Toshkent shahar Chilonzor tumani
XTMFMT va TEB ga qarashli
“SHODLIK” nomli
526-maktabgacha ta`lim muassasasi
Guruh: O`rta
Tarbiyachi: Axmedova M.
Toshkent.
Bolalar bayramona kiyingan musiqa sadosi ostida zalga kirib keladi.
O`zbek eliga odat
Avvalo bermoq salom.
Shuning uchun biz sizga
Deymiz salom, assalom.
|
Assalom otajonlar
Assalom onajonlar
Salomini yo`llaydi
Sizlarga bolajonlar.
|
Bosh: Assalomu alaykum aziz mehmonlar va bolajonlar. Sizlarni bugungu bayram bilan tabriklayman. Shu munosabat bilan bizning guruhimiz bayram ertaligi tayyorlashgan marhamat tomosha qiling.
Onajonim mehribonim
Gul tutay qo`llaringizga
Xursand bo`lib yuring doim
Nur bo`lsin dilingizda.
|
Bahor kelsa shoxlarda
Bulbullar nay chaladi.
Ona soz olsa qo`liga
Ajib kuy taraladi.
|
Ashula: “Onajonlar bayrami”
Esar bahol shamoli
Tiniq bo`lsin deb quyosh
Tinmas ona qo`llari
Tinch bo`lsin deb keng jahon.
|
Zumrad bahor quyoshi
Yashnatar chechaklarni
Aziz ona qo`llari
Ulg`aytirar go`daklarni.
|
Raqs: “O`g`il bolalar”
Zalga Sichqoncha yig`lab kirib keladi, oldidan Qurbaqa sakrab-sakrab kirib keladi.
Qurbaqa: Senga nima bo`ldi sichqoncha?
Sichqoncha: Oyimni yo`qotib qo`ydim.
Qurbaqa: Yur mening oyimni oldiga.
Sichqoncha: Yo`q o`zimni oyim yaxshilar.
Qurbaqa: Yur bo`lmasa oyingni qidiramiz.
Musiqa ostida Sichqoncha va Qurbaqa yo`lga tushadilar. Oldilaridan quyoncha chiqadi.
Quyoncha: Sizlar qayerga ketyapsizlar?
Sichqoncha: Oyimni yo`qotib qo`ydim.
Quyoncha: Voy, yur mening uyimga, oyim senga sabzi beradilar.
Sichqoncha: Yo`q o`zimni oyim yaxshilar.
Quyoncha: Yur bo`lmasa oyingni qidiramiz.
Musiqa ostida Sichqoncha, Qurbaqa va Quyoncha yo`lga tushadilar. Oldilaridan Ayiqpolvon chiqadi.
Ayiqpolvon: Qayerga ketyapsizlar?
Sichqoncha: Oyimni yo`qotib qo`ydim.
Ayiqpolvon: Oyingni? Voy, yomon bo`libdiku. Yur mening oyimni oldiga boramiz.
Sichqoncha: Yo`q o`zimni oyim yaxshilar.
Musiqa ostida Sichqoncha, Qurbaqa, Quyoncha, Ayiqpolvon yo`lga tushadilar. Oldilaridan Mushuk chiqadi.
Mushuk: Hammangiz nima uchun shovqin qilib yuribsizlar, meni shirin uyqumdan uyg`otdingiz.
Sichqoncha: Men oyimni yo`qotib qo`ydim.
Mushuk: Oyingni yo`qotgan bo`lsang juda soz, mening juda qornim och.
Ayiqpolvon: Biz hammamiz do`stmiz, senga Sichqonchani berib qo`ymaymiz. Uni oyisini topishga yordam beramiz.
Mushuk: Kelinglar, ko`p tortishmanglar. Uni onasi balki mening qornimdadir! Uni yesam oyisini oldiga boradi, tamom.
Qurbaqa: Yo`q, biz birga kurashamiz, bizni sen aldolmaysan.
Shu payt shovqindan Sichqonchaning onasi yugurib keladi.
Sichqoncha onasi: Bu yerda nima bo`lyapti?
Sichqoncha: Mana mening oyim, hammadan ham chiroyli, hammadan mehrli.
Sichqoncha onasi: Sizlarning hammangizga rahmat.
Musiqa ostida joylariga o`tirib oladilar.
Boshlovchi: Hammaning onasi chiroyli va mehrlidi. Sichqoncha o`z onasini topdi. Bayram davom etadi.
Raqs: “Tomchi”
Qo`shiq aytsam shodligidan
Bag`riga bosib
Har-xil kiyim
Do`ppi tikar menga munosib.
|
Uyqum kelsa alla aytib
Turar boshimda
Kasal bo`lsam birga
Yurar qoshimda.
|
Ashula” Uxlab turdim”
Harakatli o`yin.
8-mart bugun
Onajonlar bayrami
Yo`llariga poyandoz
Dasta gullar boylami.
|
Onajonlar sizlarni
Bayram bilan qutlaymiz
Dasta-dasta gul tutib
Qo`lingizga tutamiz.
|
Raqs: “O`ynasam”
Sizlar borsiz dunyoda
Go`zal ko`rkam bu olam.
Tabriklaymiz chin dildan.
Onajonlar sizlarni.
|
Bahor-bahor, bahorjon
O`gil-qizmiz qaqajon.
Tabiatni uyg`otib
Kelishi xo`p yoqarjon.
|
Bosh: Mana shuning bilan bayram o`z nihoyasiga yetdi. Hammangizni yana bir bor bayram bilan tabriklayman. E`tiboringiz uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |