Bolaga otaning mehnati singgan bo‘lsa,
So‘ng u bolaning xulq-atvorida bilinadi.
(Ota) bolani nazoratda tutsa, u yaxshi ezgu bo‘ladi,
Otasi va onasining yuzi yorug‘ bo‘ladi.3
Yusuf Xos Hojib ota-onalami bolani oilaviy tarbiyasiga e’tibor
berishga da’vat etar ekan, aybi yo‘q, hamma ayb - ota-onasida. Shuning
uchun ham ota-ona, ayniqsa, ota bunga katta e’tibor bermog‘i lozim,
deydi:
Bolali kishi nima deydi, eshitgin,
Yoshi etilgan va boshidan o‘tkazgan kishi.
Kimning o‘g‘il-qizi erka bo‘lsa,
Unga shu kishining o‘zi mungli bo‘lib yig‘laydi.
Ota-bolani kichikligidan boshlab bebosh qilib qo‘ysa,
Bolada gunoh yo‘q, barcha jafo otaning o‘zida.
0 ‘g‘il-qizning xulq-atvori yaramas bo‘lsa.
Bu yaramas ishni ota qilgan bo‘ladi...
1
Do'stlaringiz bilan baham: |