4-reja ►
88
Bu kategoriyalardan biri bo`yicha obyektning o`zgarishi vizual kontrast
yaratadi. Ikki obyekt o`rtasidagi kontrast qanchalik kuchli bo`lsa, ularni 2 ta
alohida o`zaro bog`liq bo`lmagan obyektlar sifatida qabul qilinadi.
Boshqa elementlar “iyerarxiyasi” butun kompozitsiya bo`ylab ko`z yuritadi,
syujetga o`z qo`shimchalarini kiritadi. Har bir elementning holati ko`rayotgan
shaxsga yaxlit kartinada bu elementning muhimlik darajasi to`g`risida axborot
beradi.
Sirkning vizual jihatdan dominant bo`lgan reklama plakatidagi eng qiyin
element – bu artistlar va sarlavhani tasvirlashdir. U umumiy kartina yaratadi,
ya’ni – shaharga sirk keldi. Kamroq darajada dominant bo`lgan yangiroq
elementlar – biletning narxi va namoyish ishtirokchilarning ro`yxati. Agar
iyerarxiya boshqacharoq bo`lsa, ko`pchilik shaharga sirk kelganini tushunmagan
bo`lar edi. Tartibga solingan iyerarxiya nafaqat axborotni qabul qilish tartibini
belgilaydi, balki sahifaning tarqoq elementlarini birlashtirishga ham yordam
beradi. Shunday qilib, tartib va balans tuyg`usi paydo bo`ladi. Vizual iyerarxiyasiz
sahifaning har bir elementi foydalanuvchining
diqqatini tortadi, natijada tarqoq e’tibor yo`qoladi.U
yoki bu elementning iyerarxiyasidagi holati siz nimani
aytishni xohlayotganingizga bog`liq bo`ladi.
Sahifaning
u
yoki
bu
elementi
yukini
kamaytiramiz. Bu bilan biz sahifani ko`rayotgan
shaxsning diqqatini jalb qiladigan yo`lni belgilaymiz.
Vizual iyerarxiya
(ketma-ketlik)ni to`g`ri
tashkil etish uchun,
ko`rish orqali qabul
qilish prinsiplaridan
foydalaniladi.
89
Elementning vizual og`irligi o`ziga qaratilgan ko`z qarashning e’tibor darajasi
yoki qiziqarliligi bilan o`lchanadi.
Masalan, qizil rangli yirik sarlavha, oq fon bilan
ko`proq kontrast paydo qiladi (och kulrang nuqtaga
nisbatan). Qizil sarlavha ko`proq og`irlikka ega,
chunki u birinchi bo`lib qarayotgan shaxsning
diqqatini jalb qiladi. Ammo u chapdagi suratdan
ko`ra ko`proq diqqatni ushlab tura olmaydi.
Syujetni
bayon
qilish:
vizual
iyerarxiya.
“Dizaynerlar tartibsizlikka (xaosga) tartib kiritish
uchun ishlaydilar: ular g`oyani aniqroq taqdim etish
uchun so‘z va tasvirlarni tashkil qilish va
manipulyatsiya qilish usulidan foydalanadilar.
Djeffri Vin (Jeffery Veen), The Art and Science of Web Design.
Biz obyektlarni vizual taqsimlashning asosiy qoidalarini (prinsiplarini) bilib
olganimizdan keyin, umumiy boshqa vazifaga murojaat qilishimiz mumkin: ma’lum
syujetni, xabarni taqdim qilish uchun bu prinsiplardan qanday foydalanish kerak?
Bunday “vizual hikoya”da elementlar muhim darajaga qarab joylashtiriladi, buni
oson qabul qilish mumkin. Dastlab, unga nazar solayotgan shaxs eng asosiy
elementga diqqatini qaratadi, keyin muhimligi kamroq bo`lgan elementlarga
o`tadi. Umumiy syujetni yangi ma’lumotlar bilan mantiqiy tartibda joylashuvi
vizual iyerarxiya deb ataladi. Aniq vizual iyerarxiyaga (ketma-ketlikka) ega
bo`lgan kompozitsiyada har bir elementning vizual og`irligi (vazn) tasvirni
ko`rayotgan shaxsning diqqat-e’tiborining yo`lini belgilaydi.
Sahifadagi har bir elementning nisbatan muhimligini e’tiborga olgan holda,
sizning saytingizga tashrif buyuruvchilar bu tushunchani saytning barcha
sahifalariga o`tkazadilar. Agar sahifa elementlarining barchasi bir xil vizual vaznga
ega bo`lsa, uni qabul qilishni, elementlarning o`xshash va farqli tomonlaridan
o`yin tariqasida foydalanishni osonlashtiradi. Amaliyotda qo`llash: har qanday
veb-sahifa ko`plab alohida elementlardan tarkib topadi, masalan, navigatsiya
Rang, shakl va fuktara
variatsiyalari bilan
yaratilgan turli vizual
og`irlikka ega uchta
obyekt.Vizual jihatdan
dominant (ustun)
bo`lgan elementlar
qarayotgan shaxsning
diqqatini birinchi bo`lib
jalb qiladi. Ular tortish
markazi bo`lib xizmat
qiladi.
90
menyusi (bir necha daraja), murojaat uchun axborot, izlash bloki, logotiplar, xarid
qutisi bilan piktogramma va h.k.
Bu elementlar o`z navbatida yana kichikroq elementlarga bo`linadi.
Umumiy veb-sahifaning iyerarxiyasi
quyidagicha namoyon bo`ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |