8.Yelkani ko’tarish va tushurish.
Ushbu mashqni bajarishda bolalar boshini oldinga egmasligi, yelkalarni oldinga burmasligi, bukirsimon bo’lmasligini kuzatish hamda yelkani aniq tepaga ko’tarish va pastga tushurishlari lozim.
Mo’ljallangan mashqlar har 10-15 minutdan so’ng berilishi lozim.Tarbiyachi har bir o’tkaziladigan mashqning maqsadini bilishi muhim ahamiyatga ega, chunki beriladigan mashqlar salbiy ta’sir qilishi ham mumkin.
Gavda mushaklarini, birinchi navbatda, harakatlantiruvchi apparat, qon aylanishi va nafas olish tizimini rivojlantirib olish qaddi- qomatining shakllanishiga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun guvernyor bolalar bilan mashqlarni bajarayotganda bolalarni nafas olishiga, nafas chiqarishlariga e’tibor berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |