151
sektoriga to’langani)
sektorlaridan olingani)
3. Joriy transfertlar (tashqi dunyo sektoridan
olingani)
4.Ixtiyordagi daromad(1+3-5)
Bu schyot mamlakat miqyosida va iqtisodiyot sektorlari kesimida tuziladi.
Qayta taqsimlash jarayonlari joriy transfertlar ko’rsatkichi orqali amalga oshiriladi.
Transfertlar - bir tomonlama iqtisodiy operatsiyalardan iborat. Bu
operatsiyalar orqali bir institutsion birlikning boshqa institutsion birliklarga tovar
va xizmatlarni, moliyaviy va nomoliyaviy aktivlarni, egalik huquqini bepul berish
jarayonlari aks ettiriladi.
Transfertlar pul va natura holatida berilishi mumkin. Pul holatidagi
transfertlar bir birlikning ikkinchi birlikka naqd pul yoki hisob raqamiga pul
o’tkazish yo’li bilan bergan pul miqdoridan iborat. Natura holatidagi transfertlar
deganda, bir birlikning ikkinchi birlikka evaziga hech narsa olmay, tovar va
aktivlarni berish, hamda xizmatlarni ko’rsatish jarayoni tushuniladi.
Natura holatidagi transfertlar olingan(berilgan) tovarlar, aktivlar va
ko’rsatilgan xizmatlarning shu davrdagi bozor baholaridagi miqdorida qayd
qilinadi. Pul va natura holatidagi transfertlar joriy va kapital xarakterda bo’lishi
mumkin. Ularni bir biridan farqlash juda muhim. Chunki, joriy transfertlar pul
holidagi daromadlarni qayta taqsimlash schyotida, kapital transfertlar esa kapital
xarajatlar schyotida qayd qilinadi.
Joriy transfertlar qatoriga quyidagilar kiradi: daromad va mulk uchun joriy
soliqlar; sotsial sug’urta ajratmalari; sotsial to’lovlar; sug’urta mukofotlari va
qoplamalari; turli qayta taqsimlash to’lovlari(jarimalar, nafaqalar, insonparvarlik
yordamlari, a’zolik badallari, xayr-ehson va x.k.).
Iqtisodiyot sektorlarining olgan va bergan joriy transfertlar miqdorlari har
doim
ham
bir-biriga
teng bo’lavermaydi. Chunki, joriy transfertlar
operatsiyalarining bir qismi mamlakat ichki sektorlari (rezident) va norezident
birliklar o’rtasida sodir bo’ladi. Joriy transfertlar olingani va berilgani o’rtasidagi
farqni birlamchi daromadlar saldosiga qo’shib ixtiyordagi daromad ko’rsatkichiga
ega bo’lamiz.
Mamlakat miqyosida barcha iqtisodiyot sektorlarining ixtiyordagi
daromadlari yig’indisi milliy ixtiyordagi daromad(MID) deyiladi. Bu YAIM va
YAMD agregatlari kabi muhim agregatlardan hisoblanadi. Bu agregat ham
yalpi(YAMID) va sof(SMID) usullarda hisoblanadi. Tashqi dunyodan olingan va
tashqi dunyoga to’langan joriy transfertlar o’rtasidagi farq tashqi dunyo joriy
transfertlar saldosi (TDJTS) deyiladi. U musbat yoki manfiy bo’lishi mumkin.
YAMID va YAMD o’rtasida quyidagi munosabat o’rinli:
YAMID = YAMD + TDJTS.
Do'stlaringiz bilan baham: