib, tilning Yonboshiga tutashadi. Muskul qisqarib, tilni Yuqoriga va orqaga
tortadi(123).
Til va halqum muskullari.
1–m. tensor veli palatini; 2–lamina lateralis processus pterygoidei; 3–m. levator
veli palatini; 4–m. constrictor pharyngis superior; 5–m. stylopharyngeus; 6–lig.
stylohyoideum; 7–m. hyoglossus; 8–m. constrictor pharyngis medius; 9–membrana
thyrohyoidea; 10–m. constrictor pharyngis inferior; 11–esophagus; 12–trachea; 13–
m. cricothyroideus (pars obliqua); 14–m. cricothyroideus (pars recta); 15–cartilago
thyroidea; 16–m. thyrohyoideus; 17–os hyoideum; 18–m. geniohyoideus; 19–
mandibula; 20–m. genioglossus; 21–m. longitudinalis inferior; 22–lingua; 23–
maxilla; 24–m. buccinator; 25–m. styloglosus; 26–tuber maxillae.
348
Tilning xususiy muskul tolalari turli tomonga yo‘nalgan. Bu holat tilda ustki va
pastki bo‘ylama muskul m. longitudinalis superior et inferior, ko‘ndalang (m.
transversus) va tikka yo‘nalgan (m. verticalis) muskullar borligini ko‘rsatadi. Bu
muskul tolalari o‘zaro tutashib, chirmashib ketgan. Buning natijasida til turli tomonga
burilib, o‘z shaklini o‘zgartirish xususiyatiga ega. Tilning muskullari ensa
miotomlaridan rivojlanganligi sababli bitta – til osti nervi – n. hypoglossus (XII juft)
hisobiga innervatsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |