O’rta guruhda saflanish va qayta saflanish, mustaqil ravishda doira, juft-juft bo’lib, ketma-ket (kolonaga) saflanish, sherenga saflanish malakalarini mustahkamlash uchun tarbiyachi mashg’ulotning kirish qismida bolalarga quyidagicha qiziq-qiziq topshiriqlar beradi: muayyan tartibda saflanish, keyin signal bo’yicha zalning turli tomonlariga tarqalib yugurish, takroriy ishoraga qarab esa yana tez-tez joy-joyini egallash topshirig’i beriladi.
Saflanish va qayta saflanish, burilish to’g’risidagi ko’rsatmalami tarbiyachi komanda shaklida emas, balki oddiy farmoyish shaklida aytadi. (O’ng tomonga burildik, zal atrofidan yuramiz, bolalar boshlovchilaringiz ketidan zvenolarga bo’linib yuringlar kabi).
Bolalarni o’rta guruhlarda ketma-ket va sherengaga saflashda ular bo’yiga qarab safga turishga o’rgatiladi. Ular safda bir-birlariga urilib tiqilishmasdan erkin turishlari kerakligini tez-tez eslatish lozim. Shuningdek, bolalarga to’g’ri chiziq bo’ylab bir tekis turib (sherenga bo’lib) saflanish tushuntiriladi, bunda oyoq uchlarini bir tekis bo’lishga, ya'ni oyoq uchlari bitta chiziq ustida bo’lishi kerakligi tushuntiriladi.
Keyinchalik bolalar zal bo’ylab tarqalib yurgan vaqtlarida yoki bir-birlarining orqalaridan ketma-ket turib zal atrofida yurgan vaqtlarida zvenolarga bo’linib qayta saflanadilar. Qayta saflanish to’g’risidagi signalni eshitib, boshlovchilar oldindan ko’rsatilgan joylarga borib to’xtaydilar va tarbiyachiga burilib tarbiyachiga qarab turadilar. Qolgan bolalar boshlovchini orqasidan o’z zvenolarida ketma-ket turib saflanadilar.
Katta guruhda bolalar aniq va tartibli sur'atda zvenolarga qayta saflanadilar. Zalni aylanib yurish vaqtida tarbiyachi bolalarga 2-4 zvenoga bo’linishni taklif etadi. Kolonnani boshqaruvchi zalning o’rtasiga borgach turgan joy da qadam tashlaydi, bu vaqtda tarbiyachi zvenoni, boshlovchi bolalar nomini aytadi. Birinchi zveno aylanadi va zal bo’ylab yugurib ketadi, undan keyin qolgan zvenolar boradi.
Tarbiyachining “Ilon izi bo’lib yuring” deb bergan farmoyishidan song ilon izi bo’lib yuriladi. Bu farmoyishga binoan boshlovchi birinchi bo’lib, (chap) yelka bilan yuradi va qarama-qarshi kelayotgan kolonnaga orada bir qadam joy qoldirib, qarab harakat qilishni boshlaydi.
Maktabgacha tayyorlov guruhlarida saflanish va qayta saflanish oldingi guruhlarga nisbatan ancha murakkab bo’ladi. Bu guruhda bolalar “Bir, ikki” sanog’ini o’zlashtiradilar. Tarbiyachining “Bir-ikkilab sanang”-degan komandasi bilan o’ng qanotda turib “bir” deydi va hokazo.
Bittadan yoki ikkitadan kolonna bo’lib ilon izi shaklida yurish mashqlari o’tkaziladi. Bolalar bittadan yoki ikkitadan bo’lib turli tomonlarga tarqalib ketadilar. Zalning yarimidan keyin tarbiyachi: “bir juft pastga, bir juft o’nga”-deb komanda berib turadi. topadi
“Ilk qadam “ davlat o’quv dasturi asosida saflanish mashqlarini guruhlar bo’yicha tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |