1
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“STATISTIKA” KAFEDRASI
STATISTIKA
FANIDAN
MA'RUZALAR MATNI
2
1-MAVZU. STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI
1. Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi
Statistikaning paydo bo’lishi uzoq tarixiy ildizga ega bo’lib, barcha tarixiy
formatsiyalarda namoyon bo’ladi va iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bilan
birga taraqqiy etadi va takomillashadi.
Statistik hisoblarning rivojlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar qadimgi
Hindiston, Xitoy, Misr va boshqa davlatlarda yaratilgan tarixiy asarlarda o’z aksini
topgan.
Shunday asarlardan biri “Manu qonunlari” (eramizdan oldingi X asr),
qadimgi hind traktati “Artxashastra” (taxminan IV-III asrlar, eramizgacha) o’z
vaqtini iqtisodiy-texnik va siyosiy bilimlarini butun bir tizimini aniqlab bergan,
ya’ni unda davlat xazinasi schyotlarini yuritish, davlat byudjetining daromadlari va
xarajatlari sxemasini tuzish, savdoni muvofiqlashtirish uchun davlat organlari
tomonidan bahoni barqaror darajasini o’rnatish va boshqa masalalar keng
yoritilgan. Ariabxata (V asr), Braxmagupta (V-VI asr), Maravira (IX asr),
Bxaskara (XII asr) va boshqa hind olimlari hisob-matematika adabiyoti fondida
ajoyib namunalar qoldirdilar. Hisob-statistika ishlarini rivojlanishga xitoyliklar
ham katta hissa qo’shishgan: Kunfutsiya (Kun Futszu, 551-479 y. eramizgacha),
Men Tszi (372-289 y. eramizgacha) va boshqalarni kiritish mumkin. Ayrim
ma’lumotlariga ko’ra, eramizdan 3500 yil ilgari Misrda aholi ro’yxati o’tkazilgan.
Davlatlarning paydo bo’la boshlashi bilan, davlat yig’imlarni to’plash
uchun, er egalarida qancha eri borligini, undan qancha daromad olishini, urush olib
borish uchun qancha aholi va shundan qanchasi katta yoshdagi erkaklar va
boshqalarni bilish zaruriyati tug’iladi. Bu ishlar qadimgi statistik ishlardan farq
qiladi, ya’ni u faqat ro’yxatga olish emas,balki statistik hisob-kitoblarni amalga
oshirishni talab etadi va ularni boshlanganligidan dalolat beradi.
Statistika fan sifatida XVII asrda Angliyada paydo bo’lgan. Siyosiy
arifmetika maktabining namoyondalari Jon Graunt (1620-1674) va Uilyam Petti
(1623-1687) statistika asoschilari hisoblanadilar. Chunki birinchi bo’lib ijtimoiy-
iqtisodiy tekshirishlarda statistikani qo’llash fikri U.Pettida tug’ilgan edi. K.Marks
U.Pettini ulug’ va original iqtisodchi-tekshiruvchilardan biri, siyosiy iqtisodning
otasi va ma’lum bir darajada statistikaning ixtirochisi deb hisoblagan.
U.Petti o’z asarlarida (“Soliqlar va yig’imlar”, 1662y.; “Donolarga so’z”,
1664yil; “Siyosiy arifmetika”,1676 yil) o’z tengdoshlarini qiziqtirgan sotsial va
iqtisodiy savollarga miqdoriy hisob-kitoblarga suyangan holda javob berishga
harakat qiladi.
J.Graunt birinchi bo’lib o’lish to’g’risidagi ma’lumotlar jadvalini tuzdi,
Angliya aholisini sonini aniqladi (6,5 mln.kishi), Bulardan tashqari u ommaviy
miqdoriy hodisalarga taalluqli ayrim statistik qonuniyatlarni aniqladi.
U.Petti va J.Graunt bajargan ishlar ilmiy statistikani paydo bo’lishiga
poydevor bo’lib xizmat qildi.Ular boshlagan ish bir qancha olimlar tomonidan
davom qildirildi. Ular orasida G.King (1648-1712) va E.Galley (1656-1742)
3
bajargan ishlar diqqatga sazovordir. G.King 1696 yilda Angliya aholisini barcha
sotsial guruhlari bo’yicha daromadlar va xarajatlar balansini tuzdi, astronom
E.Galley esa 1693 yilda o’lish jadvalini tuzdi.
Siyosiy arifmetika maktabi bilan deyarli bir paytda Germaniyada tasviriy
maktab (fan) ham paydo bo’ladi. Bu maktab asoschilari G.Konring (1606-1681) va
G.Axenvaldir.
1660 yilda G.Konring yangi soha (fan) bo’yicha ma’ruza kursini tashkil
qiladi – “Davlatshunoslik” “Staatskunde”. Bu fan – G.Konring fikricha - har bir
davlatda diqqatga sazovor bo’lgan faktlar (ro’y bergan hodisa va voqealar) haqida
so’zlab beruvchi fandir.
1749 yilda Gettigenda xalqaro huquq va statistika professori G.Axenval
(“Davlatshunoslik” fanini nazariyachilari orasida eng ko’zga ko’ringan olimlardan
biri) “davlatshunoslik” fanini “Statistika” (lotincha “Status” so’zidan olingan
bo’lib, hodisalarning holatini, ahvolini bildiradi. “Status” so’zi negizida italyancha
“Stato”-davlat, amaliy siyosat va “Statista”- davlat arbobi, davlatni biluvchi
so’zlari yotadi) deb atagan.
Siyosiy arifmetika maktabi bilan deyarli bir paytda Germaniyada tasviriy
maktab (fan) ham paydo bo’ladi. Bu maktab asoschilari G.Konring (1606-1681) va
G.Axenvaldir.
1749 yilda Gettigenda xalqaro huquq va statistika professori G.Axenval
“davlatshunoslik” fanini “Statistika” (lotincha “Status” so’zidan olingan bo’lib,
hodisalarning holatini, ahvolini bildiradi. “Status” so’zi negizida italyancha
“Stato”-davlat, amaliy siyosat va “Statista”- davlat arbobi, davlatni biluvchi
so’zlari yotadi) deb atagan.
Statistikani rivojlanishiga munosib hissa qo’shgan belgiyalik olim Lamber
Adolf Jak Ketle (1796-1874) va uning maktabidir. A.Ketle statistika bo’yicha 65 ta
asar yozgan. Birinchi davlat statistika organi 1756 yilda Shvetsiyada tashkil
qilingan. Frantsiyada 1772 yildan butun mamlakat bo’yicha aholining harakatlari
to’g’risida hisobotlar tuzish boshlanadi va 1801 yilda Frantsiya ichki ishlar
vazirligida statistik byuro tashkil qilinadi. Angliyada 1801 yilda aholi ro’yxati
o’tkazilib, 30-yillarda sanoat vazirligi qoshida statistika departamenti barpo etiladi.
1887 yil Rimda Xalqaro statistika instituti tuzildi. Bu birlashmaning
(bugungi kunda ham faoliyat ko’rsatmoqda) asosiy maqsadi – davlatlarning
statistik ma’lumotlari o’zaro taqqoslama bo’lishini ta’minlash va xalqaro statistik
to’plamlarni nashr etishdir.
Statistikada matematik oqimni rivojlantirgan olimlar: angliyalik biolog
F.Galton (1822-1911), K.Pirson (1857-1936), V.Gosset va R.Fisherlardir.
Statistikani rivojlanishida rus olimlari ham o’zlarining munosib hissalarini
qo’shganlar: V.N.Tatishev (1686-1750), K.I.Krilov (1689-1737), D.P.Juravskiy,
Semenov Tyan-Shanskiy (1827-1914), Yu.E.Yanson (1835-1893), A.I.Chuprov
(1842-1908), V.I.Ulyanov (1870-1924); A.A.Chuprov (1874-1926), A.A.Kaufman
(1864-1919) va boshqalar.
Sobiq Ittifoq davrida ijod qilgan va statistikani rivojlanishiga o’zlarining
munosib hissalarini qo’shgan statistik olimlar: S.G.Strumilin, V.S. Nemchinov,
4
V.N.Starovskiy, M.N.Smit, B.S.Yastremskiy, S.M.Yugenburg (ko’p yillar
Samarqand kooperativ instituti statistika kafedrasida ishlagan), A.Ya.Boyarskiy,
A.I.Gazulov, A.I.Petrov, T.V.Ryabushkin, V.M.Simchera, N.N.Ryauzov va
boshqalarni kiritish mumkin.
Sobiq Ittifoq davrida ijod qilgan va statistikani rivojlanishiga o’zlarining
munosib hissalarini qo’shgan statistik olimlarni bugun eslash joizdir. Ularga
S.G.Strumilin, V.S. Nemchinov, V.N.Starovskiy, M.N.Smit, B.S.Yastremskiy,
S.M.Yugenburg (ko’p yillar Samarqand kooperativ instituti statistika kafedrasida
ishlagan),
A.Ya.Boyarskiy,
A.I.Gazulov,
A.I.Petrov,
T.V.Ryabushkin,
V.M.Simchera, N.N.Ryauzov va boshqalarni kiritish mumkin.
O’zbekiston Respublikasida statistikaning rivojlanishida va uni o’zbek
xalqiga o’rgatishda diqqatga sazovor ishlar qilingan. Birinchi “Statistika” kafedrasi
1932 yilda Toshkent, keyinchalik Samarqand va boshqa shaharlarda tashkil etilgan.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, o’zbek tilida
“Statistika” bo’yicha o’quv adabiyotlari chop etila boshlandi. O’zbek tilida o’quv
qo’llanma va darsliklar yaratishda Toshkent Moliya instituti statistika kafedrasi
professor-o’qituvchilari namuna bo’lmoqdalar. Professor Yo.Abdullaev ilk bor
statistika umumiy nazariyasidan darslik (1993 y) chop etdilar, 1996 yilda shu
fandan o’quv qo’llanma nashr etildi, 1998 yilda esa o’quvchilarga “Makroiqtisodiy
statistika: 100 savol va javob” taqdim etildi. Kafedraning boshqa a’zolari ham bu
sohada faol ishlamoqdalar. Masalan, iqtisod fanlari doktori, professor X.A.Shadiev
“Statistika nimani o’rgatadi.” (Darslik)T.: O’zbekiston, 1985; X.A.Shodiev,
M.Ya.Xamroev “Moliya statistikasi”.T.: Abu Ali Ibn Sino, 2002; X.A.Shadiev
“Moliya statistikasi bo’yicha amaliyotnoma”.T.: TMI, 2002; Statistika (darslik).T.:
Ibn Sino, 2004 (prof. X.A.Shadiev taxriri ostida); X.A.Shadiev Moliya statistikasi
(darslik).T.: Iqtisod-moliya, 2010y.
Do'stlaringiz bilan baham: |