Bu bir pandin erur demang badkor ayrilmang.
So‘fiyning zamondosni Ahmadjon Tabibiy (1869 - 1910) ham
shoiru fozillar orasida katta hurmatga sazovor boiadi, juda ko‘p ilm
ahlig‘a ustoz sifatida homiylik qiladi. Bayoniy u haqda shunday yozgan
edi:
Tabibiydurki shoiri muhtaram,
Naylay oning atvorin aylab raqam.
Maorifda bordur bag‘oyat orif,
Majlisda bog‘i harifu zorif.
Pur oyinadur so‘zlari sarbasar,
Rumuz oni aksidadur jilvagar.
Surar nuqta lutfila ul nuqtadan,
Ko‘rub so‘zlarini dedim: APamon!^1
Ayniqsa, Avaz 0 ‘tar Tabibiyni o‘z ustozi sifatida zo‘r hurmat bilan
tilgaoladi:
Ey Avaz, qil jahd, devoning qilmoq istasang,
Gar Navoiyu Tabibiy daftarlariga hamradif.
Yoki:
Do'stlaringiz bilan baham: |