Natura holidagi daromadlarni qayta taqsimlash schyoti.
Bu schyotning umumiy tuzilish sxemasi quyidagicha:
Natura holidagi daromadlarni qayta taqsimlash schyoti
152
Ishlatilishi
Resurslar
3.Natura
holidagi
sotsial
transfertlar(berilgani)
3.1.
Davlat
boshqaruv
idoralari
sektoridan
3.2. Uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi
notijorat tashkilotlar sektoridan
1.Ixtiyordagi daromad
2.Natura holidagi sotsial transfertlar(olingani)
2.1. Davlat boshqaruv idoralari sektoridan
2.2. Uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi notijorat
tashkilotlar sektoridan
4.Tuzatilgan ixtiyordagi daromad(1+ 2 -
3)
Davlat boshqaruv idoralari va uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi notijorat
tashkilotlar sektorlariga kiruvchi birliklar o’zlariga tegishli ixtiyordagi
daromadlarining bir qismini uy xo’jaliklarining yakuniy iste’moli uchun
sarflaydilar. Bu xizmatlar odatda individual (kollektiv emas) tarzda ko’rsatiladi. U
pul yoki natura (tovar yoki xizmat) ko’rinishida bo’lishi mumkin. Bu tarnsfertlar
aholining ayrim guruhlarini ijtimoiy himoyalash va yordam maqsadida amalga
oshiriladi va
natura holidagi sotsial transfertlar
deb ataladi.
Natura holidagi sotsial transfertlar davlat byudjeti va uy xo’jaligiga xizmat
ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlar mablag’lari hisobiga uy xo’jaliklariga bepul
ko’rsatiladigan meditsina va o’quv xizmatlaridan, sotsial, diniy, siyosiy va
madaniy xizmatlardan, turli xil tovarlarni (dori-darmonlar, nogironlar aravachalari
va avtomobillari va x.k.) bepul berishdan iborat. MHTda bunday jarayonlar
yuqorida keltirilgan schyotda yozib boriladi.
Iqtisodiyot sektori schyotlari bir-biridan joriy tranfertlar tarkibi bilan farq
qiladi. Hamma sektorlar schyotlarida ham birlamchi daromadlar saldosi
ko’rsatkichi mos ravishda bundan oldingi schyotdan (birlamchi daromadlar
taqsimoti schyotidan) schyotning resurs qismiga o’tadi.
Davlat boshqaruv idoralari va uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi notijorat
tashkilotlar sektorlarining
tuzatilgan ixtiyordagi daromadlari
shu sektorlarning
ixtiyordagi daromadidan aholiga bergan
natura holidagi sotsial transfertlarni
chegirib tashlash orqali topiladi.
Nomoliya va moliya korxonalari sektorlarining tuzatilgan ixtiyordagi
daromadlari pul holidagi ixtiyordagi daromadlariga teng bo’ladi. Chunki bu
sektorlar natura holida sotsial transfert olmaydilar va bermaydilar. Ular o’rtasidagi
natura shaklida olingan(berilgan) transfertlar joriy va kapital transfertlar sifatida
qayd etiladi.
Xulosa qilib aytganda, ushbu schyotni tuzishdan ko’zlangan maqsad, bir
tomondan uy xo’jaligi sektorining keng ma’nodagi daromadini va yakuniy
iste’molini aniqlashdan iborat bo’lsa, ikkinchi tomondan davlat boshqaruv idoralari
va uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlar sektorlarining oxirgi
iste’molga va jamg’armaga yo’naltiradigan mablag’larini hisoblashdan iborat.
153
Do'stlaringiz bilan baham: |