Toshkent moliyainstituti n. Atayeva, F. Rasulova, M. Salayeva, S. Hasanov


haqidagi  qarashlarmi tnshnutirib bering



Download 20,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet349/679
Sana31.12.2021
Hajmi20,47 Mb.
#271115
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   679
Bog'liq
umumiy pedagogika

haqidagi 

qarashlarmi



tnshnutirib bering.

JfsT/R


Jaloliddin Davoniyning 

ta’lim-tarbiya haqidagi 

qarashlari

Tushuncha



7. 

Husayn  Voiz 

Koshifiyning  komil 



inson 

haqidagi  konsepsi- 

yasini tushuntirib bering.

•NsT/R


Husayn Voiz Koshifiyning 

komil inson haqidagi 

konsepsiyasi

Tushuncha

8. 

Zahiriddin  Mnhammad  Boburning  marrifiy-pedagogik 



qa- 

rashlarini tushuntirib bering.

KoT/R

Zahiriddin Muhammad 



Bobuming ma’rifiy- 

pedagogik qarashlari

Tushuncha

407



9. 

Haydar 


Xorazmiyning 

ma9rif!y-didaktik 

qarashlarini 

tushuntirib bering.

•NaT/R

Haydar Xorazmiyning 



ma’rifiy-didaktik qarashlari

Tushuncha

«

10. 


Hofiz  Xorazmiyning  ma’rifiy-axloqiy  qarashlarini  tushun- 

tirib bering.

Jfe T/R

Hofiz Xorazmiyning ma’- 

rifiy-axloqiy qarashlari

Tushuncha



408


Vbob. 0 ‘RTA OSIYODA XVH-XVHIASRLARDA VA XIX 

ASRNING BIRINCHIYARMIDA TA’LIM-TARBIYA VA 

PEDAGOGIK FIKRLAR TARAQQIYOTI

5.1. ABULG‘OZIY BAHODIRXONNING MA’RIFIY-AXLOQIY

QARASHLARI

XVII asrda feodal tarqoqlik va bosh-boshdoqlik avj  olgan davrda 

Xiva xonligini  markazlashgan davlatga aylantirish,  o‘zaro  urushlarga 

barham  berish,  el-yurtga  osoyishtalik  baxsh  etish  uchun,  Binni 

Oqatoyxon  binni  Arabmuhammad  Ahulg‘oziy  Bahodirxon  (1603- 

1664)  ham  qurol,  ham  qalam  bilan  kurash  olib  borgan  adolatli 

hukmdor,  ma’rifatparvar  davlat  arbobi,  iste’dodIi  adib  va  tarixnavis 

olim  hamdir.  U  o‘zbek  xonlari  ichida  Zahiriddin  Muhammad 

Boburdan  keyingi  o‘zbek  xalqining  madaniyat,  ijtimoiy-siyosiy  va 

huquqiy fikrlar tarixida sezilarli iz qoldirgan buyuk mutafakkirdir.

Abulg‘oziy  Bahodirxon  yigirma  (1644—1664)  yil  hukmronligi 

davrida Xorazmni  ham siyosiy,  ham iqtisodiy jihatdan,  ham madaniy 

tomondan  yuqori  darajaga  ko‘tarish  maqsadida  davlatni  ma’muriy 

boshqaruv, qonunchilik va soliq tizimi, dehqonchilik, chorvachilik va 

me’morchilikni  rivojlantirish,  madrasa  va  maktablar,  masjidlar 

qurilishi,  ilm-fanni  yuksaltirish  bilan  bog‘liq  islohotlar  o‘tkazib, 

qo‘shni davlatlar bilan iqtisodiy,  madaniy, diplomatik aloqalarni ham 

keng  yo‘lga  qo‘yishga  intildi.  U  o‘zining  elchisi  Davlatmand  orqali 

rus podshosiga murojaat qilib, Rossiya va Xiva xonligida savdo-sotiq 

munosabatlarini  mustahkamlashni  so‘raydi.  Shuningdek,  Abulg‘oziy 

Bahodirxon,  Xiva  va  Hindiston  davlatlari  o‘rtasida  diplomatik  va 

savdo-sotiq  munosabatlarini  mustahkamlash  uchun  Shohbobo  va 

Shohjahonlarni  elchi  qilib  Hindistonga  yuboradi.  1648-yilda  Eron 

shohi Abbos XII ga elchi yuborib, ikki o‘rtada savdo-sotiq va do‘stlik 

aloqalarini  mustahkamlashni  iltimos  qiladi.  Bu  siyosiy  tadbirlar 

Abulg‘oziy  Bahodirxonning  markazlashgan  davlat  va  fuqarolaming 

manfaatlarini  himoya  qilish  va  mustahkamlash  siyosatida  oqilona 

y o i  tutganligini  ko‘rsatadi.  Shunisi  xarakterliki,  Abulg‘oziyxon 

podsholaming  davlat  boshqaruv  siyosatida  deyarli  uchramaydigan



409


ibratli  ish qildi,  ya’ni  u tirikligida toju taxtni  o‘g‘li  Anushaxonga o‘z 

ixtiyori bilan (1664-yil boshida) topshirdi.

Darhaqiqat,  tarixshunos  olim  va  shoir  Shermuhammad  Munis 

«Firdavsul-iqbol»  asarida yozishicha,  Abulg‘oziy  Bahodirxon  davlat 

tepasiga  kelgandan  so‘ng  uyg‘ur,  nayman,  qo*ng‘irot,  qiyot,  nukuz, 

mangHt,  qang‘li,  qipchoq,  jaloyir,  alieli,  d o ‘rmon,  yuz,  ming 

urug‘laridan  ko‘p  kishilarga  o‘rin  va  amal  tayin  etgan:  « 0 ‘zbekdin 

uch  yuz  oltmish  kishiga  ...  amal  berdi.  Alarning  o‘ttuz-o‘ttuz 

birtasiga  o‘z  yonidan  o‘rin  berdi.  Andoqkim,  ikki  shayxulislom, 

ikki  qozi,  bir  raissayid  ota  avlodindin,  bir  mutavalli,  bir  naqib, 

to4rt otaliq,  to‘rt mutavalli, bir naqib, to‘rt otaliq, to‘rt inoq  to‘r t 

mirob,  to‘rt  parvonachi,  ikki  oqa,  ikki  arbob,  to4r t  chig4atoy 

inoqi  va  bir  vazirkim,  xolomehtarderlar  va  qo4shbegi,  bu  ikkovi 

o4rinsiz.  Xon  (Abulg4ozi)  huzurida  oqyo  ustida  turdilar». 

Abulg‘oziy  Bahodirxonning  ulkan  xizmatlari  shundan  iboratki,  u 

xonlikni  markazlashgan  davlatga  aylantirishga,  intilib  boshqarish 

tizimini  islohot  qildi,  mamlakatni  boshqaruv  siyosatida  har  bir urug6 

vakili  uchun  eng  obrocli  32  nafar  kishiga  saroyda  o4z  yonidan  amal 

berdi  va  shu  mansablarga  360  kishini  tayinlaydi.  Shulardan  32 

kishini  esa  o‘ziga  mahram  qilib  oladi.  Har  bir  urug‘ga  bitta  inoqni 

boshliq  qilib  qo‘yadi.  Quyi  toifalar  va  urug‘larning  boshlig‘i  etib 

biyni  qo4ygan,  bir  necha  biyni  esa  otaliqqa  bo‘ysundirgan. 

Shuningdek,  bir  urug‘ning  sardori  inoqni  bir  necha  otaliqqa  boshliq 

qilib ham tayinlagan.

Abulg‘oziy Bahodirxon saroyda o‘tkaziladigan turli rasmiy qabul 

marosimlari  va  siyosiy  tadbirlarda  ishtirok  etish  va  o‘tirish  uchun 

inoqlarga  to‘rt  joy  ajratgan.  Inoqlardan  faqat  biri  xonning  chap 

tomonida  Amirulumoradan  keyin  o‘tirish  huquqiga  ega  bo‘lgan,  u 

ulug‘  inoq deb  atalgan.  Boshqa  inoqlar ham xonning  chap  tomonida, 

yigirmanchi rindan boshlab o‘tirishi rasm bo‘lgan.

Yangi  xonni  taxtga  o‘tkazish vaqtida  inoqlar  oq  namatning  to‘rt 

burchagidan  ushlab,  unda  bo‘lajak  Xiva  hukmdorini  uch  marta 

osmonga  irg‘itar edilar, -  bu  inoqlarning  asosiy va  faxriy burchi  edi. 

Inoqlarga  egallab  turgan  mansablariga  qarab  50  tillodan  500 

tillogacha  maosh  to‘langan.  Shuningdek,  ulug‘  inoq  yoki  inoqbek 

unvoni egasi 300 tillodan 500 tillogacha maosh olganlar.

Rasmiy  qabul  marosimlarida to‘rt  otaliq  xonning  chap  tomonida 

o‘tirganlar. Bir otaliq xondan nari, to‘qqizinchi o‘rinda uch otaliq esa 

shayxuislomdan keyin o‘n bir va o‘n to‘rtinchi  o‘rinlarda o‘tirganlar.



410


Otaliq  unvoni  yorlig‘i  faqat  o‘zbeklargagina  berilmasdan,  balki 

boshqa  qoraqalpoq,  turkman,  uyg‘ur  urulari  vakillariga  ham 

berilgan.  Otaliq unvoni olganlarga oltin qilich va xanjar taqib, zarbob 

to‘n  kiyib  yurishi  rasm  bo‘lgan.  Ularga  10  tillodan  150  tillogacha 

maosh to6langan.

Otaliqlardan  keyin  xonning  chap  tomonida  to6rtta  biy  o‘tirgan, 

ular ham turli imtiyozlarga ega bo‘lib, maosh olganlar.

Shunday  qilib,  Abulg‘oziy  Bahodirxonning  davlatni  oqilona 

boshqarish  siyosatida  inoqlar,  otaliqlar,  biylar  va  boshqa  amaldorlar 

muhim  rol  o‘ynaganlar.  Davlatni  boshqaruv  tizimidagi  mansablar 

ma’muriy,  siyosiy,  huquqiy,  diniy  va  harbiy  lavozimlarga  bo‘lingan 

bo‘lib,  bu  vazifalarni  bajamvchilarga  tegishli  maosh  va  mukofotlar 

berilardi.  Sud  ishlari  qozilar  qo‘lida  bo‘lib,  u  shariat  qonunlari 

asosida qat’ iy yuritilardi.

Abulg‘oziy  Bahodirxon  barcha  Sharq  hukmdorlari  kabi  o‘z 

saltanatini  mustahkamlash,  Xorazmda  ilm-fan  va  madaniyatni 

rivojlantirish  maqsadida  o‘z  saroyiga  ilg‘or  fikrli  olimu  fuzalolar, 

shoiru  bastakorlar,  me’moru  naqqoshlar,  tabiblar,  tarixnavislar, 

adiblar,  xattotlar  va  boshqa  kasb  egalarini  to‘plab,  samarali  ijod 

qilishi  uchun  shart-sharoitlar  yaratib  berish  bilan  birga,  ijodkor 

sifatida  o‘zi  ham  «Shajarai  turk»,  «Shajarai  tarokima»  va 

«Manofe’ul-inson»  («Kishilarning  sihat  salomatliklari  yo‘lida») 

kabi  siyosiy-huquqiy  va  tarixiy-badiiy  va  tibbiyotga  oid  asarlami 

yozdi.  Bu  asarlar  Abulg‘oziy  Bahodirxonning  tarixiy,  siyosiy  va 

huquqiy qarashlarini o‘rganishda asosiy manba boiib xizmat qiladi.

Binobarin,  jabr-zulm,  zo‘rlik  va  haqsizlik  Abulg‘oziy  yashab, 

ijod qilgan muhit-feodal jamiyati uchun xarakterlidir.  Abulg‘oziy toj- 

taxt  uchun  mamlakatni  parchalab  yuborayotgan,  el-yurtga  notinchlik 

keltirayotgan,  xalq boshiga kulfat va baxtsizlik urug‘ini  sochayotgan 

o‘z  akalari  Asfandiyorxon,  Habash  va  Elbars  sultonlarni  «Shohlik 

sharobidan  mast  bo‘lg‘on  nodonlar»,  deb  ataydi  va  mamlakatni 

tadbirkorlik  bilan  boshqarolmagan  Poiod  sultonning  axloqsizligi  va 

noqobilligini  shunday  tasvirlaydi:  «Po‘lod  sulton  aqlsiz,  tentak  erdi. 

Aning  ikki  odati  bor  edi.  Tahi  bir,  «ikki  kichik»  barmog‘ini  bosh 

barmog‘ining  ustinda  qo‘yib,  ikki  kichik barmogini urub,shirq-shirq 

qilib  ovoz  chiqarar  erdi,  nechukkim  masxaralar,  ma’rakagirlar 

qilurlar.  Ikki  qoiini  shundoq  qilib  «Shiliqru!»,  der  erdi.  Har  qilg‘on 

sayin «Shiliqru!», der erdi. Bir karat so‘rdikim:

-  Xurosonga karvon ketaturg‘on bormu?- deb;

411



-  Karvon tuna kun ketdi, - dedilar. Bir kishiga hukm etdi:

-   Bor,  taqi  karvonning  barchasini  qaytarib,  olib  kel!  Sog‘cha 

qudug‘inda  karvonning  keyinidin,  yetib  qaytarib  Xivaqqa  olib 

keldilar.  Ulug‘  musulmonlaming  ko‘nglina  bu  ma’qul  bo‘ldikim: 

«Albatta,  sulton  Xuroson  bilan  yov  bo‘ladur.  Yo‘q  ersa,  o‘zga  ish 

uchun  bo‘lsa  bizning  birimizning  qaytarmoq  kerak  erdi?»  Karvon 

xalqni barchasin sulton oldiga olib keldilar.  Sulton ularning yuzlarina 

boqib, qo‘llarini shirq-shirq etib dedi;

-   Menga  bir-yetti  pok  Shiliqru!  To‘rt  besh  karat  takror  etdi. 

Karvon xalqi tushunmaydilar.  Sultonning navkarlari aytdi;

-  Menga bir-yetti poki keltur!

0 ‘zga nimarsa kerakmas! -  deytururlar. Boring, keling!».

Abulg‘oziy  hukmdor  mard,  tadbirkor,  irodali,  sabr-toqatli 

bo‘lishi,  har qanday qiyin vaziyatda ham o‘zini  yo‘qotib  qo‘ymasdan 

to‘g‘ri  va oqilona  hukm chiqarishi  lozimligini  alohida ta’kidlaydi.  U 

otasining  fitnachilarga  bo‘lgan  munosabatiga  to‘xtalib:  «Xonning 

fe’li  kengligi  va  gunohkorlarni  avf  qilgani  otamiz  xonning 

boshina va  barcha  yurt xalqining  boshina  ko‘rguliklar  keltirur», 

deb hayotiy dalil sifatida keltirishi bejiz emas. Chunki akalari Habash 

va Elbars  sultonlar o‘z  otasi  Arabmuhammadning ko‘zini  o‘yib  olish 

bilan  qanoatlanmay,  uning  o‘g‘li  va  nabiralarini  Asfandiyorxonning 

ikki o‘g‘li bilan qatl qiladilar.

Xullas,  Abulg‘oziyxon  Xiva  xonlari  orasida  o‘ta  tadbirkorligi, 

tashkilotchiligi  va  bilimdonligi  bilan  ajralib  turadi.  Birinchidan, 

uning  hayoti  Xiva  xonligini  markazlashtirish,  mamlakat  iqtisodi  va 

madaniyatini  rivojlantirish,  chegaralami  kengaytirish  va  mustah- 

kamlash,  turkmanlami  Xiva  xonligiga  bo‘ysundirish  uchun  olib 

borilgan  shiddatli  kurashlar  bilan  o‘tdi.  Uning  siyosiy  hayot  yo‘ii 

sermazmun  sarguzashtlar  bilan  to‘la.  Xonlikning  barcha  yuqori 

lavozimlari  yana o‘zbek  hukmdorlari  qo‘liga o‘tkazildi.  U ma’muriy 

islohotlar o‘tkazib,  xonlikning  markaziy  boshqaruv tizimini  butunlay 

boshqatdan  tashkil  etib,  o‘zbek  zodagonlaridan  360  kishini  xonlik 

tizimini turli lavozimlariga tayinladi.

Shu  bilan  Abulg‘oziyxon  o‘zbeklarni  va  yerli  aholining  nufiizli 

kishilarini  davlat  boshqaruv  ishlariga jalb  etib,  mamlakatda  ma’lum 

darajada  barqarorlikni  vujudga  keltirdi.  Abulg‘oziyxonning  ichki 

siyosat  sohasida  o‘tkazgan  eng  muhim  tadbirlaridan  yana  biri  doim 

ko‘chib  yuruvchi  o‘zbek  qabilalarini  4  guruhga  birlashtirib  butun 

Xorazm  vohasi  bo‘ylab,  ya’ni  Darg‘on  otadan  to  Orol  dengizigacha

412



keng  maydonda  sug‘orish  tarmoqlari  sohillariga  o‘troqlashtirish 

siyosati bo‘ldi.

Ikkinchidan,  Abulg‘oziyxon  turkiy  qavmlar  va  fors-tojik, 

mo‘g‘ul  tillarini  mukammal  egallagan,  o‘zining  «Shajarai  turk»  va 

«Shajarai  tarokima»  nomli  asarlari  bilan  jahonga  mashhur  bo‘lgan 

olimdir.  Uning  bu  asarlarida  ilgari  surilgan  kuchli  markazlashgan 

davlat  tuzish,  mustahkamlash,  xonliklar  va  bekliklar  o‘rtasidagi 

o‘zaro  urushlarga  barham  berish,  davlat  va  fuqarolar  manfaatlarini 

himoya  qilish,  davlatni  adolatli  qonunlar  asosida  tadbirkorlik  bilan 

boshqarish,  el-yurt  tinchligi,  xalqlar  do‘st!igi,  ilm-ma’rifat  egallash, 

fan  va  madaniyatni  rivojlantirish  singari  ijtimoiy-siyosiy  va huquqiy 

qarashlari 

o‘zbek  xalqining  siyosiy-huquqiy 

flkrlar  tarixiga 

qo‘shilgan katta hissadir.1

Abulg‘oziy  «Shajarai  tarokima»  («Turkmanlar  tarixi»)  asarida 

turkiy  qabilalarning,  xususan,  turkman xalqining  kelib  chiqishi  haqida 

qimmatli  ma’lumotlar  beradi.  Asarda  barcha  turkiy  xalqlarning 

afsonaviy  podshosi  0 ‘g‘uzxon  va  uning  avlodi,  tarixi,  shuningdek, 

turkman  urug‘lari  (solur,  boyandur,  taka,  yovmut,  tevachi,  hizr  eli, 



sariq,  Ali  eli,  yozir,  ersori  va  boshqalaming)  kelib  chiqishi  qisqa 

tarzda  bayon  etilgan.  Bu  asarda  turkman  xalqi  yaratgan  ko‘pgina 

rivoyat  va  hikoyatlar,  xususan,  afsonaviy  o‘g‘uz-turkman,  Dada 

Ko‘rqut haqidagi ertak va afsonalar, she’rlar o‘rin olgan.

«Shajarai  tarokima»  1893-yilda  A.G.Tumanskiy  tomonidan  rus- 

chaga  tarjima  qilinadi.  Keyinroq  esa  bu  asaming  to‘liq  tarjimasi 

A.N.Kononov  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Asar  tili,  uslubi  fonetik 

morfologik, sintaktik jihatdan chuqur tahlil etilib, izohlar ham beriladi. 

Akademik  A.N.Kononov  shunday  deydi:  «Shajarai  tarokima»  asari 

faqatgina  tarixiy  manba  bo‘lib  qolmasdan,  balki  adabiy  yodgorlik 

sifatida  ham  ahamiyatli  bo‘lgan,  chunki  unda  xalq  afsonalari,  xalq 

etimologiyasi,  etnomi,  maqol  va  matallari,  masallari  mohirona 

tasvirlangan».

Abulg‘oziy haqiqatan ham o‘zining bu asarini xalq ommasi tushunib 

yetadigan  sodda  va  ommabop  uslubda  yozishga  alohida  e’tibor 

bergan. Muallifning o‘zi bu haqda shunday yozadi: «Barcha bilingkim, 



bizdan  burunturkiy tarix ayqonlar arabiy lug'atlarni qshib  tururlar 

va forsiyni  ham  qo ‘shib  tururlar  va  turkiyni  ham  sajh  qilib  tururlar. 

O ‘zlarining hunarlari va ustozliklarim xalqqa ma 'lum qilmoq uchun.  Viz


Download 20,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   679




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish