Toshkent moliya instituti "tasdiqlayman"



Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/278
Sana26.08.2021
Hajmi5,15 Mb.
#156492
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   278
Bog'liq
akademik yozuv va notiqlik

 
Ohang, urg`u  
uslubiy mazmun 
ifodalashda vosita 
bo`ladi. 
Nutq mazmuni bilan, 
ohangdor, mayin, 
musiqiy tovushlari bilan 
ta’sirli hamda yoqimli 
bo`ladi.
 


85 
 
Leksik  vositalar.  So`zlar  o`z  ma’nosi  bilan  biror  harakatga  (qo`li  gul  odam) 
ko`chiriladi,  natijada  gul  so`zi  qo‘shimcha  uslubiy 
mazmun  oladi.  Shuningdek,  ko`z,  til,  ona  kabi 
so‘zlarning  ma’nosi  ko‘chirilishi  mumkin.  Ayrim 
so‘zlar  esa  o‘z  leksik  ma’nosi  bilan  birga, 
qo‘shimcha  modal  mazmun  ifodalaydi:  do`st,  yer, 
qahramon,  go`zal,  aqlli,  mehr,  ishbilarmon  kabi 
so‘zlar  ijobiy  ma’no,  bo`hton,  yolg`onchi,  yalqov, 
sassiq,  dushman  kabi  so‘zlar  esa  salbiy  ma’no 
ifodalaydi.  So‘zning  o‘z  ma’nosidan  ko‘chishi, 
uslubiy mazmun olishi ko‘proq badiiy uslub, ba’zan 
ommaviy  uslub  va  o‘rni  bilan  og‘zaki  so‘zlashuv 
tilida uchraydi. 
Biz  shaxslarga,  predmetlarga,  hodisalarga  ikki  xil 
baho  beramiz:  ijobiy  baho-bunda  moyillik,  sevish,  hurmat  qilish,  mehr-muhabbat 
tuyg`ulari  ifodalangan  bo`ladi:  ofarin,  yoqimli,  ajoyib,  go`zal,  shirin,  chiroyli, 
saxiy, baxtli kabi. 
Salbiy bahoda nafrat, xafa bo‘lish, ranjish, haqorat, dil og‘rishi kabi tuyg‘ular 
ifodalanadi. Masalan, xasis, bevafo, badnafs, ochko`z, firibgar, va’daboz, badbaxt 
va boshqalar.  
Ma’lumki,  fe’l  so‘z  turkumlari  ichida  xilma-xil  shakllarga  boy  bo‘lib,  shu 
tufayli uning uslubiy imkoniyatlari ham nihoyatda kengdir: birgina zamon va shaxs  
qo‘shimchalarining  ko‘pligi  ulardagi  sinonimik  qatorlardan  istalgan  ma’noni 
ifodalash  uchun  so‘zlovchiga  bu  fe’l  shakllaridan  birini 
tanlay olish imkonini beradi. 
1.  I  shaxs  birlik  o‘rnida  II  shaxs  birlik 
qo‘shimchalaridan foydalaniladi: 
 Sabr 
qil, 
Mirsalim 
(shaxs  o‘ziga  qarata 
gapiryapti...).  Beparvo  ham  bo`lma,  otingni  qamchila. 
So`zlar o`z ma’nosi 
bilan betaraf bo`lsa 
ham  
(ota, ona, suv, non, 
go`sht, ishonch, o`rmon, 
gilos va b.), kontekstda  
ko`chma ma’noga ega 
boladi. 
Gulning chiroyli belgisi 
odamga (gul yuz), 
o`rin-joyga (gul bog`), 
biror harakatga (qo`li 
gul odam) ko`chiriladi, 
natijada gul so`zi 
qo‘shimcha uslubiy 
mazmun oladi.
 
Metafora, 
metonimiya, 
sinekdoxa, kinoya, 
tag ma’no kabi 
leksik vositalar ham 
uslub yaratishda 
muhim o‘rin tutadi. 
 


86 
 
Oldini  ol!  —  Shunday  mulohazalardan  so`ng  Qodir  bilan  uchrashish,  uning 
qo`yniga tasodifan asta qo`l solish flkriga keldi. (Sh.) Shunday insonlarni kо`rgach, 
odamzod chindan ham po`lat kabi irodali bo`lishiga ishonasan, kishi. 
2. II shaxs ko‘plik o‘mida I shaxs ko`plik shakli qo‘llanadi. Bundan shaxs va 
harakatlar orasida yaqinlik ifodalanadi: Qani, bolalar, yozamiz. 
3.  II  shaxs  birlik  o`rnida  III  shaxs  birlik:  Anvar  yugurib  borib, 
Alimardonning yoqasidan oldi: Shunaqa narsa bilan hazil qiladimi odam? (О`. H.) 
 
Tilimiz  an’anasiga  muvofiq,  kamina  so‘zi  hozir  I  shaxs  o‘rnida 
qo‘llanadi: Bu orada ham kamina uzr so`raydi. Xojangiz, xo`jangiz, qulingiz kabi 
so‘zlar ham I shaxs o‘rnida qo‘llanishi mumkin:  Yo`q, Eshon aka! Ko`nglingiz 
qanaqa choy tilasa, xojangiz muhayyo qiladi. (S. A.) 
 
II  shaxs  (birlik  yoki  ko‘plik)  o‘rnida  III  shaxs  shakllari  ishlatiladi: 
Eshik ocharkan xola Gulshanga salom berdi va «Xush keldilar! Kelsinlar!» - dedi. 
Ha xo`ylab qoldilar?...  
6. II shaxs birlik o‘rnida III shaxs ko`plikdan foydalanish mumkin. Bunda 
ham  yo  hurmat,  yo  kesatish  ma’nolari  ifodalanadi:  Biz  Davonga  Abdulla 
Qodiriy  izidan  keldik.  U  kishi  bundan  40  yil  ilgari  Mallaboy  aka  haqida  ocherk 
yozish uchun shu yerga kelgan ekanlar. (T. P.) 
7.  Jonli  so‘zlashuv  nutqida  II  shaxs  Siz  olmoshi  o‘rnida  o`zlari  olmoshidan 
ham foydalaniladi: - Xo
`
p, salomatmisiz, Mirzo  -  Shukr. O`zlaridan so` rasaк? (A. 
Qod.) 
8. Hozirgi zamon o‘nida hozirgi-kelasi zamon fc’lidan foydalanish mumkin: 
Oyimxonni chaqiradilar. (A.Qod.) 
9.  O‘tgan  zamon  fc’li  shakllari  kelasi  zamon  uchun  qo‘llanib,  bajarilmagan 
ishga bajarilish bo‘yog‘ini beradi: Bu ishni bajardim, deylik, keyin nima bo`ladi? 
10. Xayoliy faoliyat yoki tasavvur (masalan, tush) oqibatlarini bayon etishda 
ham zamonlar bir-birining o‘nini qoplashi mumkin. Masalan: Ishonch bilan yodga 
tushdim. Odamlar ketidan ketyapman. Odamlar keti uzilmaydi. 
 


87 
 

Download 5,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish