2-reja ►
23
Bunday ekstralisoniy omillar iqtisodiyotning o‘ziga xos terminologik
tizimining qaror topishiga sabab bo‘ldi. Demak, iqtisodiyot terminologiyasi hozirgi
holatiga yetib kelgunga qadar bir necha bosqichlarni bosib o‘tdi.
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” lug‘ati, inqilobgacha
yaratilgan bir qancha lug‘atlar, o‘zbek adabiyoti vakillari, xususan, Alisher
Navoiy, Bobur va boshqalarning badiiy, ilmiy-badiiy asarlari o‘zbek iqtisodiy
terminlarning rivojlanishida o‘ziga xos o‘rin tutgan manbalar hisoblanadi. Asarda
o‘z ifodasini topgan ba’zi leksemalar davr o‘tishi bilan is’temoldan tushib, hozirda
arxaizmga aylanib qolganligini ham qayd etish lozim. Маsalan, bergo‘ - qarz;
oto‘nch - qarz; o‘ro‘nch - pora; og‘ur - davlat; yomg‘a -mollarni saqlovchi va
ularni yig‘uvchi (amaldor); sart - savdogar; terchi - muzd, ish haqi oluvchi.
24
Keltirilgan dalillardan ijtimoiy-siyosiy hayot
ning, bilish jarayonining xilma-xil sohalariga oid
ko‘pdan-ko‘p terminlarning qayd etilganligi va
ulardan ayrimlarining ham o‘sha davrdagi
ma’nolari bilan qo‘llanayotganligi ayon. Bundan
ularning hozirgi kunlargacha yetib kelishida turli
davrlarda tuzilgan lug‘atlarning ham ahamiyati
beqiyos ekan, degan xulosaga kelish qiyin emas.
Iqtisodiy terminlar o‘z ifodasini topgan lug‘atlar
jumlasiga yana quyidagilarni kiritish mumkin:
“Badoyi-ul lug‘at”, Shayx Sulaymon Buxoriyning
lug‘ati, L.Budagov, V.V.Radlov tomonidan jonli
turkiy tillar va lahjalar hamda turkiy yozma
yodgorliklar materiallaridan foydalanib tuzilgan
lug‘atlar va boshqalar.
O‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiyning ilmiy yoki badiiy
asarlarida ko‘plab asli o‘zbekcha (ko‘pi umumturkiy) iqtisodiy terminlar
ishlatilgan. Zero, xalqlarning iqtisodiy va madaniy aloqalari hayotiy zaruriyat
bo‘lgani tufayli shu jarayonda bir tildan ikkinchi tilga leksemalar o‘tib turadi.
Har bir tilning lug‘aviy tarkibida etimologik
jihatdan shu tilning o‘ziniki bo‘lgan so‘zlardan
tashqari, o‘zga tillarning lug‘aviy unsurlari bo‘lishi
tabiiydir.
Alisher Navoiy asarlarida arabcha va fors-
bilan bog‘liq ekanligi ayrim tadqiqotlarda
ta’kidlangan.
Ulardan ma’lum bo‘lishicha, o‘zbek tilida
o‘zlashma qatlamning o‘ziga xos xususiyatlari aks
eta boshlagan.
Navoiy asarlarida faqat
umumturkiy iqtisodiy
atamalar qo‘llanib
qolmay, ularning arabcha,
fors-tojikcha sinonimlari
o‘z ifodasini topganki,
quyida keltiriladigan
misollar shundan dalolat
beradi: savdopisha-
savdogar-savdogarchilik;
sarmoya-davlat-mablag‘;
bay’ona-baho, qiymat, bay
puli; manfaat-foyda-
daromad; boj-xiroj;
dastmoya-farmoya-naqd-
pul-naqdina; narx-baho;
nafaqa-maosh-xarajat va
boshqalar.
ahdnoma-shartnoma;
narx-baho; sarmoya-
daromat- boylik-
mablag‘; dastmuzd-
maosh; savdogar-tojir;
bozurgon-savdogar;
ammol-soliqgir; naqd-
pul; boylik-naqda-
naqd; tilla-mablag‘-
naqd-naqdina.
25
Bunday qatlamlardan tashkil topgan sinonimiya shular jumlasidandir.
Fikrimizni iqtisodiyotga oid quyidagi sinonimik qatorlar tasdiqlay oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |