Toshkent pedagogika kolleji


Jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini mazmuni va tuzilishi



Download 1,77 Mb.
bet190/227
Sana14.01.2022
Hajmi1,77 Mb.
#360628
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   227
Bog'liq
болалар жисм.тарб

2.Jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini mazmuni va tuzilishi.


"Bolajon" tayanch dasturida har bir yosh guruhi uchun belgilangan jismoniy mashqlar mashg'ulotlarning mazmunini tashkil etadi. Mazmuniga ko'ra hilma - hil mashg'ulotlarni o'tkazishda vazifalarning aniq va oydin bo'lib qolishi, dasturni o'tishda izchillikka rioya qilish, shuningdek bolalarning yosh va o'ziga xos hususiyatlarini hisobga olish shartdir.




Mashg'ulotlar tuzilishi jismoniy mashqlarning bolalar tomonidan izchil bajarilishidan iboratdir. U qo'yilgan vazifalar, nerv tizimining ish qobiliyati va bola organizmining har bir alohida yosh bosqichidagi hususiyatlari bilan belgilanadi. Mashg'ulot vaqtida bola organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir.



Jismoniy tarbiya mashg'ulotlari o'zaro bog'liq uch qismdan iboratdir:

I. Kirish-tayyorgarlik.

II. Asosiy qism:

III.Yakuniy qism.

Talimiy, tarbiyaviy va sog'lomlashtirish vazifalari mashg'ulotninghar bir qismi uchun baravar muhim ahamiyatga egadir.



Mashg'ulotning kirish qismini mazmuni va vazifalari.

Jismoniy tarbiya mashg'ulotining birinchi qismiga qo'yilgan vazifalar va uning asosiy qismidagi mashqlar mazmuniga ko'ra turlicha bo'lishi mumkin. Mashg'ulotning bu qismini vazifasi bolalarda unga nisbatan qiziqish va emmosional kayfiyat pay do qilishdan, diqqatning tayyorgarlik darajasini tekshirishdan, ayrim harakat ko'nikmalarini aniqlashtirishdan, bola organizmini asta sekin mahsg'ulotning asosiy qismida kechadigan birmuncha intensiv tez faoliyatga tayyorlashdan iboratdir.




3. Mashg’ulotga bolalarni uyushtirish usullari.


Jismoniy mashqlarni mashg'ulotlar uchun tanlash dastur asosida tuziladigan ish rejasi bo’yicha belgilanadi. Mashg'ulotlarni rejalashtirishda yil fasli, o'tkazish sharoitini hisobga olish lozim.



Tarbiyachi bolalarni uyushtirishning frontal, guruh, individual kabi turli usullaridan foydalanadi. Frontal usullardan foydalanilganda bolalarga barcha uchun bir xil tarzda, bir vaqtda bajariladigan mashqlar beriladi. Frontal usulni mashg'ulotning istalgan qismida, ayniqsa bolalarni yangi mashqlarga o'rgatishda yoki allaqachon tanish mahqlarni takomillashtirishda qo'llashi maqsadga muvofiqdir. Bu usul bolalarda harakat uyg'unligini tarbiyalashda, ularni barcha uchun barobar vazifalarni hal etishga birlashtirishda, tarbiyachining bolalar bilan bevosita aloqaga kirishishda, shuningdek mashg'ulotlarning motor zichligini oshirishda samaralidir.



Bolalar mashg'ulot detallarini o'rganish va aniqlash jarayonida navbati bilan harakat qiluvchi uncha katta bo'lmagan guruhga bo'linishi mumkin. Bunda tarbiyachi mashqlarni bir yoki ikki guruh tomonidan bajarilishini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo'ladi, qolgan bolalar esa o'z o'rtoqlari harakatlarini kuzatadilar va tarbiyachini tinglaydilar.



Bundan tashqari mashqlarni potok usulida bajarishdan ham foydalaniladi, bunda barcha bolalar aynan bir mashqni navbatma — navbat, birin - ketin, to'xtovsiz potok usulida bajaradilar. Mashqlarni keng ko'lamda takrorlash uchun ularni bajarish ikki va uch potokda tashkil etilishi mumkin. Jismoniy mashqlarni potok usulida bajarish usulini katta va tayyorlov guruh bolalariga nisbatan qo'llash maqsadga muvofiqdir.



Katta va tayyorlov guruhlarida gruppaviy usuldan foydalaniladi. U mashg'ulotda tarbiyachining bolalarni o'rgatish jarayoni va bolalarni avval orttirgan harakat ko’nikmalarini takomillashtirish bilan qo'shib olib borilgan hollarda qo'llaniladi. Bunda bolalarning bir guruhi tarbiyachi rahbarligida biror - bir harakatga o'rgatiladi, ikkinchi guruh bolalari (yoki ikkita katta bo'lmagan guruh) esa bu vaqtda boshqa mashq turini bajaradi (takroriy).



Mashg'ulot jarayonida har bir bola o'ziga berilgan topshiriqlarni tarbiyachi nazorati ostida mustaqil bajarayotganida yakka yondoshish usulidan foydalanish mumkin. Hamma uchun umumiy bo'lgan mashqlar detallarini aniqlashtirish maqsadida mashq tarbiyachi chaqirig'iga ko'ra yakka tarzda bajariladi. Bunday usul tarbiyachining alohida e'tiborini bolalarni yaxshi uyushtirishni barchani faol kuzatishga jalb etish va topshiriqlar bajarishning to'g'riligini tahlil qilishni, mashqlarni tarbiyachi chaqirig'iga ko'ra qayta bajarishga tayyor turishni talab etadi.



Mashg'ulotda bolalar faoliyatini to'g'ri almashtirib turish umumiy zichligini ta'minlaydi. Mashg'ulotning umumiy zichligi pedagogik jihatidan o'zini oqlagan vaqtning mashg'ulot davomiyligiga nisbati bilan belgilanadi. Bolalarning tushuntirishlar, ko'rsatmalar, og'zaki instruksiyalarni idrok etishi, tarbiyachi namoyish etgan jismoniy mahsqlarni bajarish usullarini tushuntirib berishi jismoniy mashqlarni bajarishi va dam olishi pedagogik jihatdan oqlangan hisoblanadi.



Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish