4.7. HUSAYN VOIZ KOSHIFIYNING KOMILINSON
HAQIDAGIKON SEPSIY ASI
Husayn Voiz Koshifiy (1440-1505) u axloq, nujum, mantiq,
adabiyotshunoslik, riyoziyot, hisob, islom tarixi, ilohiyot, tarix,
musiqashunoslik, tasviriy san’at, tabobat ilmiga oid 200 dan ortiq asar
qoldirib, Sharq ma’naviy-ma’rifiy va pedagogik fikrlar taraqqiyotiga
hissa qo‘shgan qomusiy olimlardan biridir.
Husayn Voiz Koshifiy Husayn Bayqaroning voizi (notiqi),
ta’birchisi, maslahatchisi sifatida shuhrat qozonadi. Chunki Koshifiy
Xuroson shaharlarida va’z aytib, xulq-odob qoidalari, Qur’on va Hadis
masalalarini sharhlab xalq orasida hurmat-e’tibor qozongan.
Husayn Voiz Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy», «Axloqi Karim»f
«Anvari Suxayliy»f «Javohirnoma»f «Risola dar ilmi e ’dod» («Sonlar
haqida risola»)f «Ravzat ush shuhado» («Shohidlik bog‘i»)f «Oynayi
Iskandariy» («Iskandar oynasi»), «Tafsiri Husayniy», «Risolati
Xotamia» yoki «Kitobi Hotamnoma» («Hotamtoy haqida risola»),
«Sahifai shohi», «Badoe al-afkor fi sanoe-al ash ’or» kabi asarlari yetib
kelgan.
Husayn Voiz Koshifiyning mashhur asari
«Axloqi Muhsiniy» uzoq
yillar madrasalarda darslik sifatida o‘qitilgan, mazkur asar 40 bobdan
iborat bo‘lib, asosan axloqiy tarbiyaga bag‘ishlangan
R.Mahmudov Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy g‘oyalariga
insonni kamolga yetkazish maqsadida unda tarkib toptirish uchun zarur
boigan xislatlami o‘nga boiib turkumlashtiradi:
1. Komil inson (yetuk axloqli inson) haqidagi fikrlarini a n ’anaga
ko sra buyuk donishmandlar —
hakimlar, sarkardalar, shohlar tilidan
bayon etadi va ularni adolatli, dono, oqil va kamtar inson sifatida
ta ’riflab, o 4zining komil inson haqidagi konsepsiyasini ilgari suradi.
2. U faqat podsholarnigina emas, har bir oddiy insonda ham eng
olijanob xislatlar tarkib topishini istaydi.
3. U o ‘zining ijtimoiy-axloqiy idealini yuzaga chiqarishda asosiy
vosita deb ilm-ma ’rifat va axloqiy tarbiyani tushunadi.
4. U odobli insonni axloqli deb tushunadi. Inson faqat odobli,
saxovatli, to ‘g ‘ri, halol, pok bo‘lgandagina haqiqiy inson bo‘lishi
mumkin, deydi.
5. U insonparvarlik va halollikni eng yuksak insoniy fazilatlardan
deb bildi. .
6. U insonning eng yuksak xulq-atvor egasi boliski uchun o (n
374
qoidaga amal qilishi zarurligini ilgari surdi:
a) elga teskari ish qilmaslik;
b) o ‘z nafsiga insof tilash;
d) kishi aybini ochmaslik;
e) kishilarda uchraydigan yomon xulq-odatni yaxshilikka tomon
burish;
f) o ‘z aybiga iqror bo ‘lib, uzr so ‘ragan kishining uzrini qabul
qilish;
g) och-yupunlarning hojatini chiqarish;
h) inson uchun mashaqqat tortish;
i) o *z nafsini tiyish;
j) xalqqa toza vuz bilan ko ‘rinish;
k) kishilarga yaxshi so ‘z aytish.
7. Kishilarni inoqlikka, tinch-totuv yashashga chaqiradi.
8. Xalqlar o ‘rtasida do ‘stlikni targ % etadi.
9. Kasb-hunar, ilm-ma 'rifatni egallashga chaqiradi.
10. Ilmli kishilarning jamiyatda tutgan o ‘rnini ta 'kidlab, olimlarni,
ilm ahiini e ’zozlash kerak, deydi.
Husayn Voiz Koshifiyning asarlarida inson aqliga, aqliy tarbiyasiga
katta e’tibor beriladi. Aqlni haqiqat mezoni sifatida ta’riflab inson
o‘zining faoliyatini faqat aql yordamida amalga oshiradi, deydi. Shunga
ko6ra Voiz Koshifiy fanlar tasnifida ham kasb-hunar, ilmga katta e’tibor
beradi. U ilm boylik orttirish uchun emas, balki hayot kechirish uchun
zarurdir, deb tushuntiradi. Chunki ilm - doimiy, mol-dunyo - tkinchi,
haqiqiy dono, bilimli kishilar tkinchi narsalarga e’tibor bennaydilar,
deydi. Olim ilmni amaliyot bilan bog‘lab tushuntiradi. Uni tan va jonga,
mevali daraxt mevasiga xshatadi. Hayotda qo6lianilmaydigan bilim
jonsiz tanga xshaydi, bilim-daraxt, uning faoliyati esa mevasi,
mevasiz (daraxt) shox sogiom boimasligi mumkin. Demak, mutafakkir
har bir ishning muvaffaqiyatini bilimlami amalda qoilaniiishi bilan
belgilagan. Bunda u inson aqlini faoliyatning asosi sifatida talqin etib,
o6z navbatida bu faoliyat yangi bilimlaming paydo blishiga asos
boiadi, deydi. Masalan, u «Axloqi Muhsiniy» asarida aql. bilan
faoliyatning oszaro aloqasi haqida gapirib, barcha kishilar aqlga ehtiyoj
sezadi, aql esa amaliy faoliyatga ehtiyoj sezadi. Harakat, faoliyat aqlning
ko‘zgusi sanaladi. Aql yordamida insoniy tajribalar, ma’naviy
qadriyatlar yig‘ilib boradi va kelgusi avlodlarga yetkaziladi, deydi1.
Do'stlaringiz bilan baham: