Toshkent shahar Chilonzor tumani xtmfmt va teb ga qarashli “shodlik” nomli 526-bog`cha maktab majmuasi



Download 494,5 Kb.
bet11/16
Sana05.12.2022
Hajmi494,5 Kb.
#878875
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Сценарийлар

Toshkent shahar Chilonzor tumani
XTMFMT va TEB ga qarashli
SHODLIK” nomli
526-maktabgacha ta`lim muassasasi



Guruhlar: Tayyorlov


Tarbiyachilar: Ergasheva M.
Ziyayeva N.

Toshkent.


Assalomu alaykum aziz mehmonlar qadrli bolajonlar hammamizga ma`lumki shu kunlarda Respublikamizda xavfsizlik oylari o`tkazilib kelinmoqda, shu munosabat bilan biz 2 tayyorlov guruhi bolalari xavfsizlik oyiga bag`ishlab kichkinagina tadbir tayyorlab kelishgan, marhamat, namoyish qiling.
Здраствуйте уважаемые гости и педагоги. Вы знаете
Республики Узбекистане каждый год этот месяц является
месяцем пожарной охраны.



Ishga tushsa hamma yoq
Yonib kul vayron bo`lar
Yalagandek yalmog`iz
Ship-shiydon, payxon bo`lar.
O`t olovdan asrasin
Seni doim xudoyim
Har narsani o`ylab qili
Hushyor bo`lgin sen doim!
Ishga tushsa hamma yoq
Yonib kul vayron bo`lar
Yalagandek yalmog`iz
Ship-shiydon, payxon bo`lar.
O`t olovdan asrasin
Seni doim xudoyim
Har narsani o`ylab qili
Hushyor bo`lgin sen doim!

O`ynashma olov bilan,
Tili uzun yov bilan
Uchma uning makriga
Yonsa ham qalov bilan
Ish joyi, tandir o`choq
O`t yong`inga do`st o`rtoq
Gugurt emas o`yinchoq
Undan xatar kut har choq.















Не играй на лифте
Узнаеш дым позвони
01 не пугайся
Будь смелым



Не играйся с огнём
Спичка не игрушка
Его рабочее места тандыр очаг
Будь осторожен с огнём



Если увидеш пожар


Где нибудь
Не пугайся
Беги бери ведро песок воды
Отключи газ, электр.
Bugun kechamizga maxsus tez yordam guruhlari tashrif buyurishgan,
qani ular o`zlari haqida nimalar deyishar ekan.

01
Yong`in chiqsa bir yerdan
Yo o`choqdan tandirdan
O`rin bermay qo`rquvga
Yugur chelak, qum, suvga
O`chir gaz elektrni
Darrov terib “01” ni
Xaloskorlarni chaqir
Ular qutqarar axir.

01
Не играйся с огнём
Спичка не игрушка
Его рабочее места тандыр очаг
Будь осторожен с огнём
Позвони 01





02
Har qadamda xavfsizlik
Qoidasi yo`li bor
Xech kim chekmas g`am tashvish
Qilsa shunga e`tibor
Xatarsiz o`tar joyi
Bor yer osti yo`llari
Ola tayoq ushlagan
Mirshablarning qo`llari.





02
Увидеш аварию
Несчастную случаю
Непугайся позвони 02
Не перебегай на проежую часть
Не смотри из открытых окон.




03
Cho`kayotgan odamga
Xas ko`rinar qayiqday
Agar qo`ling uzatsang
Tortar naxang baliqday
Tanasini quchoqlab
Sudrab sohil chekkaga
So`ngra boshin qilib quyi
Ol oyog`ing yelkaga
Ustiga yop ne bo`lsa
Issiq shirin choy ichir
“Tez yordam” kelmaguncha
Tepasidan ketmay tur
04

03
Заболеет друг мама,
Бабушка, сестра
Болеет живот температура
Судурги срываеш
Позвони 03
04




Gaz hidini sezganda
Otdan tush g`ururni sur.
Siz deb gaplash gaz bilan
Sen desang o`zingdan ko`r
Yo`qdir gazning tutuni
Sezgach uning hidini
Deraza eshikni och
O`zing bir chekkaga qoch
Son`g shoshma, o`ylab ish tut
Yoqma chiroq ham gugurt
Telefonga tez yugur
Qil qo`ng`iroq “04”

Если будет пожар
Чуствуеш запах газа
Открой двер и окна
Не включай свет спичку
Не зажегай и звони 04















Rahmat mehmonlar o`zlaringiz haqingizda qisqacha bo`lsada ma`lumot berib o`tdingiz.
Ana endi navbatni musiqali tanaffusga beramiz.
Marhamat yigitlar.
Yana navbat she`rga.







Nozik teri tananing
Kuygani qurib keltsin
Kuyib azob chekkandan
Kuymaganga ne yetsin.
Falokat yuz berdimi?
Yong`inni tez o`chiring
Kuygan joyni avaylab
Davolashga kuch bering.



Turli tuman falokat
Ko`cha ko`yda ham mo`ldir
Yo`qolib qolsang boqar
Ko`zlaring mo`lt-mo`lt
Shunday payt qimirlamay
Yig`lamay joyingda tur
Do`kondan do`konchini
Yoki mirshabni qidir.






Hozir endi navbatni sahna ko`rinishiga beramiz.

Bolalar uyda yolg`iz qolganinggizda elektr, gaz, olov bilan o`ynamang oqibati mana bunday holatga olib keladi.


Marhamat navbat she`rga.





Gazmi, yong`in qaynoq suv
Kislotami yo ishqor
Xullas kalom olamda
Kuydirguvchi neki bor
Bari inson hayoti
Sog`ligi kushandasi
Yondirish va kuydirish
Asosiy vazifasi.



Chorraxadan o`tishning
Qoidasi bor axir
Yo`lovchi avval chapga
So`ng o`ng tomonga qaraydur
Eng yaxshisi bir guruh
Odamlar bilan o`tish
Buning uchun zarurdir.
Ularni bir oz kutish.



Sahna ko`rinishi. Rus guruhi bolalari ishtirokida

Инстенировка русская группа.


She`r.
Ниеш снег и сосулки


Не играй настройки
Не смотри из балкона
Не свешивайся из окна.

Bugungi tadbirimizga MCHS xodimlari tashrif buyurishgan. Ular sizlarga xavfsizlik haqida qisqacha ma`lumot berib o`tmoqchi.


Xayrlashuv so`zlari.


На этом наше мероприятие подошла к концу. Спасибо за внимания.

Toshkent shahar Chilonzor tumani
XTMFMT va TEB ga qarashli
SHODLIK” nomli
526-maktabgacha ta`lim muassasasi



Guruh: Tayyorlov


Tarbiyachi: Ergasheva M.
Toshkent.
Navoiyxonlik kechasi”

Assalomu alaykum aziz mehmonlar biz sizlar bilan bu yerga yig`ilishimizdan sabab buyuk siymolarni yod etishdir.


Mustaqil O`zbekistonimizda bobokalonimiz A.Navoiyning 571 yilligi nishonlanmoqda.
Shu munosabat bilan bizning guruhimiz bolalari “Navoiyxonlik kechasi” ni tayyorlab kelishgan. Marhamat tomosha qiling.
Mumtoz kuy ostida Husayn Boyqaro va vazir janoblari kirib keladi.
Vazir: Bir qoshiq qonimdan keching, ne bo`ldi shoxim, nechun g`amginsiz?
Husayn Boyqaro: Ko`nglim nenidir istaydur, lekin bilmaydurmen.
Vazir: Menda bir fikr bor. Agar ruxsat bersangiz saroy ahlini chaqirtirsak.
Bolalar musiqa ostida kirib kelishadi.
Vazir: Sizlarni yig`ishimdan maqsad shoximizning ko`ngli nimadir istamoqda, lekin ko`ngillariga yo`l topa olmayapmiz. Kimda kim shoximizni xushnud qila olsalar shohimiz ul kishini taqdirlaydilar.

Vazir: Vazir janoblari menda bir she`r bor.


Vazir: Qani eshitaylik.


Ko`p jahongir ko`rgan bu dunyo


Hammasiga yer osti guvoh
Lekin do`stlar she`r ahli aro
Jahongiri kam bo`lar rosti
Besh asrki nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir she`r
Temur tig`i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher
Dunyo bo`ldi chamanim manim
O`zbekiston Vatanim manim.

Vazir: Vaziri olam menda bir taklif bor.


Vazir: Qani –qani qanaqa taklif ekan?
Vazir: Hozir bir daqiqa. Men shoximizga dunyodagi eng chiroyli gullarni keltirdim.

Shox yuzini o`girib oladi.


Vazir: Sovg`angiz shoximizga yoqmadi.

Shu payt vazirlar, saroy a`yonlari bir-birlari bilan shivirlashib maslahatlashadilar.


Vazir: Shoxim do`stingiz Mir Alisher tashrif buyurdilar.


Keling-keling Mir Alisher. Men shoximizga xushbo`y nonlardan keltirdim.

Shoh: Barakallo, ofarin, oh-oh!


Shoh o`rnidan turib: Non isidek xushbo`y hid bu dunyoda yo`qdir. Bu ne`matdan keeling, sizlar ham tatib ko`ringlar.


Bosh: Shunday qilib Mir Alisherning sovg`asi shohimizga manzur bo`ldi. Bolajonlar, shunday qilib mehmonlarimizga Alisher Navoiy bobomiz haqida qisqacha ma`lumot berib o`tsak.


Alisher Navoiy buyuk mutafakkir, shoir, olim, davlat arbobi bo`lgan, u 1441 yil 9 fevralda Hirot shahrida tug`ilgan. Otasi G`iyosiddin Kichkina, onasi esa Amirzodaning qizi bo`lgan.


Yosh Alisher 9 yoshidanoq she`rlar yoza boshlagan, Farididdin Attorning “Qush tili” asarini yod olgan Navoiy o`z asarlariad insonlarni yaxshilikka, halol mehnat qilishga, Vatanni sevishga chaqiradi.

Alisher Navoiy 60 yil umr ko`rdi. Ammo nihoyatda ko`p kitoblar yozishga ulgurdi. Uning eng yirik asarlaridan biri “Xamsa” dostonidir.


“Xamsa” dostoni 5 asarni o`z ichiga oladi.





  1. “Hayrat-ul abror”

  2. “Farhod va Shirin”

  3. “Layli va Majnun”

  4. “Sabbai sayyor”

  5. “Saddi Iskandariy”

Bosh: Aziz bolajonlar Alisher Navoiy bobomiz haqida qisqacha bo`lsada ma`lumot berib o`tdingiz. Ana endi Navoiy bobomiz haqidagi she`rlardan eshitamiz.





Hirot tuprog`ida voyaga yetgan
Qush tili so`zlarin munavvar etgan
Yillar to`zonidan sog`-omon o`tgan
Navoiy bobomlar buyuk odamlar.



“Xamsa” si ko`ngilni shamdek yoritgan
Tilimizni ko`rkam boy etgan.
Mag`ribu mashriq ham iftixor etgan
Alisher bobomlar buyuk odamlar.



Mir Alisher otam zabondir


Umri boqiy omon-omondir
G`azallari fidoyi jondir.
Navoiy bobomlar buyuk odamlar.

Raqs: Qizlar ijrosida


Bosh: Alisherning onasi bilan muloqoti.





Bilmam qanday ayol bo`lgan
Alisherning onasi
Balki uning aqliga ham
Lol qolgan zamonasi
Balki uning ko`zlarida
Bo`lgan og`ir bir hayol
Balki g`amgin bir zotdir u
Balki sho`xchan bir ayol.

Balki buyuk farzandiga
Terib kelgan chechaklar
Balki tunlar unga bedor
Aytib bergan ertaklar
Mayliga u kim bo`lmasin
Yolg`iz bir so`z ma`nosi
Alisherning onasi u
Navoiyning onasi.

Alisherning onasi: Mir Alisher o`g`lim qo`lingdagi qanday kitob?


Alisher: Payg`ambarimizning hadis kitoblari onajon! Hadislardan yod olgan edim, o`qib beraymi?
Alisherning onasi: Qani o`g`lim eshitaylik.
Alisher: “Oralaringizda salom berishni tarqatinglar, bir-birlaringga muhabbatlaring ziyoda bo`lsin. Salomdan oldin gap boshlamanglar. Mo`minning afzali xulqi yaxshirog`idir” – degan ekanlar.
Alisherning onasi: Barakallo Mir Alisher Payg`ambarimizhadislarin doim yodda tutgin.
Ikkalasi chiqib ketishadi.

Bosh: Endi Alisher Navoiyning hikmatli so`zlaridan eshitamiz.





Odam borki odamlarning naqshidir
Odam borki hayvon undan yaxshidir.



Olamdan g`amsiz o`tay desang
Ilmu hunar o`rgan.



Odami ersang demagil odami
Onikim yo`q xalq g`amidin g`ami.



Hunarni asrabon netgumdir axir
Olib tuproqqami ketgumdir axir.



Haq yo`lida kim senga bir harf o`qitmish ranj ila


Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuz ganj ila.

Turk nazmida chu men tortib alam


Ayladim ul mamlakatni yak qalam.

Bosh: Ana endi navbatni sahna ko`rinishiga beramiz.


Vazir: Choy iching, shoxim.


Shoh: Rahmat


Vazir: Mirshablar davraga raqqoslarni taklif qiling shohimiz bir oz hordiq chiqarsinlar.


Raqs: “Arabcha”

Shoh: Bo`ldi bas, yetar ko`nglim kimnidir istayapti.


Vazir: Do`stingiz Mir Alisherni huzuringizga chorlay-mi shohim?


Shoh: O`zlari qayerdalar?


Vazir: Navoiy do`stingiz bog`dalar.


Shoh: Qani Vazir janoblari do`stim Alisherni huzurimga chorlang.


Vazir chiqib ketadi.


Shoh choy ichib kitob varaqlab o`qib turadi.


Davraga Alisher va Vazir kirib keladi.


Alisher: Assalomu alalkum shohim.


Shoh: Keling, keling vaalaykum assalom, xush ko`rdik.


Nechun do`stim shoirlar majlisida ko`rinmay qoldingiz desam bog`bonlik qilayotirsizmi?

Alisher: -“Ko`klam kelsa ko`chat ek” – degan ekan mashoyixlar. Bog`imizdagi qurigan olma daraxtlari o`rniga yangi yong`oq ko`chatlarini ekadurmen.


Shoh: -Ey do`stim, sizga bog` qilishning ne hojati bor? Axir bu yong`oqlaringiz qachon hosilga kiradi-yu, siz qachon yeysiz. Keksalik gashtini shu bog`dagi soya-salqinda g`azal bitib o`tirsangiz bo`lmaydirmu?


Alisher: “Yaxshidan bog` qoladi” degan naqlni eshitmaganmisiz do`stim? Men bu ko`chatlarni o`zim uchun emas, bizdan keyingi avlodlar ham mevasidan bahramand bo`lishini istaydurmen. Bu bog` Alisherdan qolgan desalar qanday yaxshi.


Shoh: Ofarin! Do`stim saxovatingizga qoyil qoldim. Mana buni olib qo`ying.


(Sandiqchadan olib beradi)

Alisher: Ana ko`rdingizmi, ekayotgan ko`chatlarim hozirdanoq hosil bera boshladi.


Shoh: Hozirjavobligingizga qoyilman, ofarin yuring do`stim bog`ingizga.


(Chiqib ketadi)

Bosh: Navbat endi Navoiy bobomiz g`azallari va ruboiylariga.





Jondin seni ko`p sevarman ey umri aziz
Sondin seni ko`p sevarman ey umri aziz
Har neni sevmoq sendin ortiq bo`lmas
Ondin seni ko`p sevarmen ey umri aziz.



Ham so`z ila elga o`limdan najot
Ham so`z ila topib o`likdan hayot
Ganch berib bo`lmas ekan tutsa ko`z
Ulga qilur vaqtida bir yaxshi so`z.



G`urbatda g`arib shodmon bo`lmas emish
El anga shafiqu mehribon bo`lmas emish
Oltin qafas ichra qizil gul bitsa
Bulbulga tikondek oshyon bo`lmas emish



Boshni fido ayla ato qoshig`a
Jismni qil sadqa ano boshig`a
Ikki jahoningga qilarsan fazo
Hosil et ushbu ikkisin rizo.



Tunu-kuning aylagin nurafshon
Birisin oy angla birisin quyosh
So`zlaridan qo`yma qadam tashqari
Hadlaridan qo`yma qadam tashqari



Turk nazmida gulin tortib alam
Ayladim ul mamlakatni yak qalam.

Mana shu bilan “Navoiyxonlik kecha”miz ham o`z nihoyasiga etdi.E`tiboringiz uchun rahmat.



Download 494,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish