Qadimgi Rimda aholining mol-mulkiga va aslzodaligiga qarab
tabaqalinishi natijasida maktablar ham boshlang‘ich maktablar va undan
yuqoriroq bosqichdagi grammatika maktablariga boiindi.
Unchalik boy ham, aslzoda ham boimagan, lekin erkin oilada
tugilgan aholi (plebeylar) bolalarining ba’zi bir qismi xususiy va pul
toiab o‘qitiladigan boshlangich maktablarda o‘qitiladigan boidi.
Bunday maktablarda o‘qish, yozish va hisob o‘rgatilar edi. Boylar va
aslzodalar o‘g‘il bolalariga o‘z uyida o‘qitilib, boshlang‘ich maiumotni
uyida berar edilar. Grammatika maktablarida amaldor va imtiyozli
kishilaming o‘g‘illari o‘qitilar edi. Bu maktablar ham xususiy va pullik
boiib, bunda lotin tili, yunon (grek) tili, ritorika (chiroyii nutq ba’zi
maiumotlar) o‘qitilar edi. Davlat tomonidan saylab qo‘yiladigan rahbar
mansablarni egallashga intiluvchilar notiqlik san’atining egallashlari
zarur taraqqiy etib ketgan va zabardast
notiqlami hamda davlat
arboblarini tarbiyalab yetishtirgan.
Rimda (miloddan awalgi II asrda) alohida ritorlar (notiqlar)
maktabi vujudga keldi. Bunday maktablarda aslzodalaming bolalari
katta pul toiab ritorika, falsafa va huquqshunoslik, yunon (grek) tili,
metamatika va musiqa o‘rganar edilar. Chunki davlatda oliy mansablami
egallashi uchun aslzoda yoshlaming shu fanlami o‘rganishi zamr boiib
qolganedi.
Rimda grammatika va ritorlar maktablari davlat tasarrufida boiib,
bu maktablaming vazifasi hokimiyatiga sodiq amaldorlar tayyorlashdan
iborat edi. Davlat bu maktabalaming muallimlarini o‘z siyosatlarini
o‘tkazuvchi itoatli kishilarga aylantirishga intildilar, buning uchun
ularga oylik maoshlar tayinlab, turli imtiyozlar berib qo‘ydilar.
Rimda xristian dini hukmron deb eion qilingach, imperatorlar
maktablarga
xristian
mhoniylarining
vakillaridan
o‘qituvchilik
vazifasiga tayinlaydigan bo‘ldilar va maktablardagi taiim-tarbiya tizimi
ochiqdan-ochiq xristian dini qonun-qoidalariga bo‘ysundirildi. Qadimgi
Rimda ilg‘or pedagogik fikrlar va pedagogika nazariyasining
taraqqiyotida M ark Fabiy Kvintilianning (eramizning 42—118-yillari)
xizmatlari katta. Uning «Notiq tarbiyalash to‘g‘risida» asari pedagogika
tarixida birinchi marta pedagogika nazariyasi
tajribasi bilan
chambarchas bogiangandir.
Kvintilian bolalarining tabiiy qobiliyatlariga yuksak baho beradi.
Uning fikricha, befahmlik va qobiliyatsiz kamdan-kam uchraydigan
hodisadir. U maktabning tarbiyaviy ta’sirini qayd qilgan holda, uy
muhitida bolada yomon xulq hosil boiishi mumkinligini ota-onalarga
1 1 1
uqtiradi: bolalik chog‘ida ota-onalar
uni erkalaydilar, natijada bola
aqliy
va jismoniy tarbiyadan mahrum boiadi. U kattalardan noo‘rin so‘zlami
o‘rganadi va bolalarga bu so‘zlami takrorlab, noo‘rin harakatlar qilsa,
kattalar xafa bo‘lib, uni koyidilar. Vaholanki, buning uchun, awalo,
o‘zlari aybdor ekanliklarini o‘ylamaydilar. Bola kattalardan o‘rganib
nafrat keltirishini o‘ylamagan holda, ulami maktabda o‘qiyotganda
takrorlaydi, boshqalar o‘rtasida yoyiladi. Shu sababli ham, Kvintilian
bolalami maktabda tarbiyalanmogi lozimligini qat’iy ta’kidlagan holda,
o‘qituvchi o‘zi tarbiyalanayotgan har bir bolaga ehtiyotlik bilan e’tibor
berib muomala qilishi lozim.
Kvintilian o‘qituvchilaming o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur
bilimga ega boiishlarini qat’iy talab etadi. «Fanda dastlabki
maiumotdan nariga siljimaydigan, qalbi qalbaki ishonch bilan toigan,
faqat o‘zlarini olim deb bilgan kishilardan yomoni yo‘q».
Kvintilian har bir ilm ahlini, shu jumladan, o‘qituvchilami doimiy
ravishda o‘z bilimlarini va pedagogik mahoratini oshirib borishga
da’vat etadi: « 0 ‘qituvchining o‘zi o‘qimishli boiishi, bolalami sevishi,
o‘zini tuta bilishi, bolalami boiar-boimasga rag‘batlantira bermasligi
yoki jazolay bermasligi, o‘z shogirdlari uchun o‘mak boiishi va ulami
sinchiklab o‘rganishi lozim. Har bir o‘qituvchi o‘qitishning hamma
bosqichlarini bosib o‘tishi, ya’ni yuqori tipdagi maktab o‘qituvchisi,
awalo boshlang‘ ich maktbda o‘ qituvchilik qilishi lozim».
Kvintilian bolaning nutqini juda yoshligidan o‘stira boshlash
kerakligiga alohida e’tibor beradi. U bolalaming nutqi yoshlik
chogidanoq sof boiishi uchun bolani uyda tarbiyasi
bilan
shug‘ullanadigan enagalar va murabbiylaming talaffuzi yaxshi boiishi
kerak, deydi. Uning fikricha, musiqa va tilni o‘rganish talaffuzning
yaxshilanishiga yordam beradi, nutqning uslubini yaxshilaydi, uni yana
ham yaxshi ifodali nutqqa
aylantiradi. Bolani mantiqiy
tafakkur
qiladigan, muntazam va izchil fikr yuritadigan
qilib tarbiyalash
maqsadida matematika (arifmetika va geometriya) o‘rgatish zarur,
nazariy nasihatlar, taqlid va mashqlar o‘qitish jarayonida katta rol
o‘ynashi kerak. Bolaga nazariy bilim asoslarini mustahkam qilib
berishda hecham shoshilmaslik lozim. Bundan tashqari, u ibratning
tarbiyaviy rolini hisobga olib, bolalaming tevarak-atrofdagi kishilaming
xatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatib turishi va bolani yomon
o‘rtoqlaridan chetlatish kerakligini, bolaning birga o‘ynaydigan
o‘rtoqlarini ham tanlashni tavsiya qiladi.
112
Umuman, Kvintilian Rimdagi ritorlar maktabining tajribali
o‘qituvchisi sifatida orttirgan tajribasini umumlashtirdi va amaliyotga
tatbiq etdi.1
Shuni ta’kidlash kerakki, tarixiy taraqqiyot davomida Qadimgi
Yunoniston va Rim mamlakatlari xalqlari qatorida qadimgi
Do'stlaringiz bilan baham: