O’ng qo’l bilan pastdan uloqtirish”
Uloqtirish
mashqlarining turlari
,,O’ng qo’l bilan yondan” uloqtirish
,, Dumalatish”
„Oshirish va ilib olish kabilar”
Bu mashqlarni mustahkamlash maqsadida valleybol, basketbol, halqaga tashlash, kegli ,serso, gorotki, bagmento’n kabi o’yinlar o’ynalinadi.9-10 oylik bola o’yinchoqlarni pastga otadi ikki oyda siltab otishga o’rganadilar. 2m oraliqda bir- biriga dumalatish va tutib olish yuqoriga, irg’itish va ilib olish yerga urish va tutib olish, mo’ljalga tashlash va irg’itish turlari o’rgatib boriladi.
Kichik guruh:yumalatish: bir biriga koptokni sharchani yumalatish ularni predmetlar orasidan yumalatish, koptokni yerga urib 2-3 martta tutib olish uzoqqa o’ng va chap qo’l bilan irg’itish.
O’rta guruh: koptok obruchallarini dumalatish, koptokni 3-4 martta yuqoriga otib ilib olish koptokni bir biridan pastan, boshdan oshirib o’tish. O’ng va chap qo’l bilan koptokni 5 marta yerga urib ilib olish, 3,5- 6,5m uzoqlikka otish.
Katta guruh: koptokni ketma- ket 10 martta yuqoriga otish, yerga tashlash va ikki qo’l bilan ilib olish, 4-6 marta o’ng va chap qo’l bilan yuqoriga otish va qarsak chalib ilib olish, koptokni 5-9m uzoqlikka irg’itish.
Uloqtirish astiklik tipdagi harakatdir. Maktabgacha yoshidagi bola uchun yuqoriga, oldinga, pastga uloqtirish ma’qul keladi. U barcha muskul guruhlari, ayniqsa, yelka kamari muskullarini rivojlantirishga, shuningdek chaqqonlik, egiluvchanlik, tezkorlik, muvozanat saqlash, ko’z bilan mo’ljal olishni tarbiyalashga yordam beradi.
Maktabgacha yoshidagi bolalar bilan shug’ullanganda uzoqqa va nishonga uloqtirishning turli metodlari qo’llaniladi: “orqaga yelka osha uloqtirish”, “o’ng qo’l bilan pastdan uloqtirish”, “o’ng qo’l bilan yuqoridan uloqtirish”, “o’ng qo’l bilan yondan uloqtirish“
Uloqtirish paytida o’ng oyoq, gavda rostlanadi, rostlanayotganda oldinga buriladi; uloqtirishning yakunlovchi bosqichida gavda og’irligi oldinda turgan oyoqqa ko’chiriladi. O’ng oyoq chap oyoq yoniga qo’yiladi. Chap qo’lda uloqtirish ham shu metoddan foydalangan holda bajariladi.
Yugurib kelib uloqtirish. Tezlashtirilgan yugurish o’ng oyoqni chalishtirib, chap oyoqni oldinga tashlash bilan, ya’ni uloqtirish uchun dastlabki holat bilan tugallanadi.Yugurib kelib, chalishtirib oldinga qadam tashlash va uloqtirish qo’shib bajariladi. Yugurib kelib uzoqlikka uloqtirish bolalarda 2-2,5 metrga ortadi.
2.Muvozanat saqlash mashqlarining ahamiyati.
Muvozanat saqlash xissining rivojlanishi bosh miyya funksiyasining takomillashuvi bilan aloqadorlikda, qo’zg’alish va to’rmozlanish jarayonlarining muvozanatlashuvida, vestibulyar apparatining rivojlanishi o’z gavdasi qismlarining holati va o’rin almashuvidagi barcha o’zgarishlarni baholashga yordam beruvchi muskul xissi bilan bog’liqda asta -sekin kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |