Tangrisin tanimas, ey g ‘ofil banda,
Ko ‘zingtti qoplamish jaholat tuni,
Nafsga qullikni shior etibsan,
Jismingni o‘rtasin do‘zax tutuni!
Tangrimning birligi, yagonaligi,
Oyu quyoshdan-da ravshandir, ravshan!
Koinot daftarin har sahifasi,
To‘ladir behudud dalillar bilan.
Allomaning yaratuvchini anglash va sevish haqidagi diniy-falsafiy
fikrlarining mantiqiy xulosasi shuki, insonga xos bo‘lmagan yomon
sifatlarga ega boigan kishilar Alloh taoloning hidoyati va rahmatiga
sazovor emasdir. Allohning hidoyati yaxshi sifatlarga, go‘zal insoniy
fazilatlarga ega boigan kishilargagina beriladi, xolos. Zero, insonni
aziz, irodasini kuchli qiluvchi, hayotidagi qiyinchiliklarm mardonavor
yengishga y o i ochib bemvchi, barcha niyatlariga ham erishtiruvchi
yagona Alloh taoloning o‘zidir.
Shu boisdan ham Najmiddin Kubro go‘zal insoniy fazilatlar
xususida mushohada yuritaaiki: «Eng go‘zal bezak ta’vozelik, eng
xunuk narsa baxillik ekan. Husni Xulq (chiroyli xulq)dan ko‘ra
yaxshilik ustida yaxshilik qo‘shadiganroq, hasaddan ko‘ra yomonlik
ustiga yomonlik qo‘shadiganroq narsani ko‘rmadim. Ko‘rdimki,
eng noyob ne’mat rostgo‘ylik va qahramonlik, eng katta og‘riq esa
yomon va munofiq do‘stIar ekan. Podshohlar qalblaridan-da
qattiqroq diyda, kambag‘al uchun yamoqlarni bir-biriga ulashdan
ko‘ra chiroyliroq ziynat ko‘rmadim. To‘g‘ri so‘zIikdan ko‘ra
go‘zalroq ziynatni ko‘rmadim. Ibodatlarning eng afzali farzlarni
ado qilish, odatlarning eng ma’quli va chiroyligi esa gunohlardan
odamlarga ozor berishdan tiyilish ekan...»
Alloma shunday mumtoz so‘zlami aytadiki, ular odob-axloq
gulshanidir. «... vaqtni «essiz», «qaniydi», «koshkiydi»lar bilan
tkazgan kishining umri eng qisqa umr ekan. Muvaffaqiyatni sa ’y-
173
harakatda, muvaffaqiyatsizlikni esa loqaydlik va dangasalikda, baloni
tilda, halovatni esa sukutda ko ‘rdim. Xoru zorlikni mahluqlar xizmatida,
azizu mukarramlikni esa Holiq xizmatida ho‘lishda ko‘rdim.
Qiziquvchini (ko‘ngil bergan) mashg‘ul, zohirni esa bekoru forig‘,
xohlovchini izlayotgan, da’vogarniyolg‘onchi k o ‘rdim».
Najmiddin Kubro hazratlari kibru havo, manmanlik, nafs, mol-
mulkka ochko‘zlik va gunohkorlik kabi inson xulq-atvoridagi salbiy
nuqsonlar to‘g‘risida ham shogirdlariga toiiqroq tushuncha beradi:
«Ochko ‘zni mahrum, dunyoparastni g ‘amgin ko ‘rdim. Engyaxshi savol-
javobni kishining o ‘z nafsi bilan hisoblashishda, oqilni oxiratga, johilni
dunyoga intilishda ko ‘rdim. Nafsni sharmandalik va do ‘zax sari
odamlarni haydashda ko‘rdim. Ochko ‘zlik va gunohkorlik botqog ‘iga
botganlarni, isrofgarlarni ko ‘rdim. Jannatga kirishni halol yeyish va
mahol (amri mahol — bajarib bo‘lmaydigan ish)ni tark qilishda
ko ‘rdim. D o‘zaxga y o ‘lni esa havoyi nafsda k o ‘rdim. K o‘rdimki,
shaytonning xaloyiqqa sulton bo ‘lib olishi dunyoni yaxshi ko ‘rishlikda
ekan. 0 ‘liklardan, ularning holatlari (qolgan) uylari va molu
davlatlaridan ibratlanmagan kimsalarni nodonlikda, Alloh belgilab
qo ‘ygan hadlardan oshgan kimsalarni esa baxtsizlikda ko ‘rdim.
Ko ‘rdimki insonga keladigan barcha ofatlar tilda ekan. Ko ‘rdimki,
ekmagan
o ‘rmaydi.
Shafqat
qilmaganga
shafqat
qilinmaydi.
Aldanishdan saqlaning. Saqlaning!».
Shayx Najmiddin Kubro murabbiy sifatida o‘zining turmush
tajribalaridan kelib chiqib, agar kishida yomonlik alomatlari zohir
boisa, u ilmu urfon kasb etib, zero, aqlni ishlatsa, eng yaxshi xulq va
chiroyli sifatlar bilan bezanishi mumkin, degan xulosaga keladi:
«Ko‘rdimki, eng yaxshi do‘st ila jon... aqlni esa yaxshiliklarga
choriashda ko ‘rdim. K o‘rdimki, o ‘z-o‘zini tarbiyalay olgan va
shahvatlardan iiyila olgan kishi eng kuchli shaxs ekan...»
Xullas, otashnafas tasawuf shoiri Shayx Najmiddin Kubroning
yuqoridagi purma’no fikrlari yoshlarimizda odob-axloq, o‘zaro do‘stona
munosabatlami
yaxshilashda
halollik,
poklik,
rostgo‘ylik,
adolatparvarlik singari umuminsoniy fazilatlami qaror toptirish va
mustahkamlashda shu bilan birga razolat, kibr-havo, adovat, hasad,
xiyonat, yolg‘onchilik, zulm, fisqu fasod kabi illatlarga nisbatan
nafratlanish tuyg‘usini tarbiyalashda muhim ma’rifiy-tarbiyaviy
ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |