220
ko’ra, ushbu xarajatlarning YAIMdagi ulushi boshqa harajatlarga nisbatan katta
miqdorni tashkil qiladi.
1-jadval
O’zbekiston Respublikasi YAIM tarkibida uy xo’jaliklari pirovard iste’mol xarajatlari
ulushi dinamikasi
Yillar
1990 y.
1996 y.
2000 y.
2011 y.
Ulush, %
81,0
67,1
61,9
51,1
Yalpi xususiy ichki investitsiyalar. Zahiralarning o’zgarishi. Yalpi va sof
investitsiyalar
.
Umum qabul qilingan uslubiyotga
binoan yalpi xususiy ichki
investitsiyalar quyidagilardan tashkil topadi: tadbirkorlar tomonidan mashina,
uskuna va stanoklarni pirovard sotib olish; uy-joy qurilishini hisobga olgan xolda
qurilish ishlari; zahiralarning o’zgarishi.
Iqtisodiy o’sish sur’atlari yuqori bo’lgan mamlakatlarda ularning ulushi YaIM
tarkibida 25-33 foizni tashkil qiladi. Investitsiyalar YAIM va aholi farovonligini
o’stirishning asosiy manbai bo’lib hisoblanadi.
2-jadval
O’zbekiston Respublikasi YaIM tarkibida yalpi xususiy ichki investitsiyalar ulushi
dinamikasi
Yillar
1990 y.
1996 y.
2000 y.
2011 y.
Ulush, %
32,2
23,0
19,6
25,0
YAIM – joriy davrda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini aniq hisoblanishini
talab
qilganligi uchun, uning tarkibiga bu yil ishlab chiqarilgan, ammo sotilmay
qolgan mahsulotni ham hisobga olinishi mantiqan to’g’ridir. Aks xolda
zahiralarning o’zgarishini hisobga olmasdan hisob-kitoblar
amalga oshirilgan
taqdirda, joriy yilda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi pasaytirilib ko’rsatilgan
bo’ladi. Odatda, zahiralarning o’zgarishi joriy davr oxiri va boshidagi zahiralar
qoldiqlarining farqi sifatida hisob–kitob qilinadi. Shu sababli joriy davrda katta
miqdorda ilgari sotilmay qolgan mahsulotlarning sotilgan taqdirda,
zahiralarning
o’zgarishi manfiy miqdorga teng bo’lishi mumkin.
MHTda investitsiyalar yalpi, ichki va xususiy investitsiyalarga ajratib
o’rganiladi. Oxirgi ikki ko’rsatkich xususiy firmalar va kompaniyalarning
xarajatlarini
ifodalab, ular ko’rilayotgan mamlakat uchun yuridik shaxslar
hisoblanishi lozim.
Yalpi ichki xususiy investitsiyalar eski mashina, uskuna va stanoklarni
almashtirish uchun ishlab chiqarilgan barcha investitsion tovarlar plyus har qanday
iqtisodiyotda sof qo’shimcha kiritilgan kapitalga teng. Demak, yalpi investitsiyalar
221
- ishlab chiqarishdan chiqib ketayotgan kapital o’rnini qoplash hamda kapitalning
qo’shimcha oshishiga olib kelgan investitsiyalardir.
Sof ichki xususiy investitsiyalar hajmini aniqlash
uchun yalpi xususiy ichki
investitsiyalar hajmidan asosiy kapital amortizatsiyasi xarajatlarini, ya’ni ishlab
chiqarishdan chiqib ketgan asosiy kapital o’rnini qoplash uchun ishlab chiqarilgan
mashina, uskuna va stanoklar hajmini ayirish kerak. Masalan, iqtisodiyotda 1000
birlik investitsion tovarlar ishlab chiqarilib, joriy
davrda ishlab chiqarish
jarayonida 400 birlik mashina va uskunalar iste’mol qilingan bo’lsa, iqtisodiyotga
qo’shilgan qo’shimcha kapila hajmi 600 birlikni tashkil etadi (600 = 100 - 400).
Demak, misolimizda yalpi yalpi investitsiyalar 1000 birlikni, sof investitsiyalar
600 birlikni tashkil qilgan. O’z navbatida, yalpi va sof investitsiyalar orasidagi farq
(1000 - 600 = 400) YAIMni ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan asosiy
kapital yoki amortizatsiya hajmini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: