10-mavzu:
Chet mamlakatlarga chiquvchi fuqarolarni ijtimoiy
sug’urta qilish
REJA:
1.
Sug’urtaga qabul qilinadigan va qabul qilinmaydigan risklar.
2.
Sug’urta mukofotini aniqlash tartibi.
3.
Ko’rilgan zarar bo’yicha qoplanadigan xarajatlar.
4.
Xalqaro sug’urta bozorida Amerika Qo’shma Shtatlarining tutgan o’rni.
5.
Amerika Qo’shma Shtatlarida sug’urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga
solish.
6.
Amerika Qo’shma Shtatlaridagi yirik sug’urta kompaniyalariga umumiy
tavsifnoma.
1.Sug’urtaga qabul qilinadigan va qabul qilinmaydigan risklar.
Sug’urtalanuvchi bo’lib, barcha yuridik shaxslar, shuningdek, O’zbekiston
Respublikasi rezident va norezident hamda fuqaroligi yo’q va kompaniya bilan
sug’urta munosabatlariga kirishadigan, shuningdek, sug’urta mukofotini
to’laydigan shaxslar hisoblanadi.
227
Kompaniya sug’urtalovchi sifatida O’zbekiston Respublikasining
amaldagi qonunchiligiga muvofiq ravishda sug’urta faoliyatini amalag
oshiradi.
Sug’urtalanuvchi sug’urtani uchinchi shaxs foydasiga amalga oshirish
huquqiga ega.
Sug’urta ob’ekti bo’lib, qonunchilikka zid bo’lmagan, sug’urtalangan
shaxsning xayoti va sog’ligi bilan bog’liq bo’lgan mulkiy manfaatlar
hisoblanadi.
Sug’urta hodisalari bo’lib, to’satdan kasallanish, baxtsiz xodisa,
shuningdek, sug’urtalangan shaxsning polisda ko’rsatilgan xududda bo’lgan
davrda vafot etishi tan olinadi. Bu xodisalar bo’yicha qoplama quyidagilar
bilan bog’liq holda sodir bo’lganda to’lanmaydi:
-narkotik, alkogol yoki zaxarli moddalarni iste’imol qilganda, shuningdek,
bu moddalar ta’sirida mast bo’lgan xolda jarohat olish, kasallanish yoki
sug’urtalangan shaxsning vafot etishida;
-sug’urtalangan shaxsning qasddan yoki uchinchi shaxs bilan til biriktirib
ataylab sodir etgan baxtsiz xodisasi, shuningdek uning o’z joniga qasd qilishi
oqibatlarida.
-portlash, radiatsiyasi ta’sirida;
-atrof-muhitning ifloslanishi tabiiy ofat epidemiya karantinida;
-harbiy xarakatlar oqibatida;
-har qanday sport turi bilan professional darajada shug’ullanish natijasida
baxtsiz xodisalarda;
-sug’urtalangan shaxsning ovchilik shuningdek har qanday xavfli faoliyat
natijasidagi baxtsiz hodisalarda;
-sug’urtalangan shaxsning hech qanday huquqsiz va alkogol. Narkotik
ta’siridagi mast holatlarda transport vositasin boshqargandagi baxtsiz
xodisalarda;
-sug’urtalangan
shaxsning
jinoyat,
to’polon
garovida
ishtrok
etishnatijasidagi baxtsiz hodisalarda;
-surunkali kasalliklar va ularning zo’rayishida. Tashxis qo’ygunga qadar
bo’ladigan tibbiy xarajatlar (birinchi yordam va tashxis qo’yishga) 400 dollar
hisobida qoplanadi;
-asab-ruhiy kasallik, depressiyada;
-ankologik kasalliklarda;
-baxtsiz hodisa yoki to’sattan kasallanish bilan bog’liq bo’lmagan va vrach
tomonidan tayinlanmagan va zarur bo’lmagan tibbiy xizmatlar;
-batsiz xodisa yoki to’satdan kasallanish bilan bog’liq bo’lmagan
profilaktika tadbiri dezinfektsiya, vaktsinatsiya, tibbiy tekshiruv, shuningdek,
labaratoriya va diognostika tadbirlarini o’tkazish;
-tanasiya kasalliklari, SPID da;
-homiladorlik davridagi har qanday tibbiy xizmat (masalan: potalogiya va
homilaning tushishi; homilani saqlash bilan bog’liq choralar, tug’urq va uning
asoratlari, homiladaorlik natijasida surunkali kasalliklarning paydo bo’lishi).
Ammo baxtsiz xodisa yoki kasallik ro’y berganda jabrlangan sug’urtalangan
228
shaxsni yaqin kasalxonaga elitish uchun 400 dollar tarnsport xarajatlari uchun
to’laniladi.
-qon aylanish tizimi kasalligi shuningdek,murakkab davolanish va uzoq
vaqt statsionarda bo’lishi talab etuvchi kardioxirurgik davolanish;
-davolanishing ilm va tibbiyot tamonidan tan olinmagan, noan’anaviy
usullarida;
-litsenziyaga ega bo’lmagan tibbiy muassasa yoki tibbiy faoliyatni amalga
oshirish huquqiga ega bo’lmagan shaxs xizmat ko’rsatganda;
-tibbiyot nuqtaiy nazaridan zarur hisoblanmagan xizmat ko’rsatishda yoki
vrach tomonidan tayinlanmagan davolanishda;
Agar polisda franshiza ko’rsatilgan bo’lsa, u har bir sug’urta xodisasi
bo’yicha xarajatlarni qoplashda qo’llaniladi.
Sug’urta summasi tomonlarning kelishuviga ko’ra kompaniya
tomonidan to’laniladigan va qoplanadigan har bir xarajatlar turiga qarab va
sug’urtalovchi tomonidan tanlangan dasturga ko’ra alohida aniqlanadi.
Sug’urta mukofati sug’urta summasidan kelib chiqib hisoblanadi.
Kompaniya sug’urta mukofotining miqdorini aniqlashda bazali tarifga
oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsentni qo’llash xuquqiga ega: bu sug’urta
davri sug’urtalangan shaxsning yoshi, boradigan davlati,kasibi, shuningdek
sug’urta xodisasi ro’y berishga ta’sir etadigan boshqa omillarga bog’liq
bo’ladi.
Sug’urta mukofatinig sug’urtalovchi yagona to’lov yo’li bilan butun
sug’urta davri uchun naqd pul yoki naqd pulsiz hisob-kitob yo’li bilan to’laydi.
Polis sug’urtalangan shaxsning O’zbekiston Respublikasidan tashqari
davlatda bo’lishi davrining 1 yildan oshmashgan muddati uchun beriladi.
Agar sug’urtalangan shaxsning chet elga ko’p martalik safari nazarda tutsa,
sug’urta qoplamasi uchta davr bo’yicha to’laniladi:
Multi I- sug’urta davri 365 kun, har bir safarning davomililigi 30 kundan
oshmasiligi kerak;
Multi II-183 kun, sug’urtalangan kunlari umumiy-60 kun;
Multi III- 92 kun, umumiy sug’urtalangan kunlar soni-30 kun.
Polis bitta safar uchun bundan ko’p muddatga uzaytirilishi mumkin emas.
Polis sug’urtalangan shaxsning doimiy yashaydigan davlatda yoki
fuqaroligi bor davlatda amal qilmaydi.
Chet elda bo’lishi muddati o’zgargan holatda sug’urtalovchi bu haqda
kompaniyaga yozma ravishda xabar berishi kerak. Sug’urta kompaniyasi
polisni pulni qaytarish yoki qo’shimcha to’lash bilan o’zgartirdi.
Kompaniya polisda ko’rsatilgan sug’urta summasi chegarasida quyidagi
xarajatlarni qoplaydi:
A.Tibbiy xarajatlar ya’ni:
-ambulatoriya tibbiy markazida ambulator davolash bunga shifokor
maslaxati, diognostik va lobaratoriya tekshiruvi vrach tomonidan tayinlangan
dori-darmonlar, bog’lash vositalari uchun xarakatlar kiradi.
-kasalxonada bo’lish va davolanish xarajatlari;
-shoshilinch stomatologik yordam ko’rsatish, agar baxtsiz hodisa oqibati
bilan bog’liq bo’lsa;
229
B.Tibbiy transport xarajatlari, ya’ni;
-zarur bo’lgan xolatda; eng yaqin kasalxonilardan biriga transport vositasida
olib borish;
-sug’urtalangan shaxsning tibbiy repatriatsiya-uning yashab turgan joyidan
O’zbekistoning eng yaqin xalqaro aeraportiga transportda elitish.
Faqatgina Assistans xizmatining vakili shifakorlari tibbiy repatriatsiyaning
maqsadga mofiqligini hal qila oladilar. Agar Assistans shifakorlari
repatriatsiyani zarur deb hisoblasalar, lekin sug’urtalangan shaxslar uni rad
etsa. Assistans xizmati xizmatlar ko’rsatishi va ular uchun to’lovni to’xtatadi.
Assistans xizmati sug’urta hodisasi ro’y berganda sug’urtalangan
shaxsning oilaviy hamrohi O’zbekistonga qaytish uchun mo’ljallangan
transport vositasidan foydalana olmasa, transport xizmatini tashkillashtirib
beradi.
Agar sug’urtalangan shaxs 10 kundan ortiq vaqtga kasalxonaga
etkazilgan bo’lsa va birorta ham oila a’zosi unga hamroh bo’la olmsa,
Assistans xizmati uning eng yaqin qarindoshini u etgan kasalxonaga etib
kelishini tashkillashtiradi (samalyot yoki poezda borish va kelish uchun bilet).
Bunda qarindoshning chet davlatda bo’lgan uchun xarajatlar kompaniya
tomonidan qoplaydi.
Sug’urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda Assistans xizmati jasadni
turgan erdan O’zbekistonning eng yaqin xalqaro aeraportigacha transortda
elitish xarajatlarini o’z zimmasiga oldi. Bunda dafn etish va dinniy marosilar
xarajatlari qaplanadi.
Sug’urtalangan shaxsni transportda elitish usuli Assistansxizmati yoki
kompaniya tomonidan belgilanadi. Bunda haydovchining harakat jadvaliga
amal qilmaganliga uchun komaniya javobgar hisoblanadi.
G. Baxtsiz xodisa bo’yicha xarajatlar:
Agar sug’urtalangan shaxs polisining amal qilsh davridagi va hududidagi
baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan bo’lsa kompaniya sug’urta dasturida nazarda
tutilgan sug’urta summasini naf oluvchiga to’laydi.
Sug’urta to’lovi O’zbekistonda Markaziy bankning sug’urta hodisasi
ro’y bergan kundagi kursi bo’yicha so’mda, naf ouvchining bankdagi hisob
hisob raqamiga pul o’tkazish yo’li bilan to’lanadi.
Sug’urtalangan shaxsga bir yoki bir necha sug’urtaxodisasi uchun
kompaniya tomonidan to’lanadigan to’lov sug’urta summasidan oshmasligi
kerak.
4
.
Iqtisodi rivojlangan mamlakatlarning moliya- kredit tizimida
sug’urta kompaniyalari eng muhim bo’g’inlardan biri hisoblanadi. Ayrim
ma’lumotlarga ko’ra, 2004 yilda jahon miqyosida sug’urta kompaniyalari
tomonidan yig’ib olingan jami sug’urta mukofotlari miqdori, taxminan 1,1
trl.dollardan oshib ketdi. Buning asosiy sababi shundaki, ishlab chiqarishning
gurkirab rivojlanishi, barqaror iqtisodiy o’sish, pirovardida bu mamlakatlarda
oddiy aholi turmush darajasining farovonligi sug’urta ishini taraqqiy etishi
uchun zamin yaratdi. Buni biz birgina bugungi kunda jahonning eng
rivojlangan mamlakatlaridan biri bo’lgan - Amerika Qo’shma Shtatlari
misolida ko’rishimiz mumkin.
230
2004 yil statistik ma’lumotlariga ko’ra, Amerika Qo’shma Shtatlarida
hosil qilingan yalpi ichki mahsulotning 9,4 foizini sug’urta mukofotlari tashkil
etgan. Bu ko’rsatkich Frantsiya, Kanada, Italiya kabi taraqqiy etgan
mamlakatlarning tegishli ko’rsatkichidan sezilarli darajada yuqoridir. Amerika
diyorida sug’urta ishini nechog’li rivojlanganligini nafaqat yuqorida qayd
etilgan makroiqtisodiy ko’rsatkich orqali emas, balki boshqa ko’rsatkich orqali
ham bilib olishimiz mumkin. Jumladan, 2004 yilda yig’ib olingan sug’urta
mukofotlarini aholi jon boshiga taqsimlaganda, bir AQSh fuqarosi o’zini va
o’ziga qarashli mol-mulklarni sug’urtalashga bir yilda 3790,2 dollar sarflagan.
Yuqorida ko’rsatilgan mablag’ning 2072,1 dollari umumiy sug’urta, 1718,1
dollari esa hayotni sug’urtasiga to’g’ri keladi.
XX asrning so’nggi o’n yili mobaynida sug’urta faoliyati Yaponiya,
Janubiy Koreya, Singapur va Germaniya kabi davlatlarda jadal rivojlanib
borishiga qaramasdan, Amerika sug’urta kompaniyalari jahonda o’zining
etakchilik mavqeini yo’qotgan emas. 2004 yilda Amerika Qo’shma Shtatlari
Kanada bilan birgalikda er sharida yig’ib olinadigan sug’urta mukofotlarining
qariyb 36,2 foizini to’pladilar. Ko’rinib turibdiki, bu juda yuqori ko’rsatkich va
bu mamlakatlarda sug’urta ishi kundalik hayotning ajralmas elementi
ekanligidan darak beradi.
2004 yil ma’lumotlariga murojaat qiladigan bo’lsak, Amerikada 6000
mingga yaqin sug’urta kompaniyalari mavjud bo’lib, ularda 2,6 mln.ga yaqin
xodimlar ishlashyapti. 2000 yillar boshida amerikalik fuqarolar umumiy
summasi 6,6 trl. dollardan ortiq bo’lgan 450 mln. sug’urta polisiga ega
bo’lishgan.
AQShda sug’urta biznesi rivojlanishining eng muhim
yo’nalishlaridan biri, uning yanada baynalminallashuvidir. Amerikalik
ekspertlarga ko’ra, bu jarayon kelgusi 10 yillikda yanada kuchayadi. Buni biz
O’zbekiston misolida ham ko’rishimiz mumkin. 1991 yilda O’zbekiston o’z
mustakilligini ko’lga kiritishi va bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich
o’tishi munosabati bilan, O’zbekistonga rivojlangan davlatlarning, shu
jumladan Amerika Qo’shma Shtatlarining qiziqishi oshdi.
1994 yilda mamlakatimizda Amerikaning eng yirik sug’urta
kompaniyasi bo’lmish - “Ameriken Interneyshnl Grupp” sug’urta
korporatsiyasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan hamkorlikda
“UzAIG” o’zbek-amerika sug’urta kompaniyasini tashkil etdi. Bu qo’shma
sug’urta kompaniyasining Ustav kapitalida amerikalik kompaniyasining ulushi
51 foizni, ya’ni 1,1 mln.doll.ni tashkil etadi. Ammo, xalkaro bozorlarda
Amerika sug’urta kompaniyalari jiddiy raqobatga duch kelishmoqda. Amerika
sug’urta kompaniyalarining xalkaro bozorlarda faol faoliyat ko’rsatishining
asosiy sabablaridan biri shundaki, Amerika savdo-sanoat monopoliyalari,
transnatsional korporatsiyalari tobora jahon bozorini ishg’ol qilmoqda.
Tabiiyki, bu monopoliya va korporatsiyalar chet mamlakatlar iqtisodiyotidagi
o’z ishtiroklarini tarkibiy tuzilmalaridan biri bo’lgan sug’urta kompaniyalarisiz
amalga oshirishmaydi.
5. Barcha davlatlarda bo’lgani kabi Amerika Qo’shma Shtatlarida ham
sug’urta kompaniyalari faoliyati ustidan davlat nazorati mavjud. Bu bejiz
231
emas, albatta. Negaki, qaysi davlatda va iqtisodiy taraqiyot qay darajada
rivojlanmasin, baribir, sug’urta kompaniyalari millionlab mijozlari oldida
olgan majburiyatlarini halol va vijdonan bajarishlari uchun mas’uliyatga
egadirlar.
Shunisi diqqatga sazovarki, AQShda sug’urta kompaniyalari faoliyatini
davlat tomonidan tartibga solish markazlashgan shaklda yagona Federal
boshqaruv organi tomonidan nazorat qilinmasdan, balki shtat darajasida
nazorat qilinadi. Har bir shtatda sug’urta operatsiyalarini nazorat qilish
bo’yicha maxsus bo’limlar mavjud bo’lib, ular superintendant yoki komissarlar
tomonidan boshkariladi. Bu shaxslar shtat gubernatorlari tomonidan
tayinlanadi va odatda, rahbarlik muddati gubernatorlar saylov muddatiga teng.
Ayrim shtatlarda sug’urta operatsiyalari hajmining nihoyatda kattaligi maxsus
bo’limda etarli miqdorda xodimlar ishlashini talab etadi. Ammo, shunday
bo’lishiga qaramasdan bu nazorat bo’limlari doimo malakali mutaxasislar va
zarur darajadagi mablag’lar etishmasligidan aziyat chekishadi. Shunisi
ajablanarliki, har bir shtatda sug’urta kompaniyalarini nazorat qilish va
ro’yxatdan o’tkazish tartibi bir-biridan farq qiladi.
Sug’urta operatsiyalarini nazorat qilish bo’limining asosiy funktsiyasi
mazkur shtatda ro’yxatdan o’tgan barcha sug’urta kompaniyalarining to’lov
qobiliyati va amalga oshirilgan sug’urta operatsiyalari ustidan muntazam
nazorat o’rnatishdan iborat. Faqat bugina emas. Sug’urta operatsiyalarini
nazorat qilish maxsus bo’limi, amalda har bir sug’urtalovchining moliyaviy
ahvolini kuzatib boradi va yillik hisobotlarni tahlil etadi. AQShdagi har bir
shtat o’z hududida faoliyat ko’rsatayotgan hamma sug’urta kompaniyalari
uchun muayyan talablar va cheklovlar qo’yishda mutlaqo erkindir.
Har bir shtatda sug’urta faoliyatini tartibga solish yuzasidan alohida
qonun-qoidalarni mavjudligi bu yo’nalishda ma’lum bir qiyinchiliklarni
keltirib chiqarmokda. Xususan, Arkanzas shtatida ro’yxatdan o’tgan sug’urta
kompaniyasi o’z polisini Texas shtatida sotsa, demak u mazkur shtatning
sug’urta faoliyatini amalga oshirishga doir qonun hujjatlari talablariga javob
berishi zarur. Bu esa, o’z-o’zidan ortiqcha rasmiyatchilikni va hujjatlarni
to’ldirishni vujudga keltiradi. Mana shunga o’xshash masalalarni hal etish va
sug’urta sohasini Federal darajada o’zaro muvofiqlashtirib borish maqsadida,
barcha shtatlarning sug’urta operatsiyalarini nazorat qilish maxsus bo’limlari
bo’lim boshliqlarining ko’ngilli Milliy assotsiatsiyasiga birlashdilar.
Assotsiatsiyaning majlislari bir yilda 2-4 bo’lib o’tsada, afsuski, uning qabul
qilgan qarorlari shtatdagi qonun chiqaruvchi organlar uchun tavsiyaviy
xarakterga ega.
Ajablanarli tomoni shundaki, sug’urta kompaniyalarining o’zi emas,
balki ular faoliyatining ayrim tomonlari Federal hukumat tomonidan nazorat
qilinadi. Masalan, sug’urta kompaniyalarining qimmatli qog’ozlarni oldi-
sotdisi bilan bog’liq operatsiyalari qimmatli qog’ozlarni savdosi bo’yicha
Komissiya o’rnatgan talablarga javob berishi zarur.
Birinchi navbatda, sug’urtalanuvchini manfaatini himoya qiladi.
Evropada amalda bo’lgan tartibdan farqli o’laroq, Amerika Qo’shma
Shtatlarida sug’urta kompaniyasi rahbarlari uchun ularning malakasi, ish
232
tajribasiga talablar qo’yilmaydi. Aksincha, amalga oshirilgan sug’urta
operatsiyalari bo’yicha qattiq hisobot talab etiladi.
Har bir shtatda depozit va kafolat fondlari mavjudki, bu fondlar sug’urta
kompaniyalari bankrot deb e’lon qilingan taqdirda, olingan majburiyatlarni
bajarish uchun ishlatiladi. Kafolat fondiga ajratilayotgan mablag’lar miqdori
sug’urta kompaniyasining aktiviga nisbatan 2-5 foizni tashkil etadi. Mobodo,
sug’urta kompaniyasi bankrot deb e’lon qilinsa, bu holda sug’urta nazorati
qanday chora-tadbirlarni amalga oshiradi degan o’rinli savol tug’ilishi
mumkin.
Dastlab, shtatdagi sug’urta operatsiyalarini nazorat qiluvchi maxsus
bo’lim, bankrot deb e’lon qilingan kompaniyaning jami qarzlarini baholaydi.
Shundan so’ng, bankrot bo’lgan kompaniyaning mijozlarini qabul qilib olgan
boshqa kompaniya kafolat fondidan tegishli mablag’lar oladi. Ayrim
shtatlarda, sug’urta kompaniyalarining shtat byudjetiga to’laydigan ajratmalar
miqdori kafolat fondidan olinadigan mablag’lar summasiga kamayishi ham
mumkin.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Amerika Qo’shma Shtatlarida
sug’urta faoliyatini davlat tomonidan nazorat etish o’ziga xos xarakterga ega.
Har bir shtatda sug’urta faoliyatini nazorat qilishga qaratilgan qonunchilik
hujjatlari aytarli bir-biridan farq qiladi. Ammo, har qanday sharoitda sug’urta
operatsiyalarini nazorat qiluvchi maxsus bo’limlarning asosiy vazifasi
sug’urtalanuvchilarning to’la manfaatini himoya qilishga qaratilgan. Eng
asosiy gap ham mana shundadir.
6
.
Amerika Qo’shma Shtatlarida faoliyat ko’rsatayotgan sug’urta
kompaniyalarini uchta yirik guruhga bo’lish mumkin:
-
h
ayotni sug’urta qilishga ixtisoslashgan kompaniyalar;
- umumiy sug’urta operatsiyalarini (hayotni sug’urta qilishdan tashqari)
amalga oshiruvchi kompaniyalar.
- o’zaro sug’urtalash jamiyatlari.
Hayotni
sug’urtalashga
ixtisoslashgan
Amerikani
eng
yirik
kompaniyalarining o’ziga xos xususiyati shundaki, ular bugungi kunda ko’p
ming sonli pensiya fondlariga tegishli yuz milliardlab mablag’larni
boshqaradilar. Ayrim kompaniyalar aktivining 30-40 foizini, aynan Pensiya
fondlariga tegishli mablag’lar tashkil etadi. Bunda sug’urta monopoliyalarining
asosiy vazifasi Pensiya fondlari tomonidan ishonchli boshqaruvga topshirilgan
mablag’larni oqilona investitsion siyosat yuritish orqali ko’paytirishdan va
ishonchli saqlashdan iborat. Sug’urta kompaniyalari bunday xizmatlari uchun
Pensiya fondlaridan tegishli vositachilik haqini oladilar. Bu xizmat haqi
sug’urta kompaniyalariga millionlab daromad keltiradilar. Ammo, bu asosiysi
emas. Gap shundaki, sug’urta kompaniyalari ixtiyoridagi katta miqdordagi
investitsion resurslar, ularni sanoat korxonalari ustidan nazorat o’rnatishlari
uchun imkoniyat yaratadi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, Amerikaning
eng yirik 100 ta sanoat korporatsiyalaridan 27 tasida sug’urta
kompaniyalarining vakillari Direktorlar kengashini boshqargan. Bu ko’rsatkich
bo’yicha sug’urta kompaniyalari faqat tijorat banklari va investitsiya
kompaniyalaridan keyingi o’rinda turadi.
233
Umumiy sug’urta operatsiyalarini amalga oshiruvchi kompaniyalar,
aytarli barcha ko’rsatkichlar bo’yicha hayotni sug’urtalashga ixtisoslashgan
kompaniyalardan keyin turadi. Ammo, yig’ib olinadigan sug’urta mukofotlari
miqdori va aktivining o’sishi bo’yicha umumiy sug’urta operatsiyalarini
amalga oshiruvchi kompaniyalar biroz ilgari harakat qilishmoqda. Buning
asosiy sababi shundaki, keyingi yillarda bu sug’urta turlariga bo’lgan talab
sezilarli ravishda kuchaydi.
Mazkur toifaga mansub sug’urtalovchilar mijozlar sonini oshirish
maqsadida muntazam yangi sug’urta xizmatlarini taklif etmoqdalar. Jumladan,
advokatlarning, shifokorlarning va me’morlarning uchinchi shaxsga zarar
keltirish bo’yicha kasbiy javobgarligini sug’urta qilish yuqoridagi fikrimizning
yaqqol isbotidir. Hozirgi paytda, birgina “San Paul kompani” sug’urta
kompaniyasida 65 mingdan ortiq shifokor o’z javobgarligini sug’urta
qilishgan. Ushbu sug’urta turi bo’yicha to’plangan sug’urta mukofotlari
miqdori yalpi tushumlarning 15 foiziga yaqinini tashkil etmoqda.
Amerika Qo’shma Shtatlarining sug’urta tizimida “m’yuchuels” deb
ataluvchi o’zaro sug’urtalash jamiyatlari o’ziga xos o’rinni egallaydi. Agar,
aktsiyadorlik sug’urta kompaniyasining egalari aktsiyadorlar bo’lsa,
“m’yuchuels” tipidagi o’zaro sug’urtalash jamiyatining egalari - bu shu
jamiyatda o’z hayoti yoki mol-mulkini yoxud javobgarligini sug’urta qilgan
jismoniy va yuridik shaxslardir. Bunday sug’urta jamiyatlarining butun pul
mablag’lari sug’urta mukofotlari va foydadan ajratmalar hisobidan shakllanadi.
Shuning uchun sug’urta mukofoti bir vaqtning o’zida sug’urtalanuvchining
jamiyatga kirish hissasi bo’lib ham xizmat qiladi. Sug’urtalanuvchi o’zaro
sug’urtalash jamiyatidan sug’urta polisini sotib olar ekan, u nafaqat sug’urta
qoplamasini olishga da’vogarlik qiladi, balki sug’urtalovchi faoliyatining
natijalari bo’yicha olingan foydani bir qismini olishga ham haqlidir.
Dastlabki, “M’yuchuels” tipidagi sug’urta jamiyatlari aktsiyadorlik
sug’urta kompaniyalariga qarama-qarshi ravishda tashkil etildiki, bunda
sug’urtalovchi nafaqat sug’urtani daromad olishni bir manbai sifatida qarashi,
balki o’zining hissadorlarini eng qulay sharoitlarda sug’urtalashi zarur edi.
Mavjud ma’lumotlarga ko’ra, AQShda 2000 dan ortiq o’zaro sug’urta
qilish jamiyatlari faoliyat ko’rsatishmoqdaki, bu ko’rsatkich Buyuk Britaniya,
Frantsiya va Daniyada 100 tadan ortiqni tashkil etadi. Bu shakldagi sug’urta
jamiyatlarining umumiy daromadi AQShda 482,1 mlrd.doll.ni tashkil etadi. Bu
boshqa davlatlarning ko’rsatkichlaridan juda ko’pdir. Shu erda ta’kidlash
zarurki, Yaponiyada bor-yo’g’i 20 ta o’zaro sug’urtalash jamiyati mavjud
bo’lishiga qaramasdan, ular tomonidan to’plangan sug’urta mukofotlari 278,3
mlrd.doll.ni tashkil etgan.
Amerika sug’urta tizimida sug’urta brokerlari o’z mavqelariga ko’ra
muhim ahamiyatga ega. Ko’p sug’urta shartnomalari amalda sug’urtalovchi
bilan sug’urtalanuvchi o’rtasida bevosita tuzilmasdan, balki brokerlar
vositasida tuziladi. Jumladan, Amerikaning eng yirik kompaniyalaridan biri-
“Prudenshial” 22 minga yaqin agentlarning xizmatidan foydalanishadi.
Yuqorida qayd etganimizdek, Amerika Qo’shma Shtatlarida sug’urta
biznesi rivojlanishining asosiy yo’nalishlaridan biri, uni yanada
234
internatsionallashuvidir. Chet eldagi bo’lim va vakolatxonalar soni bo’yicha
AQSh bugungi kunda dunyoda ikkinchi o’rinni egallab turibdi. Amerika
sug’urta kompaniyalarining xalqaro miqyosda faol ishtirok etishlarining asosiy
sababi shundaki, Amerika transnatsional korporatsiyalari jahon bozorida tobora
kuchli pozitsiyalarni egallashmoqda. Bu korporatsiyalarga qarashli mol-
mulklar va boshqa manfaatlarni sug’urtaviy himoya etish, shubhasiz uning
tarkibiga kiruvchi sug’urta kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Amerikaning mashhur “ITT” kontserni, o’z sug’urta operatsiyalarini jahonning
80 mamlakatida amalga oshirayotgan 25 sug’urta kompaniyalarini nazorat
qiladi.
Amerika Qo’shma Shtatlari sug’urta tarmog’idagi eng yirik
kompaniyalardan biri - bu “SIGNA” sug’urta korporatsiyasidir. Bu
korporatsiya 1982 yilda “Konnektiut djeneral korp.” va “INA korp.”
kompaniyalari negizida tashkil etilgan bo’lib, uning shtab - kvartirasi
Filadelfiyada joylashgan. U amalga oshiradigan asosiy sug’urta operatsiyalari
mol-mulkni
va
javobgarlikni
sug’urtalashdir.
“SIGNA”
sug’urta
korporatsiyasining vakolatxonalari jahonning 160 dan ortiq mamlakatida
faoliyat ko’rsatyapti. Uni chet eldagi filiallari asosan shaxsiy sug’urta va mol-
mulk sug’urtasi bilan shug’ullanishadi. 1995 yilda korporatsiya bo’yicha kelib
tushgan sug’urta mukofotlarining sal kam 10,0 foizi chet eldagi filiallar
hisobiga to’g’ri kelgan.
Qo’shma Shtatlarning eng etakchi kompaniyalari haqida to’xtalar
ekanmiz, “Amerikan International Group (AIG)” sug’urta guruhining ichki va
tashqi bozordagi faoliyati alohida tahsinga sazovordir. Guruh asosan savdo va
sanoat tarmoqlari tavakkalchiliklarini sug’urtalashga ixtisoslashgan. “AIG”
o’zining dastlabki operatsiyalarini 1919 yilda Shanxayda boshlagan bo’lib,
keyinchalik shtab-kvartirasi Nyu-Yorkka ko’chirilgan. Bugungi kunda
guruhning vakolatxonalari va filiallari er yuzining 140 mamlakatida mavjuddir.
“AIG”ning bir yillik sug’urta operatsiyalari hajmi qariyb 10,0 mlrd.doll.dan
ortiq.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, 1990 yillarning boshida sohada
raqobatni keskinlashuvi 1993 yillarga kelib hayotni sug’urta qilishga
ixtisoslashgan 105 ta va umumiy sug’urta operatsiyalarini amalga oshiruvchi
74 kompaniyani bankrot bo’lishiga olib keldi. Sug’urta faoliyatini nazorat
qiluvchi hukumat organlari buni oldini olish maqsadida sug’urta
kompaniyalarining mavjud kapitallariga bo’lgan eng kam talabni yanada
kuchaytirdi. 1993 yildan boshlab, bu talab 2-3 mln.doll. atrofida belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |