Kir yuvish vositalari



Download 24,52 Kb.
Sana14.02.2017
Hajmi24,52 Kb.
#2498

Aim.uz

Kir yuvish vositalari

Bu tovarlarga xo‘jalik sovuni va sintetik kir yuvish vositalari kiradi. Xo‘jalik sovuni respublikamizning Andijon, Kattaqo‘rg‘on, Kogon, Farg‘ona va Qo‘qon yog‘-moy kombinatlari hamda Denov sovun zavodida ishlab chiqarilmoqda. Sintetik kir yuvish vositalari Namangan kimyo zavodi va Toshkent yog‘-moy kombinatida ishlab chiqarilyapti.

Xo‘jalik sovunlari tarkibida odatda 60% yoki 72% yog‘ kislotalari bo‘ladi. Bu sovunlar organik moddalardan olinganligi sababli yuvindilari mikroblar ta’sirida parchalanib, tashqi muhitni ifloslamaydi. Ular ozuqabop xomashyodan tayyorlanib tarkibidagi natriy suvda ishqor hosil qilganligi uchun tabiiy ipak, jun va lavsandan tikilgan kiyimlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, suvdagi kalsiy va magniy karbonatlari bilan yopishqoq tuz hosil bo‘lmasligi uchun kir yuvishda suvni natriy karbonati (soda) bilan yumshatishni talab qiladi.

Sintetik kir yuvish vositalari (SKYUV) ishlatilishi bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi:



  1. Paxta va zig‘ir gazlamalaridan tikilgan kiyimlarni yuvish uchun ishlatiladigan. Tarkibi kirni kiyimdan ajrata oladigan alkilarilsulfonat CH3(CH2)nCHOSO3Na (20%), yog‘li kirlarni parchalay oladigan natriy tripolifosfati Na5P3O10 (40%), suv tarkibidagi kalsiy va magniy karbonatlarini eriydigan choy sodasiga NaHCO3 aylantirib, uni yumshatuvchi kir yuvish sodasi NaCO3 (25%) va oqartiruvchi natriy perboratidan (15%) iborat.

  2. Ipak va jun gazlamalari uchun qo‘llanadigan. Tarkibi kirni kiyimdan ajrata oladigan alkilsulfat ROSO3Na (33%), suvni ishqor hosil qilmay yumshatadigan natriy sulfati Na2SO4 (50%), qolgani kirni kiyimga qayta yopishishiga to‘sqinlik qiluvchi karboksimetilselluloza va alkilolamiddan iborat.

  3. Universal. Tarkibida 20% natriy alkilbenzolsulfonati C8H17C6H3SO3Na, 40% natriy tripolifosfati, 25% natriy sulfati, biroz karboksil metilselluloza va boshqa moddalar bo‘ladi. Sintetik gazlamalarda hosil bo‘ladigan statik elektr zaryadlarini yo‘qotish va avtomatik kir yuvish mashinalari uchun ko‘pikni kamaylirishda kerakli moddalar qo‘shilishi mumkin.

Qisqa xulosalar


Ko‘mirlar. O‘zbekistonda ko‘mir konlari, asosan Angren, Olmaliq, Sariosiyo (Sharg‘un shahri) va Boysun tumanlarida joylashgan.

Веnzin. Bu yengil uglevodorodlar aralashmasidan iborat, uchqundan alangalanadigan yonilg‘idir. Benzin O‘zbekistonda Oltlariq, Farg‘ona va Qorovulbozor (Buxoro viloyati, Kogon tumani) neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqariladi.

Solyarka. Bu havoning siqilishi natijasida harorat 500-600°C ga ko‘tarilganda yonadigan dizel yonilg‘idir.

Yoritish kerosini. Molekulasi o‘rta uzunlikda bo‘lgan uglevodorodlardan tashkil topgan yoritish suyuqligidir.

Tikuv mashinasi moyi. Bu moy sanoat (industrial) moylaridan biri bo‘lib, mazutni haydashda olinadigan boshlang‘ich suyuq moydir.

Quyuq (konsistent) moylar. Bular o‘z ichida ishlatilishi bo‘yicha olti guruhga bo‘linadi.

Yelim buyum qismlarini bir-biriga yopishtirish uchun ishlatiladi. Uning adgezion (lot. yopishqoqlik) xususiyati 0,5 nm (nanometr) oraliqda joylashgan molekulalarning dispersion, induksion va elektrostatik kuchlar tufayli o‘zaro tortish kuchlariga asoslangan.

Aliflar. Alif yog‘och buyumlarining yuzasiga yopishqoqligini oshirish maqsadida bo‘yashdan oldin surtiladi va yog‘li bo‘yoqlarni eritishda foydalaniladi.

Loklar. Turli qatronlar va yog‘larning organik erituvchi moddalardagi eritmasi bo‘lib buyumlar yuzasida tiniq hamda yaltiroq parda hosil qilish uchuri foydalaniladi.

Bo‘yoqlar. Parda hosil qiluvchi moddalar va bo‘yoq kukuni (pigmentlar) aralashmasini erituvchi moddalarda eritib olinadi.

Kir yuvish vositalariga xo‘jalik sovuni va sintetik kir yuvish vositalari kiradi. Xo‘jalik sovuni respublikamizning Andijon, Kattaqo‘rg‘on, Kogon, Farg‘ona va Qo‘qon yog‘-moy kombinatlari hamda Denov sovun zavodida ishlab chiqarilmoqda. Sintetik kir yuvish vositalari Namangan kimyo zavodi va Toshkent yog‘-moy kombinatida ishlab chiqarilyapti.

Nazorat va muhokama uchun savollar


  1. Maishiy kimyo tovarlari deganda nimalar tushuniladi?

  2. O‘zbekistondagi ko‘mir konlarini ta’riflab bering.

  3. Веnzinning asosiy xossalari va turlarini aytib bering.

  4. Solyarka asosiy xossalari va turlarini aytib bering.

  5. Yoritish kerosini deganda nima tushuniladi?

  6. Tikuv mashinasi moyini ta’riflang.

  7. Yelimlarning asosiy turlarini ta’riflang.

Asosiy adabiyotlar:




Normahmatov R. va boshq. «Tovarshunoslik». Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. T.: Mehnat, 2004.



Справочник товароведа: непродовольственные товары. В 3-х томах. М.: Экономика, 2003.



Агбаш В.А. и др. «Товароведение непродовольственных товаров». М.: Экономика, 2001.



Кутянин Г.И. «Пластические массы и бытовые химические товары». М.: Экономика, 2001.



Козюлина Н.С. «Товароведение непродовольственных товаров». М.: Дашков и К, 2002.



Петрище Ф.А. «Теоретические основы товароведения и экспертизы непродовольственных товаров». М.: Дашков и К, 2004.


Internet veb-saytlari



www.Google.ru



www.Referat.ru



www.UzReport.com




Aim.uz


Download 24,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish