Toshkent moliya instituti "tasdiqlayman"



Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/278
Sana26.08.2021
Hajmi5,15 Mb.
#156492
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   278
Bog'liq
akademik yozuv va notiqlik

Terminlar 
rasmiylashgan so`zlar 
bo`lganligi sababli 
respublika miqyosida
hatto dunyo miqyosida 
bir tushunchani 
anglatadi. 
 


20 
 
     Bu  o‘rinda  shuni  qayd  etish  lozimki,  muayyan  kasb-hunar  yoxud 
mutaxassislikka  ega  bo‘lgan  kishilar  ko‘pincha  u  yoki  bu  sohaning  o‘ziga  xos 
spetsifik terminlari bilan ish ko‘radi.  
Masalan, bo‘lajak iqtisodchilarning yozma yoki 
og‘zaki nutqida kartelkliringtovar oborotimayda 
mulkchilik,  mablag‘  ajratish,  renta  kabi  tor 
doiradagina  qo‘llaniladigan  terminlar  ishlatilishi 
tabiiy  bir  holdir.  O‘z-o‘zidan  ayonki,  bu  xildagi 
terminlar 
iqtisodiyotdan 
uzoqroq 
biror 
kasb 
egasining nutqida ishlatilmaydi.  
 Ta’kidlash  lozimki,  nafaqat  iqtisodiyot  balki 
fan-texnika,  ishlab  chiqarishning  xilma-xil  soha  va 
terminlar majmui, ya’ni yig‘indisi terminologiya deb 
ataladi. 
Masalan, 
matematika 
terminologiyasi, 
tibbiyot  terminologiyasi,  iqtisodiyot  terminologiyasi 
va boshqalar.  
  Zero, 
ayrim 
leksikografik 
ishlarni 
hisoblamaganda,  o‘zbek  tilini  ilmiy  asosda 
o‘rganish,  hozirgi  o‘zbek  tilshunosligining  fan 
sifatida yuzaga kelishi ham shu davrdan boshlangan. 
Albatta,  terminlarni  o‘rganish  ehtiyoji  o‘z-o‘zidan 
kelib  chiqqan  emas,  barcha  bilim  sohalari  bo‘yicha 
o‘zbek  tilida  ta’lim  berishni  yo‘lga  qo‘yish,  bilim 
sohalarining  sezilarli  darajada  rivojlana  borishi, 
ilmiy  tafakkur  doirasining  kengayishi,  sobiq 
ittifoqdagi  milliy  tillar,  jumladan,  o‘zbek  tili  lug‘at 
tarkibining 
boyib 
borishi, 
binobarin, 
tilda 
terminlarning  ko‘payib  borishi  ularni  (terminlarni) 
har  tomonlama  o‘rganish  va  tartibga  keltirishga 
turtki bo‘lgan edi. 
O‘zbek tilshunosligida 
terminlarni o‘rganish, 
ularni tartibga solish, 
terminologik lug‘atlar 
tuzish kabi qator chora-
tadbirlar XX asrning 
20-yillari o‘rtalaridan 
boshlangan.
 
Iqtisodiyot sohasining  
qator terminlari ham 
borki, ular muayyan til 
egalarining deyarli 
barchasi nutqida bab-
baravar ishlatilaveradi. 
Bozor, mol, savdo, 
savdo-sotiq, pul, 
haridor, bozorchi, olib-
sotar, chayqovchi 
kabilar shular  
jumlasidandir. 
 


21 
 
     O‘zbek  tilshunosligida  turli  fan  sohalariga 
oid  terminologik  tizimlarni  lingvistik  jihatdan  har 
tomonlama  ham  ilmiy,  ham  amaliy  o‘rganish, 
asosan,  1950-yillardan  keyin  izchilroq  tus  ola 
boshladi;  termin  va  terminologiyaning  nazariy 
masalalariga  bag‘ishlangan  maqolalar  ayrim  fan 
sohalari terminlarini lingvistik jihatdan tahlil etishga 
bag‘ishlangan  nomzodlik  dissertatsiyalari  yuzaga 
keldi,  mukammal  terminologik  lug‘atlar  yaratishga 
kirishildi. 
    Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va 
nazariy  jihatlarini  yanada  chuqurroq  o‘rganish, 
termin 
qo‘llashni 
tartibga 
solish 
davlat 
ahamiyatidagi masalaga aylandi.  
O‘zbekiston  Respublikasining  Davlat  tili 
haqidagi  Qonuni  qabul  qilinishi  munosabati  bilan 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 
huzurida  Respublika  terminologiya  qo‘mitasining 
ish 
boshlashi, 
terminologiya 
masalalariga 
bag‘ishlab  Respublika  miqyosida  bir  necha  ilmiy-
amaliy, 
ilmiy-nazariy 
konferensiyalarning 
o‘tkazilganligi fikrimizning yaqqol dalilidir.  
  RMTK o‘z faoliyati davomida “O‘zbek tili terminologiyasi” nomli byulleten 
nashr  etishni    yo‘lga  qo‘ydi,  unda  o‘zbek  tili  terminologiyasining  dolzarb 
masalalariga  bag‘ishlangan  qator  maqolalari  bilan  birga,  har  bir  qo‘llanuvchi 
terminlarning ro‘yxati ham berib borildi.  
  Shuni  qayd  etish  lozimki,  Atamaqo‘m  RMTK  an’anasini  davom  ettirib, 
ko‘rsatilgan “Byulleten” ni nashr etishni yo‘lga qo‘ydi. 
 Ta’kidlash  lozimki,  Atamaqo‘m  keyingi  yillarda  o‘zbek  tili  terminologiyasi 
tizimlarini  barqarorlashtirish  va  terminlarni  har  xilligiga  chek  qo‘yish  borasida 
 
1984-yilda O‘zbekiston 
Fanlar akademiyasi 
Prezidiumi qoshidagi 
Respublika 
Muassasalararo 
terminologik komissiya
 
(RMTK)ning 
Atamashunoslik 
qo`mitasi tashkil 
etilgan.
 
 


22 
 
ancha-muncha ishlarni amalga oshirdi, boshqacha qilib aytganda, respublikamizda 
terminologiya  masalalarini  hal  etish  jonlantirib  yuborildi.  Xususan,  uning 
tashabbusi  bilan  terminlarni  nomlash  prinsiplari  ishlab  chiqildi  va  e’lon  qilindi. 
O‘zbek  tilining  iqtisodiy  terminlarini  to‘plash,  sistema  lashtirish,  ilmiy  nuqtai 
nazardan tadqiq etish va shu asosda bu terminologik tizimni imkon boricha tartibga 
solish zarurati tug‘ildi. 
        Shuni  aytish  kerakki,  tilda  an’anaviy 
tarzda  qadimdan  saqlanib  kelayotgan  iqtisodiy 
atamalar  bilan  zamonaviy  iqtisodiy  terminlar 
o‘rtasida juda katta farq bor.  
 
Qadimgi iqtisodiy atamalarning miqdori ancha 
cheklangan bo‘lsa, hozirgi yangi davr, ya’ni bozor 
iqtisodiyotiga  o‘tish  davrida  iqtisod  terminlariga 
ehtiyoj ortishi munosabati bilan iqtisodiy terminlar 
benihoya boyib bormoqda.  

Download 5,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish